So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 61-80 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
61aloqa foydalanuvchisiAloqa xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi asosida yoki bunday shartnomasiz aloqa xizmatlarini buyurishni xohlovchi yoki buyuruvchi, yo ulardan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.1
62aloqa xizmatlariPochta jo'natmalari yoki elektr aloqasi xabarlarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va etkazish bo'yicha faoliyat mahsuli.1
63aloqaning buzilish ehtimolligiSignal darajasining o'rnatilgan minimal pog'onasidan pastga tushish ehtimolligi. Agar ushbu shart ish vaqtining berilgan qismi davomida bajarilsa, masalan, aloqa seansining 95 foizida signal darajasi o'zgarmasdan saqlansa, aloqa ishonchli deb hisoblanadi.1
64alfa-kanalqisman shaffoflik effektini yaratish maqsadida tasvirni fon bilan birlashtirish jarayoni. Alfa-kanal atamasi birinchi bor 1970-yillar oxirlarida Alvi Smit tomonidan kiritilgan. GIF formati oddiy binar shaffoflikni qo'llaydi (ya'ni, har bir piksel yoki butunlay shaffof bo'lishi ham, yoki butunlay shaffof bo'lmasligi ham mumkin). PNG formati qisman shaffoflikning 254 yoki 65534 darajasini qo'llashga imkon beradi.1
65alfa-testlashKelajakdagi dasturiy mahsulotni umumiy baholash va unga u yoki bu kerakli xususiyatlarni qo'shish uchun mo'ljallangan dastur yoki dasturiy ta'minotning dastlabki sinov bosqichi.1
66amaliy dasturlash interfeysiFoydalanuvchi qo'llanmalarini dasturlashda qo'llaniladigan tayyor konstantalar, shakl va funksiyalar to'plami. ADI dastur (modul yoki kutubxona) funksionalligini belgilaydi. ADI muayyan funksionallikni amalga oshirishda kelib chiqqan qiyinchiliklardan uzoqlashishga imkon beradi. Agar dasturni (modul yoki kutubxonani) qora quti sifatida tasavvur qilsak, ADI bu qutining tortgichlari. Ular yordamida shu qutini xohlagancha boshqarish mumkin. Dastur bo'laklari bir biri bilan ADI orqali bog'lanadi. Bu bo'laklar ierarxiyani tashkil qiladi, ya'ni, yuqori darajadagilar pastroq darajadagilarni ishlatadi, ular esa o'z navbatida yanada pastroq darajadagilarni ishlatadi.1
67amaliy pog'ona shlyuziTarmoqlararo ekranni (brandmauerni) amalga oshirish usullaridan biri. Mualliflashgan mijoz bilan tashqi xostning bevosita o'zaro ishlashiga yo'l qo'ymaydi. Barcha kirish va chiqish paketlarini filtrlash OSI etalon modelining amaliy pog'onasida amalga oshiriladi. qo'llanmalar bilan bog'liq vositachi-dasturlar TCP/IP aniq xizmatlari generatsiyalayotgan axborotni shlyuz orqali qayta yo'naltiradi.1
68analogUzluksiz shaklda aks etuvchi to'xtovsiz o'zgaruvchi fizikaviy kattaliklar yoki ma'lumotlar hamda ushbu ma'lumotlardan foydalanuvchi jarayonlar va funksional qurilmalarga tegishli ta'rif.1
69analog kompyuterHarakatlari ma'lum tizimning harakatlariga mos va o'xshash ma'lumotlarni olib, ularni ishlab berib taqdim etuvchi kompyuter.1
