So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 101-120 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
101asosiy funksional profilBir necha o'zaro bog'liq pog'onalarni o'z ichiga olgan va o'zaro ta'sir sohasining faqat bir qism pog'onalari protokollari bilan belgilanadigan funksional profil. Asosiy funksional profil, uning asosida yaratiladigan to'la yoki chala funksional profilga poydevor bo'ladi, shu sababli mustaqil ahamiyatga ega emas.1
102asosiy xotira qurilmasitezkor xotira qurilmasi1
103ATaxborot texnologiyasi1
104atomarlikOperatsiyaning uzluksiz xossasi. Atomarlik operatsiya butunlay uzluksiz bajariladi (yoki bajarilish rad etiladi). Atomarlik ko'p protsessorli kompyuterlarda (hamda ko'p karrali operatsion tizimlarda) katta ahamiyatga ega, chunki ajratilmaydigan resurslarni ishlatishda albatta atomarlik bo'lishi shart.1
105atributXususiyat, sifat yoki miqdor belgisi. U makondagi ob'ektni ta'riflovchi (biroq uning qaerda joylashganligini ko'rsatish bilan bog'liq bo'lmagan) va uning noyob soni ya'ni aniqlovchisi bilan bog'liqlikda tasavvur qilinadi. Atribut ko'rsatkichlari majmuasi odatda ma'lumotlar bazalarini relyasion boshqarish tizimi vositalari yordamida jadvallar shaklida taqdim etiladi. Kengroq ma'noda atribut deganda ob'ektning xohlagan, makondagi yoki makonda bo'lmagan xususiyati tushuniladi; bunday holda makondagi atribut va makonda bo'lmagan atribut ajratiladi. Makondagi ob'ektlarga atribut berish yoki ob'ektlarni atribut bilan bog'lash jarayoni atributlash deyiladi.1
106attestatsiyaMa'lum talablarga muvofiqlikni baholash. Ob'ektlar, xonalar, texnik vositalar, dasturlar, algoritmlar tegishli xavfsizlik darajalariga ko'ra muhofaza nuqtai nazaridan axborot muhofazasi talablariga muvofiqligi bo'yicha sertifikatsiyadan o'tishi lozim1
107audiovizual asarO'zaro bog'liq kadrlarning (tovush jo'rligida yoki tovush jo'rligisiz) belgilangan tartibidan iborat bo'lgan, tegishli texnik vositalar yordamida ko'rish yoki eshitish (tovush jo'rligida bo'lsa) orqali qabul qilish uchun mo'ljallangan asar. Audiovizual asarlar ichiga, ularning dastlabki yoki keyingi saqlanishidan qat'iy nazar, kinematografik asarlar va kinematografiya vositalari orqali taqdim etiladigan barcha asarlar (tele- va videofilmlar, diafilmlar, slaydfilmlar va shu kabilar) kiradi.1
108auditTashkilotni va axborotni muhofazalash samaradorligining o'rnatilgan talablarga va me'yorlarga mosligini aniqlashga qaratilgan maxsus tekshiruv1
109audit jurnaliKompyuter muhofazasida ? muhofazani tekshirish paytida ishlatish imkonini yaratishni ko'zlab yig'ilgan ma'lumotlar1
110auditoriyaTashrifchilarning umumiy ta'rifi. Ular uchun muayyan sayt, portal yoki Internetning boshqa resursi mo'ljallangan. Resursni namoyish etish uslubi auditoriya xususiyatiga bog'liq, auditoriya hajmi esa Internet loyihasi muvaffaqiyatining muhim o'lchovidir.1
111autentifikatsiya1 Ob'ektning e'lon qilingan bir xilligini tekshirish jarayoni. 2 Sub'ekt taqdim etgan aynanlovchi (identifikator) unga tegishliligini, haqiqiyligini tekshirish. 3 Foydalanuvchi tizimdan foydalanish uchun kiritgan qayd etilgan axborotning to'g'riligini tekshirish tartibi. Autentifikatsiya resurslardan foydalanish huquqlarini va tizimda amallarni bajarish huquqlarini majburan cheklash uchun qo'llaniladi.1
112autentlikSub'ekt yoki resurs e'lon qilinganlar bilan bir xil ekanligini kafolatlovchi xususiyat. Autentlik foydalanuvchilar, jarayonlar, tizimlar va axborot kabi ob'ektlarga qo'llaniladi. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri.1
113axboriy yondashuvIlmiy bilishning tag-zaminli uslubi. Uning ma'nosi shundaki, tabiat va jamiyatdagi xohlagan ob'ekt, jarayon yoki hodisani o'rganayotganda birinchi navbatda ularning faoliyati va rivojlanishini belgilovchi eng namunali axborot xususiyatlari aniqlanib tahlil qilinadi.1
114axboriy tabaqalanish1 Eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda bir xil imkoniyatlar yo'qligidan kelib chiqqan ijtimoiy tabaqalanishning yangi turi. 2 Axborot tuzilmalari, vositalari va ularning fuqarolar orasida tekis taqsimlanish jarayonlari taqdirini fuqarolik huquqlari va farovonlik masalalari bilan bog'lovchi tamoyillarni qo'llab-quvvatlovchilar uchun tavsif atamasi. 3 Sivilizatsiya rivojlanishining yangi muammosi. Uning mazmuni shundaki, jamiyatni axborotlashtirish jarayonida paydo bo'layotgan yangi yuqori avtomatlashtirilgan axborot muhitidan foydalanish imkoniyatlarining jahon hamjamiyatining alohida kishilari, tashkilotlari, mintaqalari va mamlakatlari uchun bir xil darajada bo'lmasligidir.1
