81 | apparat vositalari | 1. Axborotga ishlov berish tizimining barcha fizikaviy tarkibiy bo'laklari yoki ularning qismi. 2. Hisoblash tizimining moddiy qismini tashkil qiluvchi elektr, elektron va mexanik tizimlar, bo'laklar, moslama va qurilmalar. Apparat vositalariga, masalan, kompyuterning o'zi va uni tashkil qiluvchi mikrosxemalar, shuningdek, displey, disk yurituvchi va printerlar ham kiradi. | 1 | |
82 | apparat vositalarini tavsiflash tili | Diskret signallarga ishlov berishga mo'ljallangan qurilmalarni modellash, ishlab chiqish va testlash jarayonlarining ixtisoslashgan tili. U ishlab chiquvchilarga, shajaraviy tuzilmalarni yaratishga, xilma xil funksiyalarni amalga oshirish hamda murakkab arifmetik amallar va mantiqiy solishtirishlarni bajarishga imkon beradi. | 1 | |
83 | apparat ta'minoti | Hisoblash tizimi tarkibiga kiruvchi, uning faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan jami apparat vositalari. Apparat ta'minotiga kompyuter, tashqi qurilmalar, aloqa tarmoqlari va h.k. kiradi. Ular texnik nuqtai nazardan tizimning samarali ishini, undan foydalanuvchiga ma'lum xizmat turlarini ko'rsatishni ta'minlaydi. Ushbu atama hisoblash tizimining dasturiy ta'minot bo'lmagan qismini bildiradi. | 1 | |
84 | apparatli xatcho'p | Axborot tutib olishning maxsus elektron qurilmasi. U muhofaza qilinayotgan axborotni ruxsatsiz olish maqsadida axborotlashtirish ob'ekti (ma'lumotlarni uzatish tarmog'i)ga konfidensial tarzda o'rnatiladi yoki ulanadi | 1 | |
85 | applet | Amaliy dastur. Applet atamasi oxirgi paytlarda ayniqsa Umumjahon o'rgimchak to'ri (WWW) texnologiyalarining rivojlanishi tufayli keng tarqalgan. Ushbu texnologiyalar interaktiv veb-sahifalarini yaratish maqsadida appletlarni veb-hujjatlariga qo'shish imkonini beradi. Bunday appletlarni yaratishda odatda Java dasturlash tili qo'llaniladi, shuning uchun ham ular odatda Java appletlari deyiladi. | 1 | |
86 | aralashtirish | 1 xavf. SHifrlashdan keyin belgilar ketma- ketligidagi kelish tartibining o'zgarishi.
2 telekom. Kommutatsiyasida kanallar o'rnining o'zaro almashuvi | 1 | |
87 | arxiv | Arxivator yordamida ochish mumkin bo'lgan, tarkibida bir yoki ko'p (odatda
kompressiyalangan) fayllar va axborot bo'lgan fayl. Arxivlar odatda dasturiy mahsulotlar yoki zaxira nusxalarni tarqatish uchun yaratiladi. tar, gzip formatidagi arxivlar - UNIX; zip, rar, arj formatidagi arxivlar esa Windows amaliy tizimlarida ishlatiladi. | 1 | |
88 | arxivator | Tashqi qurilmada ixcham va uzoq muddatli saqlash uchun fayllarni zichlash (arxivlash) va zichlangan fayllarni dastlabki shaklga qaytarish (arxivsizlash) uchun mo'ljallangan dastur yoki dasturlar majmui. Arxivatorlar fayllarni ixchamroq saqlash imkonini berishdan tashqari quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
- ish katalogining barcha, ba'zi yoki muayyan qolipga mos fayllarini arxiv fayliga qo'shish;
- fayllarni arxiv fayliga qo'shish;
- fayllarni arxiv faylidan o'chirish;
- arxiv fayli tarkibini ko'rish;
- arxiv faylidan alohida fayllarni olish yoki barcha fayllarni arxivsizlash;
- boshqa tizimda arxivsizlash dasturi mavjudligini talab qilmaydigan o'zi ochiladigan arxiv fayllarni yaratish. | 1 | |
89 | arxitektura | Murakkab ob'ektning tuzilishi, bajarilayotgan vazifalari va tarkibiy bo'laklarining o'zaro bog'liqligini belgilovchi konsepsiya. Tarmoq arxitekturasi uning asosiy elementlari va ularning o'zaro ishlash tavsifi va topologiyasini belgilaydi.