70analog modemMa'lumotlarni uzatish uchun telefoniya foydalanadigan chastota ko'lamidan (4 KGsgacha) foydalanuvchi modem. Analog modem yordamida ma'lumotlarni uzatishning eng katta tezligi 56 Kbit/c bilan cheklangan. Modem orqali ulanish paytida telefondan foydalanish mumkin emas (qo'ng'iroq qilish yoki qo'ng'iroqqa javob berish uchun ulanishni uzish lozim). Analog modemni ulash abonent yoki ATSda maxsus jihozlarni o'rnatishni talab qilmaydi. SHunday qilib, aloqa sifati va qo'shimcha xizmatlardan foydalanish telefon stansiyasiga bog'liq (raqamni aniqlash, chaqirishni kutish va h.k.).1
71analog modulyasiyaNurlanuvchi tebranish parametrlari (amplituda, chastota, faza) modulyasiyalovchi kirish signalining amplitudasiga proporsional o'zgaradigan modulyasiya usuli.1
72analog signalTo'xtovsiz o'zgaruvchi elektr kuchlanish yoki elektr toki shaklidagi axborot tashuvchisi. Vaqt davomida o'zgaruvchan analog signalining amplitudasi tashuvchi axborotning miqdoriga mos bo'lib, odatda o'lchangan fizik kattalikni bildiradi, masalan, harorat, tezlik va h.k. Analog signalni tashuvchi axborotga kompyuterda ishlov berish uchun analog- raqamli o'zgartirgich zarur.1
73analog formatAxborot uzatish uchun kuchlanish amplitudasi yoki chastota o'zgarishi kabi fizik o'zgaruvchilardan foydalaniladigan format.1
74animatsiyaBir necha tasvir yoki kadrlarni ko'rsatish orqali yaratiladigan harakat taqlidi. Televideniedagi multfilmlar animatsiyaning bir turidir. Kompyuterlardagi animatsiya multimedia taqdimotlarning eng asosiy tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida ko'rish mumkin bo'lgan animatsiyani yaratish imkonini beruvchi ko'plab dasturiy qo'llanmalar mavjud. Animatsiya va video o'rtasidagi farqqa e'tibor bering. Video davom etuvchi harakatdan iborat bo'lib, diskret kadrlarga bo'lingan bo'lsa, animatsiya mustaqil rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi harakat tasavvurini yaratish uchun birlashtiradi.1
75animatsiyalangan GIFTezda aks ettirilib, harakatlanuvchi tasvirni yaratuvchi GIF formatidagi tasvirlardan iborat fayl.1
76aniq sinxronizatsiyaSinxronlash tartiboti bo'lib, qabul qilinadigan kirish signali va demodulyasiyalangan chiqish signali kattaligi qabul qilinayotgan signalning bitta belgisi davomiyligidan ancha kichik bo'lgan juda qisqa vaqt intervali ichida sinxronlanadi.1
77aniqlanish sohasiKodning (funksiya, turi va klassi) o'zgaruvchilari haqiqiy va qiymatga ega qismi.1
78antennaRadiochastota signallarini uzatish va/ yoki qabul qilib olish uchun mo'ljallangan qurilma. Antennalar alohida chastota uchun ishlab chiqilib, odatda dizayni, tuzilishi va joylashishi bo'yicha farq qiladi. Masalan, mobil telefonlarda antenna ichiga o'rnatilgan (apparat qobig'i ichida yashirilgan) yoki tashqi (qobiq chegaralaridan tashqari chiquvchi) bo'lishi mumkin.1
79anti-aliaslashsilliqlash1
80antivirus dasturKompyuter virusi tushgan ob'ektlarni izlash, aniqlash, profilaktika qilish va davolash uchun mo'ljallangan dastur. Izlash va aniqlash jarayonida viruslangan fayllar va virus turi aniqlanadi. Profilaktika virus tushishining oldini olish imkonini beradi. Masalan, rezident virusga qarshi dastur amaliy tizimning fayllaridan foydalanuvchi ruxsatisiz foydalanish, boshlang'ich yuklash sektoriga yozish va shu kabi harakatlarning oldini oladi. Davolash virusni bartaraf qilish, viruslangan fayllarni qayta tiklash va h.k.ni bildiradi.1