115axboriy-huquqiy munosabatAxboriy-huquqiy me'yor bilan tartibga solingan axboriy ijtimoiy munosabat. Munosabat tomonlari axboriy-huquqiy me'yor bilan belgilangan va kafolatlangan o'zaro huquq va majburiyat tashuvchilari sifatida qatnashadi.1
116axboriy-huquqiy munosabatlar matritsasiqatorlari predmet sohalarida axborot jarayonlarini belgilovchi jadval: axborot, axborot resurslari, axborot mahsulotlari, axborot xizmatlarini izlash, olish va iste'mol qilish; ularni ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash; axborot tizimlari, ularning tarmoqlari, ularni ta'minlash vositalarini yaratish va qo'llash; axborot xavfsizligi mexanizmlarini yaratish va qo'llash. Matritsa ustunlari huquq toifalarini ko'rsatadi: huquq, huquqning cheklanishi, majburiyat, mas'uliyat. qator va ustunlar kesishgan joyda ushbu huquq toifalarida axborot jarayonlarida paydo bo'ladigan axborot munosabatlari ro'yxatlari keltiriladi.1
117axboriy-huquqiy normalarAxborot sohasida axborot huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish va axborotning aylanishida axborot jarayonlarining amalga oshirilishi tufayli paydo bo'luvchi ijtimoiy munosabatlarning alohida guruhlarini tartibga soladi.1
118axboriy-huquqiy tizimKompyuterga o'rnatiladigan va maxsus dasturiy majmua yordamida turli izlash vazifalarini (aktlarni hujjat nomi, qabul qilingan sanasi, me'yoriy akt turi va h.k. bo'yicha izlash) bajarishi mumkin bo'lgan huquqiy axborotning avtomatlashtirilgan ma'lumotlar banki. Zamonaviy axboriy- huquqiy tizimlar odatda dasturiy qobiq va unga qo'shiladigan ma'lumotlar bazalaridan (masalan, huquq sohalari bo'yicha) iborat bo'ladi.1
119axborot1 Taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma'lumotlar. 2 Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob'ektlar haqidagi bilim (ma'lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar. 3 Ma'lum xos matnda aniq ma'noga ega bo'lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob'ektlar haqidagi bilim (ma'lumotlar). 4 qiziqish uyg'otishi mumkin bo'lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo'lgan jami dalil va ma'lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to'lovlar, dars jadvali, o'lchash majmualarining er va fazo stansiyasi o'rtasidagi masofa to'g'risidagi xabarlar va h.k. axborot bo'lishi mumkin. Hisoblash mashinasi ishi uchun zarur bo'lgan axborot qayta ishlanishi lozim bo'lgan ma'lumot va dasturdan iborat bo'lib, dastur ushbu ma'lumotlar bilan nima va qaysi tartibda bajarilishi lozimligini belgilaydi (yoki foydalanuvchiga belgilash imkonini beradi). Axborot nur, tovush va radio to'lqinlari, elektr toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog'ozdagi belgilar shaklida yaratilishi va tashilishi mumkin. Umuman olganda, xohlagan moddiy tuzilma yoki energiya oqimi axborotni tashishi mumkin. Axborotdan foydalanish ko'lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. 5 Turli ob'ektlarning o'zaro ishlashida ro'y beruvchi aks etish jarayonining aktiv harakatlarni ta'minlash uchun yaroqli natijalari. SHuningdek, birov, biror narsa to'g'risidagi ma'lumotlar. 6 Aks etgan xilma-xillik.1
120axborot asosida o'zaro ishlashMa'lumotlar (axborot) oluvchilardan kamida birining bilimi o'zgarishiga olib keluvchi ma'lumotlar (axborot) almashish jarayoni. Tirik va texnik tizimlarda axboriy aloqada o'zaro ishlashlarning murakkab pog'onalar shajarasi mavjud bo'lib, ular ko'pincha ikkita sxemaga asoslanadi: - uzatuvchi ? kodlash qurilmasi ? aloqa kanali ? dekodlash qurilmasi ? qabul qiluvchi (K.SHennonning an'anaviy sxemasi); - N.Vinerning boshqaruv sxemasi, unda to'g'ri axborot oqimi bilan birga teskari, ya'ni boshqarilayotgan ob'ekt (tizim) haqidagi axborotni uzatuvchi oqim ham mavjud bo'ladi. Amaliy masalalarni echishda foydalanuvchilar orasida axboriy aloqada o'zaro ishlashlari uchun oqilona sharoitlarni yaratish aslida Internetning asosiy vazifasidir.1