So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 41-60 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
41akkauntSo'zma-so'z tarjimasi ? ?qayd yozuvi?. Kompyuterda saqlanaladigan foydalanuvchi tavsifi. Odatda, u foydalanuvchining tarmoqdagi nomi, haqiqiy nom, parol, foydalanuvchi huquqlari va uy katalogining nomidan (agarda u bor bo'lsa) tarkib topadi1
42AKTaxborot-kommunikatsiya texnologiyalari1
43AKT yordamida taraqqiyotAxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy foydalanishga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish.1
44AKT xavfsizligiAKTning konfidensialligi, yaxlitligi, foydalanish mumkinligi, itoatkorligi, hisobdorligi, autentligi va ishonchliligini belgilash, ta'minlash va saqlash bilan bog'liq barcha jihatlar.1
45AKT xavfsizligi dasturiXavf ehtimollarini boshqarish, xizmat vazifalarini taqsimlash, hayot siklini boshqarish, AKT xavfsizligi maqsadlari, strategiyalari va siyosatlarini ishlab chiqish asosida tashkilot AKT tizimlari himoyasini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.1
46AKT xavfsizligi siyosatiTashkilot va uning AKT doirasida aktivlarni, shu jumladan, kritik axborotni boshqarish, himoyalash va taqsimlashni belgilovchi qoidalar, ko'rsatmalar, amaliyot1
47aktivAxborot xavfsizligida tashkilot uchun qimmatbaho bo'lgan va himoyalanishi lozim bo'lgan barcha narsalar1
48aktiv veb-sahifaAyni paytda ochiq veb-sahifa.1
49aktiv giperishoratBog'lamaga tashrif buyuruvchi veb-brauzerda tanlanadigan giperishorat. Masalan, foydalanuvchi giperishoratga bosganda, u sichqoncha tugmasini bosish va bo'shatish orasida o'tgan vaqt ichida aktiv bo'ladi.1
50aktiv muhofaza1 Tizimning holati. Bu holatda tizim xavfsizlikka tahdid manbalarini tanib oladi va bloklaydi va xavfsizlik tartibini buzishga aktiv to'sqinlik qiladi. 2 Maxsus vositalar va tizimlar yordami bilan berilgan chastotalar diapazonida aktiv niqoblangan to'siqlarni yaratish. Aktiv muhofaza maqsadi ? tahminiy axborotni olish joyida signal va to'siqlar qo'shilmasida axboriy signalni tanib olish imkoniyatini bermaydigan to'siqlarni yaratish.1
51aktiv tahdidMa'lumotlarga ishlov berish tizimi holatini ruxsatsiz ataylab o'zgartirish tahdidi. Masalan, xabarlarni o'zgartirish, qalbaki xabarlarni jo'natish, maskarad yoki xizmat ko'rsatishni rad etishga olib keluvchi tahdid.1
52AKTning ijtimoiy ta'siriAKTning jamiyatga ? mehnat va bandlikka, iqtisodiyotga, ta'lim va madaniyat sohasiga, ijtimoiy tuzilmaga, uy va oilaga, umuman kundalik hayotga ta'siri.1
53Al-jamol algoritmiDiskret logarifmlash muammosiga asoslangan kriptotizim. Axborot (raqamli imzo) autentifikatsiyasi uchun ham va shifrlash uchun ham foydalanish mumkin. 1985 yili Al- Jamol tomonidan taklif qilingan.1
54algoritm1 Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to'plami. 2 Dastlabki ma'lumotlarni oxirgi natijaga o'tkazuvchi hisoblash jarayoni orqali masala echimini aniq ko'rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi. Algoritm tavsifnomalariga quyidagilar kiradi: - berilgan dastlabki ma'lumotlar bilan natijaning bir turliligi; - jarayonni inson yoki hisoblash mashinasi tomonidan bajarilishi mumkin bo'lgan ayrim amallarning chekli soniga bo'lish mumkinligi; - ko'p klassga oid masalalarga mos ko'p dastlabki ma'lumotlar uchun natija olish mumkinligi. Hisoblash mashinasiga algoritm dastur shaklida beriladi. Bitta masalani echishning bir necha algoritmi mavjud bo'lishi mumkin. Ular orasida eng samaralisini, bajarilishi uchun eng kam amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim. Samarali algoritmlar mavjud bo'lishi shartlari va ularni qurish (ishlab chiqish)ni o'rganish algoritmlar nazariyasi asosini tashkil etadi. Algoritm atamasi o'rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o'zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U IX asrning 825 yilidayoq o'zi kashf etgan o'nli sanoq tizimida to'rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa alxorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algorifm deb ham ataldi. Kompyuterlar paydo bo'lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma'nosi bilan axborot texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo'lib qoldi.1
55aliasTarmoq nomi, manzil, URL sinonimi. Agarda ikkita tashqi ko'rinishdan farqli manzil bitta hujjatga ishorat qilayotgan bo'lsa, ushbu manzillar aliaslardir.1
56aloqa vositalariElektr aloqasi xabarlari yoki pochta jo'natmalarini shakllantirish, ishlov berish, uzatish yoki qabul qilib olish uchun foydalaniladigan texnika vositalari, shuningdek aloqa xizmatlarini ko'rsatishda foydalaniladigan binolar, inshootlar yoki odam yashamaydigan xonalar, boshqa texnika vositalari.1
57aloqa kanalima'lumotlar uzatish kanali1
58aloqa operatoriElektr va (yoki) pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish huquqiga ega bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.1
59aloqa seansiqo'llanma, qurilma, kompyuter yoki tarmoq tugunlari orasida ma'lumotlarni uzatish uchun aloqa o'rnatish, undan foydalanish va uni tugatish jarayoni.1
60aloqa tarmog'iMa'lum tarmoqning faoliyatini ta'minlovchi jami aloqa kanallari (simli, radio yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari va tugunlari.1