55

Update Delete

ID55
So`zalgoritm
Izoh1 Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to'plami. 2 Dastlabki ma'lumotlarni oxirgi natijaga o'tkazuvchi hisoblash jarayoni orqali masala echimini aniq ko'rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi. Algoritm tavsifnomalariga quyidagilar kiradi: - berilgan dastlabki ma'lumotlar bilan natijaning bir turliligi; - jarayonni inson yoki hisoblash mashinasi tomonidan bajarilishi mumkin bo'lgan ayrim amallarning chekli soniga bo'lish mumkinligi; - ko'p klassga oid masalalarga mos ko'p dastlabki ma'lumotlar uchun natija olish mumkinligi. Hisoblash mashinasiga algoritm dastur shaklida beriladi. Bitta masalani echishning bir necha algoritmi mavjud bo'lishi mumkin. Ular orasida eng samaralisini, bajarilishi uchun eng kam amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim. Samarali algoritmlar mavjud bo'lishi shartlari va ularni qurish (ishlab chiqish)ni o'rganish algoritmlar nazariyasi asosini tashkil etadi. Algoritm atamasi o'rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o'zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U IX asrning 825 yilidayoq o'zi kashf etgan o'nli sanoq tizimida to'rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa alxorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algorifm deb ham ataldi. Kompyuterlar paydo bo'lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma'nosi bilan axborot texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo'lib qoldi.
Kategorya1