Informatika bo'yicha termin kiritilsin!



Misollar

abonent - Xizmat ko'rsatuvchi axborot ob'ekti (tizim, tarmoq, majmua) bilan o'zaro ishlash huquqiga ega qurilma, yuridik yoki jismoniy shaxs. Abonentning har qanday foydalanuvchidan farqi shundaki, u xizmat ko'rsatuvchi axborot ob'ekti foydalanuvchilari ro'yxatiga kiritilgan bo'ladi.

abonent liniyasi - Abonent stansiyasi va aloqa bog'lamasining kommutatsion uskunasi o'rtasidagi liniya; ko'pincha telekommunikatsiya tizimining ?oxirgi milya?si deyiladi.

abonent eshittirishi - 1.Cheklangan sondagi abonentlar uchun dasturiy eshittirish. 2. Chegaralangan hududda yo'ldoshlar orqali eshittirish bo'lib, ular bortidagi antennaning har biri o'z hududiga xizmat ko'rsatadigan bir nechta tor nur hosil qiladi.

abonentlar guruhi - Bitta chastotada ishlaydigan va tarmoqning ajratilgan resurslaridan foydalanish umumiy huquqlariga ega bo'lgan mobil abonentlar to'plami. Atama abonentlari odatda guruhlarga bo'lingan va guruhlarning har biriga ishchi kanal doimiy biriktirib qo'yilgan konvensional va tranking radioaloqalar uchun ishlatiladi.

abonentlar darajasidagi shaffoflik - Abonentlarning turgan joyi va tarmoq topologiyasidan qat'iy nazar, ularning tarmoqqa ulanish imkoniyati.

abonentlarni ro'yxatga kiritish - ro'yxatga kiritish

avatar - Foydalanuvchi shaxsini aniqlovchi kichik o'lchamdagi fotosurat yoki boshqa statik yoki animatsiyalangan tasvir. Odatda kommunikatsiya dasturlari (masalan, oniy aloqa dasturlari)ning shaxsiy sozlamalari yoki ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchining forum, chat, ijtimoiy tarmoq, blog va boshqa saytlardagi profillarida ko'rsatiladi

avtojavobbergich - Telefon yoki mod abonentlar uchun nutqiy axborotni aks ettirish va abonentlar xabarlarini disk, kasseta yoki flesh xotiraga yozish imkonini beruvchi funksiyasi

avtokorrelyasion funksiya - Signalning avtokorrelyasion xossalarini tavsiflovchi funksiya. Avtokorrelyasion funksiya cho'qqisi maksimal, yon yaproqlarining pog'onasi minimal bo'lgan signal yaxshi avtokorrelyasion xossalarga ega hisoblanadi.

avtomatik deshifrlash - avtomatlashtirilgan deshifrlash

avtomatik muqobil billing - Abonentga ixtiyoriy telefondan chaqiruvni amalga oshirish, lekin so'zlashuv to'lovini shu xizmat uchun belgilangan va chaqiruvchi tomonga ham, chaqiriluvchi tomonga ham tegishli bo'lmagan uchinchi abonentga o'tkazish imkonini beruvchi xizmat. Bu xizmatdan foydalanish uchun maxsus kirish kodi ishlatiladi

Manzil - Kompyuterning operativ xotirasining ma'lum bir baytining soni.

IP - manzil - har bir kompyuterning Internetdagi o'ziga xos manzili bo'lib, u ma'lum qoidalarga binoan shakllanadi (xost va tarmoq raqamlarini o'z ichiga oladi) va ularni raqamlar va belgilarning ketma-ketligi sifatida berish mumkin.

Antivirus - kompyuter viruslarini topadigan va yo'q qiladigan dastur

avtomatik telefon stansiyasining xizmat zonasi - Mazkur telefon stansiyasi yoki podstansiyasi joylashgan hudud. Bu hududda telefon stansiyasi yoki podstansiyasiga ulangan magistral, tarqatuvchi tarmoqning kabel (havodagi) liniyalari hamda radio foydalanish vositalari mavjud. SHu uskunalar bilan zonani telefonlashtirish mumkin bo'ladi.

avtomatik tizim - Inson ishtirokisiz mustaqil faoliyat yurituvchi dasturiy va apparatli vositalar tizimi.

avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning texnologiyalarini ta'minlash vositalari - Axborot tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanishni ta'minlash uchun foydalaniladigan yoki yaratiladigan dasturiy, texnikaviy, lingvistik, huquqiy, tashkiliy vositalar (kompyuter uchun dasturlar; hisoblash texnikasi va aloqa vositalari; lug'atlar, tezauruslar va tasniflagichlar; ko'rsatmalar va uslubiyatlar; qoidalar, nizomlar, lavozim ko'rsatmalari; chizmalar va ularning tasniflari, boshqa foydalanish va kuzatish hujjatlari).

avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi - Matematik uslublar, texnik vositalar (kompyuterlar, aloqa vositalari, ma'lumotlarni chiqarish qurilmalari va h.k.) va tashkiliy majmualar to'plami. U belgilab olingan maqsadga muvofiq murakkab ob'ekt (jarayon)ni boshqarishni ta'minlaydi. ABT asos va funksional qismlarga bo'linadi. Asosga axboriy, texnikaviy va matematik ta'minotlar kiradi. Funksional qismga aniq boshqaruv vazifalarini (loyihalash, moliyaviy-hisobot faoliyati va h.k.) avtomatlashtiruvchi o'zaro bog'liq dasturlar to'plami kiradi. Ikki turdagi ABT mavjud. Bular, ob'ektlar miqyosida avtomatlashtirilgan tizimlar (texnologik jarayonlar uchun TJABT, korxona uchun KABT, soha uchun SABT) va funksional avtomatlashtirilgan tizimlardir. Funksional ABTga loyihalash, hisob-kitob, moddiy-texnika va boshqa ta'minotlar uchun mo'ljallangan ABT misol bo'la oladi.

avtomatlashtirilgan deshifrlash - Ma'lumotlarni kompyuterda qayta ishlash jarayonining bosqichlaridan biri. Bu raqamli tasvirlar shaklida taqdim etiladigan ma'lumotlarni masofadan zondlashdir. Tasvirlarni kompyuterga kiritish, mavzu bo'yicha shifrni buzib ochish va ma'lumotlarni ekspert baholashlarini o'z ichiga oladi.

avtomatlashtirilgan ish joyi - 1 Texnik va dasturiy vositalarning shaxsiy majmuasi. U mutaxassis kasbiy mehnatini avtomatlashtirishga qaratilgan va unga kerakli hujjat va ma'lumotlarni tayyorlash, tahrir qilish, izlash va (ekran yoki qog'ozga) chiqarishni ta'minlaydi. AIJ shaxsiy kompyuterdagi alohida avtomatlashtirilgan tizim shaklida amalga oshirilgan yoki avtomatlashtirilgan tizim atamasi bo'lishi mumkin. 2 Foydalanuvchining muloqot (interaktiv) holatida ishlashi uchun mos lokal hisoblash tarmog'i tuguni.