termometr - Tana haroratini o'lchash uchun ishlatiladigan qurilma
Alkogolizm - (ichkilikbozlik) - Ichki- likbozlik odamning pivo, vino, aroq kabi spirtli ichimliklarga doimiy ehtiyoji.
Anemiya - Kamqonlikka qarang
Bakteriya - Faqat mikroskop ostida ko‘rinadigan va turli infeksion kasal- liklarga olib keluvchi mikroblar.
Bachadon - Ayollarning bola rivo- jlanadigan qorin sohasidagi xaltasi- mon a’zosi.
Bo’qoq - Yodni kam iste’mol qilish natijasida, bo‘yinning oldingi qismi- da rivojlanib boruvchi shish (qa- lqonsimon bezning kattalashishi).
virus - Bakteriyalardan ham kichik bo‘lgan mikroblar bo‘lib, ular ba’zi infeksion (yuqumli) kasalliklarga olib keladi.
vitaminlar - Organizmning to‘g‘ri ishlashi uchun kerak bo‘ladigan “himoya qiluvchi” moddalar.
gripp - Isitma, bo‘g‘inlardagi og‘riq va ba’zan ich ketish bilan kechadi- gan qattiq shamollash.
Jigar - O‘ng tomonda qovurg‘alar ostidagi qonni tozalashga yordam beruvchi va uni zaharlardan xalos qiluvchi organ. Yeap
Zardob - Ilon chaqishi kabi za- hardan davolash uchun ishlatiladi- gan antitoksin (dori).
Illatlar - Tug‘ma illatlar: bolaning jismoniy yoki aqlan zaif tug‘ilishi, masalan quyon lab, bo‘ri og‘iz, ortiqcha qo‘l yoki oyoq barmoqlar bilan tug‘ilgan bolalar.
Insulin - Oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan, qon tarkibidagi qand miqdorini nazorat qiluvchi modda. Insulin ukollari qandli diabeti bor kasallarini davolashda ishlatiladi.
Yo’ldosh - Bachadon ichidagi to‘q qalin va yumshoq qatlam, bola va ona organizmlari qo‘shiladigan joy. Yo‘ldosh odatda bola tug‘ilgandan so‘ng 15-30 minut ichida chiqadi.
Kamqonlik - Qon tarkibidagi qizil hujayralarning kamligi natijasida qonning suyuqlashishidan kelib chiqadigan kasallik. Belgilariga charchash, rangning oqarishi va kam harakatlilik kiradi.
Katarakta - Bu ko‘z muammosi bo‘lib, bunda ko‘z pardasi asta-sekin xiralashib ko‘rish qobili- yati pasayadi. Ko‘z qorachig‘iga yorug‘lik tushirilganda u kul rang yoki oq bo‘lib ko‘rinadi.
Koma - Odamning o‘ziga keltirib bo‘lmaydigan darajada hushidan ketishi. Bu kasallik, jarohat, za- harlanish yoki boshqa kasallik nati- jasida kelib chiqib ko‘pincha o‘limga olib keladi.
Migren - Qattiq bosh og‘riq, ba’zan faqat bir taraflama bo‘ladi. Ko‘pin- cha qayt qilishga olib keladi.
Organ - (ichki a’zo) - Maxsus vazi- fani bajaruvchi va qisman mustaqil bo‘lgan organizmning bir qismi. Ma- salan: o‘pka, uning vazifasi nafas olish.