So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 141-160 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
141axborot iqtisodiyotiGlobal axborotlashtirish jarayonining rivojlanishi tufayli paydo bo'lgan iqtisodiyotning yangi sektori. O'z ichiga axborotlashtirish vositalarini hamda axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish va axborot bozorini oladi.1
142axborot kollapsiTarmoqdagi axborot makonining barqarorligi va normal faoliyatiga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan taxmin qilingan holati. Aloqa kanallari o'tkazish qobiliyatining keskin pasayishi bilan tavsiflanadi. Mavjud texnologiyalar ko'payib borayotgan trafik hajmlarini uzata olmaydigan holatda paydo bo'ladi.1
143axborot konfidensialligi1 Axborot va uning tashuvchisining holati. Bunda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa ko'chirishning) oldini olish ta'minlangan. 2 Axborot uchun sub'ektiv ravishda aniqlanadigan (qo'shib yoziladigan tavsifnoma (xossa)). Bu axborotdan foydalanish huquqiga ega bo'lgan sub'ektlar davrasiga cheklovlar kiritish zaruratini ko'rsatadi. Tizim (muhit) mazkur axborotni undan foydalanish huquqiga egalik vakolatlari bo'lmagan sub'ektlardan sir saqlash qobiliyati bilan ta'minlangan bo'lishi shart. Konfidensiallik ikki yo'l bilan ta'minlanadi. Birinchisi, axborot bilan ishlash huquqiga ega bo'lgan foydalanuvchilar doirasini cheklash. Ikkinchisi, axborotni shifrlash, ya'ni o'qilgan axborotning mazmunini faqat shifrlash kalitiga ega bo'lgan foydalanuvchilargina tushuna oladigan shaklda ifodalash.1
144axborot mazmuniMa'lum ob'ekt yoki hodisa to'g'risida jami elementlar, tomonlar, ular o'rtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi aniq ma'lumotlar.1
145axborot makoni1 Elektron tarmoqlardan foydalangan holda paydo bo'luvchi birlashgan elektron axborot makoni. 2 Axborot kommunikatsiya texnologiyalari dunyoning zamonaviy ijtimoiy hayotida etakchi rol o'ynaydigan sohalari. Ushbu ma'noda axborot makoni tushunchasi axborot muhiti tushunchasiga yaqinlashadi. 3 Axborot oqimlari uchun aylanish makoni1
146axborot manbaiAxborot yuzaga kelishini identifikatsiyalovchi ob'ekt. Foydalanuvchi erkin olishi mumkin bo'lgan va odatda ba'zi muammoli aniqlikka ega bo'lgan u yoki bu axborot resurslari klassi subto'plamining yagona elementi.1
147axborot ob'ektiXohlagan kompyuter yoki telekommunikatsiya tizimi, axborotga ishlov berish uchun bitta yoki jami apparatli va (yoki) texnika vositalari, axborotga ishlov berish va (yoki) uzatish tizimi yoki vositalari o'rnatilgan yoki maxfiy muzokaralar o'tkazilayotgan xona.1
148axborot omboriJuda katta bo'lgan predmetga yo'naltirilgan informatsion korporativ ma'lumotlar bazasi. U alohida dasturlangan va hisobot tayyorlashga, biznes jarayonlarni tahlil qilishga va tashkilotlarda qaror qabul qilishga qaratilgan. Axborot omborida mijoz-server arxitekturasi, relyasion MBBT qo'llaniladi hamda u echimga kelish utilitaga asoslangan. Axborot omboriga kelayotgan ma'lumotlar faqat o'qish uchun ochiq bo'ladi. Sanoat OLTP-tizimdan kelgan ma'lumotlar omborga shunday tarzda nusxa qilinadiki, unda hisobotlarni yaratish va OLAP-tahlili sanoat tizimining resurslaridan foydalanmaydi va barqarorligini buzmaydi. Ma'lumotlar omborga muayyan davriylikda keladi, shuning uchun ularning dolzarbligi OLTP-tizimidan bir oz kechikadi.1
149axborot oqimiMakon va zamonda uzatiladigan axborot.1
150axborot resursi1 Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma'lumotlar banki, ma'lumotlar bazasi. (qonun) 2 Alohida hujjatlar va hujjatlar massivlari, axborot tizimlaridagi (kutubxona, arxiv, jamg'arma va ma'lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) hujjatlar va hujjatlar massivlari. 3 Axborot tizimlaridagi (kutubxona, arxiv, jamg'arma va ma'lumotlar banklari hamda depozitariy, muzey va boshqalar) hujjatlar va hujjatlar massivlari. 4 Ma'lumotlar va bilimlar bazalari, axborot tizimlaridagi boshqa axborot massivlarini o'z ichiga oluvchi tashkillash- tirilgan jami hujjatlashtirilgan axborot.1
151axborot sifatiOb'ektlar va ularning o'zaro bog'lanishlari haqidagi muayyan axborotning yaroqliligini ifodalovchi xossalar majmui. U foydalanuvchi u yoki bu turdagi faoliyatni amalga oshirishi, o'z oldida turgan maqsadlarga erishishi uchun zarur. Eng umumiy parametrlar qatoriga ma'lumot ishonchliligi, mavridiyligi, yangiligi, qimmatliligi, foydaliligi, olish qulayligi kiradi.1
