So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 181-200 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
181Axloqkishilarning bir-biriga, oilaga, Vatanga, jamiyatga munosabatlarida namoyon bo’ladigan xatti-harakatlar yig`indisidir. Axloq har bir kishining xulqini, ichki dunyosini ko’rsatadi. Axloqqa milliy urf-odatlar, an’analar ta’sir qiladi. Ba’zi millat kishilari3
182 avans bunak. Biror ish evaziga keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul, mahsulot, oziq-ovqat v h,k. 15
183avansbunak. Biror ish evaziga keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul, mahsulot, oziq-ovqat v h,k.15
184avtarkiya (grek.autarkeia- o'z-o'ziga yetarli)- bu o'zini o'zi mahsulotlar bilan ta'minlab, boshqalar bilan kamdan kam aloqaga kirishishdir. Asosan natural xo'jalikka xosdir 15
185avizo hisob-kitob operasiyasi xususidagi rasmiy bildirish, mijozlarga bank tomonidan A. orqali amalga oshirilgan debet va kredit operasiyalari, yozuvlari, hisobdagi qoldiqlar, pul o'tkazishlar, chek yozuvlari, akkreditiv ochish va boshqa yozuvlar xususidagi ma'lumotlarning berilishi 15
186agent (r <lat) Tashkilot, muassasa va sh.k.ning ma'lum vazifani bajarish uchun tayinlangan vakili 15
187agentlik operasiyalari bir tomonning topshirig'i bilan kelishilgan hududda ikkinchi (agent) tomon amalga oshiradigan oldi- sotdi bilan bog'liq bo'lgan amaliy va huquqiy harakatlar 15
188ajiotaj talab bozordagi shov-shuv va vahima ta'siri ostida sun'iy paydo bo'ladigan hamda shiddat bilan ortib boradigan talab. AT odatdagi normal holatga nisbatan ortiq talab hisoblanadi. Bunday talab bir tomondan, aholi orasida mish-mishlar tarqatish va reklama vositasida muayyan tovarlarga o'ta ortiqcha baho berish orqali iste'molchi psixologiyasiga ta'sir etish yo'li bilan, ikkinchi tomondan tovarlarga bo'lgan g'oyat katta qiziqish, qimmatchilik, qaxatchilik, har xil shov- shuvlar ta'sirida puldan tezroq qutulish va tovar zahirasini ko'paytirishga intilish oqibatida yuzaga keladi 15
189akkreditiv (lat. accredo-ishonaman)- bank yoki omonot banklarining biror shaxs yoki tashkilotga ma'lum miqdordagi mablag'ni berish haqida boshqa bank yoki kassaga yuborgan buyruq qog'ozi, masalan, jamg'armalar bankiga qo'yilgan pulni istalgan omonat bankidan olish uchun berilgan hujjat 15
190aksiz keng iste'mol mollari (qand, gugurt, tuz, tamaki va h.k.) ga solinadigan qo'shimcha ustama soliq. Mahsulotga yoki ko'rsatilayotgan xizmat (kommunal, transport va boshqa turdagi xizmatlar) narxi ustiga qo'yiladi 15
191aksionerlik jamiyatlari mas'uliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli bo'lib, odatda ko'proq foyda olish maqsadida moddiy, mehnat va pul resurslarini birlashtirgan uyushma hisoblanadi. Aksionerlik jamiyatlari ochiq va yopiq turda bo'ladi.Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida aksiyalarni erkin sotib olish va sotish mumkin. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatida esa aksiyalar bir necha kishilar (korxonalar) ga tegishli bo'lib, bozorda erkin sotib olinishi mumkin emas. 15
192aksiya aksionerlik (hissadorlik) jamiyati tomonidan shu jamiyat kapitaliga o'z hissasini qo'shgan paychilarga, ya'ni hissadorlarga beriladigan va ularga jamiyat ishida qatnashish huquqini beradigan hujjat, qimmatbaho qog'oz. A.turli ko'rinishda bo'ladi : <nomli> A.- umumiy yig'ilishda aksionerga ovoz berish huquqini tasdiqlaydi, dividend olish huquqini (kafolatsiz) beradi; <imtiyozli> A.- aksionerga faoliyat natijasidan qat'iy nazar muayyan miqdordagi divident olish kafolatini beruvchi, lekin aksionerlik jamiyati umumiy yig'ilishida ovoz berish huquqini bermaydigan aksiya 15
193agrar munosabatlar yerga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlardan iborat 15
194agrobiznes deganda kishloq xo'jaligidagi biznes tushuniladi. Keng ma'noda, bunga qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanuvchi biznes turlari kiradi 15
195agrofirma muayyan turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va uni sanoat asosida qayta ishlaydigan korxonadan iborat 15
196agrosanoat birlashmalari qishloq xo'jaligi, sanoat tarmoqlari, qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi va tijorat ishlari bilan shug'ullanuvchi korxonalar yig'indisi 15
197antimonopol qonunchilik iqtisodiyotda yakka hukmronlik maqeiga ega bo'lgan biror bir faoliyat turiga qarshi davlatning kurash siyosatidan iborat 15
198amortizasiya 1) Mashina, asbob-uskuna, bino va shu kabilarning eskirishiga qarab, ularning bahosini kamaytirib borish; ularning shu chegirilgan qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo'shib borish. 2) alohida shaxsni yoki tashkilotni o'z qarzini asta-sekin, darajama-daraja to'lash majburiyatidan qutulish; 3) qarz majburiyatining yo'qotilishi, o'chirilishi oqibatida uning bekor qilinganligini tan olish 15
199asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida bir necha yil davomida ishtirok etuvchi va o'z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga qisman o'tkazib boruvchi mehnat vositalaridir 15
200aylanma kapital xom ashyo materiallar, energetika resurslarida moddiylashgan va bir ishlab chiqarish siklida sarflanuvchi, o'z qiymatini tayyorlangan mahsulotga to'liq ko'chiruvchi kapital 15