Axborot tizimi konfiguratsiyasi uning umumiy mantiqiy tuzilishini, dasturiy- apparat ta'minotini, kodlash uslublarini ta'riflaydi va foydalanuvchining tizim bilan interfeysini belgilaydi. | 1 | |
90 | asimmetrik trafik | Axborotni to'g'ri va teskari yo'nalishlarda har xil tezlik bilan uzatish. Assimetrik raqamli abonent liniyasi raqamli ko'p tonli signaldan (DMT) yoki CAP-kodlashdan foydalanib,
bitta o'ralgan juftlik bo'yicha ishlash uchun mo'ljallangan, yuqori tezlikli kira olish kanali. ADSL modemi to'g'ri kanalda 6,144 Mbit/cekundga teng bo'lgan maksimal tezlik bilan uzatishni ta'minlaydi. Teskari kanalda, ma'lumotlarni dupleks rejimda uzatishda, maksimal tezlik 640 Kbit/ cekunddan oshmaydi. | 1 | |
91 | asinxron multiplekslash | Bir necha axborot manbaidan keladigan signallarni guruhli sinxron oqimga birlashtirish usuli. Odatda, bu usul manbalarning tayanch tebranishlar generatorlari hech qanday bog'liqlikda bo'lmaganda qo'llaniladi | 1 | |
92 | asinxron rejim | Aloqa liniyasining har ikki uchidagi belgilovchi generatorlar mustaqil ishlaydigan rejim. | 1 | |
93 | asinxron signal | Ixtiyoriy vaqt onida uzatiladigan signal. Signallar o'rtasidagi vaqt intervali tasodifiy hisoblanadi. | 1 | |
94 | asinxron uzatish | Ma'lumotlarni bittama-bitta belgi bilan uzatish uchun qo'llaniladigan uzatish uslubi. Bunda belgilarni uzatish orasidagi muddat teng bo'lmasligi mumkin. Har bir belgidan oldin boshlanish bitlari keladi, belgi uzatishning tugashi esa to'xtash bitlari bilan belgilanadi. Ba'zan ushbu uzatish uslubini boshla-to'xta (start-stop transmission) uslubi deyiladi. | 1 | |
95 | asinxronlik | Vaqtning turli onlarida yuz beradigan hodisalar o'rtasida vaqtinchalik bog'lanishlar yo'qligini ko'rsatuvchi alomat. | 1 | |
96 | asosiy ma'lumotlar massivi | Mashina o'qiy oladigan tashuvchilardagi axborot. U ma'lumotlar bankining asosi bo'lib ma'lumotlarni ta'riflashning yagona tili talablariga muvofiq tashkil etiladi. | 1 | |
97 | asosiy polosa kanali | Signal modulyasiya qilinmasdan uzatiladigan fizik kanal. Eng sodda vositalar: o'ralgan juft yoki yassi ekranlanmagan kabel asosida yaratiladi. Ko'rilayotgan kanalning nomi asosiy polosa signali, ya'ni modulyasiyasiz, asosiy polosada (kenglikda) uzatilayotgan signal nomidan kelib chiqqan. | 1 | |
98 | asosiy polosa signali | Dastlabki shaklda, modulyasiya bilan o'zgartirilmay, uzatilayotgan signal | 1 | |
99 | asosiy raqamli kanal | 64 Kbit/sekund tezlikda signallar uzatishga mo'ljallangan namunaviy raqamli kanal. | 1 | |
100 | asosiy traktga qayta ulash | Nosozliklar bartaraf etilgandan so'ng qurilma boshlang'ich ishchi konfiguratsiyasining tiklanishi. | 1 | |