152axborot sohasi1 O'z tarkibiga axborotni yaratish, to'plash, unga ishlov berish, taqdim etish, undan foydalanish hamda ushbu jarayonlarni ta'minlovchi infratuzilmani yaratishni oluvchi faoliyat sohasi. 2 Axborotni izlash, olish, uzatish, ishlab chiqarish va tarqatish bo'yicha faoliyat sohasi, shuningdek, jami axborot resurslari va ularni ta'minlovchi axborot infratuzilmasi. 3 Sub'ektlarning axborot yaratish, o'girish va iste'mol qilish bilan bog'liq faoliyat sohasi. 4 Axborot to'plash, shakllantirish, tarqatish va unga ishlov berishni amalga oshiruvchi jami axborot, axborot infratuzilmasi va sub'ekt- lar, shuningdek, ushbu jarayonda paydo bo'luvchi ijtimoiy munosabatlarni rostlash tizimi. 5 Axborot sohasi o'z ichiga zamonaviy jamiyatda insonlar atrofidagi inson tomonidan sun'iy ravishda yaratilgan belgilar muhitini oladi.1
153axborot tarmog'iAloqa kanallari bo'yicha ma'lumotlarni uzatish va ularga ishlov berish uchun dasturli- texnikaviy vositalar majmui1
154axborot tashuvchisiJismoniy shaxs yoki moddiy ob'ekt. Moddiy ob'ekt jumlasiga axborot ramzi, timsol, signal, texnik echimlar va jarayonlar shaklida aks ettirilgan moddiy ob'ekt, shu jumladan fizik maydonlar kiradi.1
155axborot tahdidiJamiyat axborot sohasining faoliyatiga xavf tug'dirayotgan jami omillar va omillar guruhlari.1
156axborot tahliliHujjatlarni o'rganish va shakllanayotgan hamda foydalanilayotgan axborot hajmini aynanlash, shuningdek, hujjatlar aylanishi sxemasini va axborot aloqalari modelini ishlab chiqish.1
157axborot texnologiyasi1 Axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar. (qonun) 2 Ma'lumotlarni to'plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish va ulardan foydalanish jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yo'llari, usullari va uslublari. 3 Hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli vositalarga ishlov berishning jami uslublari, yo'llari, usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan tartibi. 4 Inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda axborot jarayonlarini amalga oshirishning jami usullari. 5 Insonlar tomonidan axborotni yig'ish, saqlash, ishlov berish va tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlari. Keng ma'noda axborot texnologiyasi misoli sifatida idora cho'tidan foydalanish va kitoblarni bosishni ko'rsatish mumkin. Tor ma'noda axborot texnologiyasi atamasi axborotga ishlov berish uchun ushbu axborotdan foydalanuvchi jarayonlarning sermehnatligini kamaytirish va ularning ishonchliligini va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy elektron texnikasidan foydalanish bilan bog'liq.1
158axborot tizimi1 Axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. (qonun) 2 Tashkiliy (jumladan, axborot jarayonlarini amalga oshiruvchi hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalangan holda) tartibga solingan jami hujjatlar (hujjatlar massivlari) va axborot texnologiyalari. 3 Bir butunni tashkil qiluvchi tartibga solingan jami axborot texnologiyalari, ob'ektlar va ular orasidagi munosabatlar. Ob'ektlar sifatida axborot tizimi tarkibiga aniq axborot jarayonini bajarish uchun kerakli xodimlar, axborot, moddiy- texnikaviy va boshqa resurslar kirishi mumkin. 4 Tartibga solingan funksional nuqtai nazardan o'zaro bog'liq jami dasturiy-apparat vositalari va axborotni to'plash, unga ishlov berish, saqlash va uzatish texnologiyalari. 5 Axborotni yig'ish, saqlash va unga ishlov berish bilan bog'liq bo'lgan istalgan tizim. SHu nuqtai nazardan tizimlashtirilgan kartoteka ham, ma'lumotlar banki ham axborot tizimi hisoblanadi. 6 Foydalanuvchilar (inson va dasturlar) so'rovi bo'yicha axborotni saqlash, izlash va berish uchun mo'ljallangan hisoblash tizimi. Odatda axborot tizimi o'z ichiga katta va murakkab ma'lumotlar bazalari va bilimlar bazalarini olib, bir necha tashkilot foydalanuvchilarini axborot bilan ta'minlaydi.1
159axborot tizimlarini klonlashReplikant-dasturlar asosida yangi axborot tizimlarini qurish. Tizimlar axborot ifodalashning yagona standartlariga mos keladigan, kesishib o'tadigan ma'lumotlar bazasiga, umumiy izlovchi tizimga, o'xshash interfeyslarga ega bo'ladi1
160axborot urushi1 Dushman axboroti, axborotga asoslangan jarayonlar va axborot tizimlariga zarar etkazish harakatlari. Ayni paytda o'z axboroti, axborotga asoslangan jarayonlari va axborot tizimlarini muhofaza qilish orqali axborot ustunligiga erishish ko'zlanadi. 2 Tizimlarning moddiy, harbiy, siyosiy yoki mafkuraviy sohada ma'lum yutuqqa erishishga qaratilgan bir-biriga ochiqdan- ochiq yoki yashirincha qarshi qaratilgan axborot hujumlari.1