So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 21-40 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
21avtomatlashtirilgan tizimInson faoliyati jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan dasturiy va apparatli vositalar tizimi. Avtomatik tizimdan farqli o'laroq, avtomatlashtirilgan tizim har doim inson ishtirokida faoliyat ko'rsatadi va inson uning asosiy bo'g'inidir.1
22avtomatlashtirilgan tizim resursining xavfsizligiKonfidensiallik, butunlik va kirishimlilik kabi uch tavsifni ta'minlashdan iborat. Tizim tarkibiy qismining konfidensialligi shundaki, unga faqat tegishli vakolatlarga ega bo'lgan sub'ektlar (foydalanuvchilar, dasturlar, jarayonlar) kira oladi. Tarkibiy qismning butunligi uni faqat tegishli huquqqa ega bo'lgan sub'ekt tomonidan o'zgartirish mumkinligini nazarda tutadi. Kirishimlilik tegishli vakolatlarga ega bo'lgan sub'ekt har qachon alohida muammolarsiz tizimning zarur bo'lgan tarkibiy qismidan (resursidan) foydalanishi mumkinligini bildiradi.1
23avtomatlashtirilgan tizimda axborotga ishlov berishAvtomatlashtirilgan tizim vositalaridan foydalanib axborot ustida bajariladigan amallar (yig'ish, jamg'arish, saqlash, o'zgartirish, in'ikos etish, chiqarish va shu kabilar) majmuasi.1
24avtomatlashtirilgan tizimning matematik ta'minotiTizimni boshqarish va uning yordamida hisoblash texnikasida axborotga ishlov berish vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan jami algoritmlar va dasturlar.1
25avtomatlashtirilgan tizimning nimtizimiAvtomatlashtirilgan tizimning aniq maqsad va vazifalarga javob beruvchi funksional yoki tuzilish xususiyati bo'yicha ajratilgan qismi.1
26avtomatlashtirilgan tizimning texnik ta'minotiAvtomatlashtirilgan tizim ishini ta'minlashga mo'ljallangan texnik vositalar majmuasi.1
27avtomatlashtirilgan tizimning xavfsizligiAvtomatlashtirilgan tizimning me'yoriy faoliyati jarayoniga ruxsatsiz aralashishdan, hamda o'g'irlash, uni tarkibiy qismlarini noqonuniy takomillashtirish yoki barbod qilishdan muhofazalanganligi.1
28avtoterishKerakli telefon raqamini, agarda u ?band? bo'lsa yoki javob bermasa, avtomatik ravishda terish imkonini beruvchi funksiya.1
29agentMijoz-server modelidagi axborotni tayyorlash va uni mijoz va server qismi orasida almashishni bajaruvchi tizim qismi.1
30adapterMijoz-server modelidagi axborotni tayyorlash va uni mijoz va server qismi orasida almashishni bajaruvchi tizim qismi.1
31adapter1 Har xil turdagi va o'lchamdagi vilkalardan birgalikda foydalanish yoki ularni telekommunikatsiya rozetkasi/konnektor bilan qo'shish imkonini beruvchi qurilma. 2 Ikki yoki undan ortiq mos kelmaydigan tarmoq ob'ektlariga birgalikda ishlash va axborot ayirboshlash imkonini beradigan interfeys qurilma. 3 Ma'lumotlarni berishning turli usullari bilan qurilmalarni bir-biriga moslashtirishga imkon beradigan elektron sxema. Masalan, analog qurilmani raqamli qurilmaga to'g'ridan-to'g'ri ulash mumkin emas, buning uchun avvalo analog signalni raqamli signalga aylantirish lozim yoki aksincha. Apparatli vositalarning bir-biriga mos bo'lmagan ikkita tarkibiy bo'lagini bog'lash uchun biriktirish qurilmasi zarur. Adapter bunday qurilmaning tarkibiy bo'lagi bo'lib, odatda alohida plataga o'rnatiladi.1
32adaptiv kod daftariNutq signallarining tanlanmalari yig'ilgan kod daftarchasi. Bu nutq signallarining parametrlari ish jarayonida kirish signalining ?nozik? tuzilmasini tahlil qilish hisobiga avtomatik ravishda yangilanib turadi.1
33adaptiv korrektor/kompensatorParametrlari signallarni qabul qilish sharoitlariga avtomatik ravishda moslashadigan qurilma. Adaptiv korrektor/ kompensatorlar signalning belgilararo buzilishlari va signallarning qabul qilish hamda uzatish apparaturasi benuqson emasligi keltirib chiqaradigan amplituda va faza buzilishlarini to'g'rilash (korreksiyalash) uchun qo'llaniladi.1
34adaptiv taxminlash bilan kodlashHar bir keyingi sanoq, avvalgi sanoqlar qiymatlarining chiziqli funksiyasi va tegishli vazn koeffitsientlariga ko'paytmalari sifatida ifodalanadigan, bashoratlashga asoslangan nutqni kodlash usuli.1
35addonqo'shimcha, plagin1
36ajrata olishTasvirning ravshanligi va tozaligini anglatuvchi atama. Odatda, monitorlar, printerlar, skanerlar va grafik tasvirlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Monitorlar, printerlar, skanerlar va boshqa kiritish- chiqarish qurilmalari odatda yuqori, o'rta va past ajrata olish ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi.1
37ajratiladigan muhitlarFoydalanuvchilarning an'anaviy kommutatsiya- lanadigan texnika vositalarisiz umumiy aloqa liniyasidan jamoaviy foydalanishini ta'minlovchi texnologiya. Atama ma'lumotlar uzatish umumiy muhiti kompyuterlarni o'zaro bog'lovchi ko'p sonli alohida liniyalarning o'rnini egallagan, lokal tarmoqlarga taalluqli. So'nggi yillarda ajraladigan muhitning etakchi rolidan voz kechish tendensiyasi namoyon bo'lmoqda. Bu tarmoqda alohida liniyalar ulanadigan kommutatsiyalanadigan uzellarni kiritish yoki paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarga (ATM va boshqa) o'tish bilan bog'liq.1
38ajratiladigan muhitlar topologiyasiMa'lumotlar uzatishning aynan bitta liniyasidan tarmoqning barcha abonentlari navbatma-navbat foydalanadigan topologiya. Bunday topologiyaga xos misollar ? shina yoki halqa tuzilmasiga ega tarmoqlardir.1
39ajratilgan aloqa liniyasiAlohida foydalanuvchi yoki muayyan foydalanish uchun saqlab qo'yilgan va tarmoqning boshqa abonentlari foydalana olmaydigan aloqa liniyasi.1
40aylanib o'tishlar va almashtirishlar jadvaliTraktlar (kanallar), ular va tarmoq tugunlarining tartib raqamlari ro'yxati. Unda tarmoqda yuzaga kelgan aniq holatlarda ishlashdan chiqib ketgan traktlar o'rniga ulanadigan traktlarning yoki trakt qismining aniq tartib raqamlari, shuningdek, kommutatsiyalar va ikkilamchi tarmoqlarga hamda boshqa iste'molchilarga taqdim qilish joyi bo'lgan tarmoq tugunlarining tartib raqamlari aks etgan.1