So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 121-140 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
121axborot balansiAxborotning miqdor va sifat turlarining muayyan muvozanati. U axborot makonining uyg'unlik holatini belgilaydi.1
122axborot biznesiJamiyatning ish faoliyatidagi yangi yo'nalish. U axborot bozorida savdo va oraliq vazifalarini amalga oshirish, shuningdek jamiyatni ommaviy axborotlashtirish vositalarini ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, ijaraga berish, sug'urta qilish, moliyaviy va ish kuchi bilan ta'minlashlarni tashkil qilish bilan bog'liq.1
123axborot bozori1 Jamiyatda iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy munosabatlar tizimi. U axborot texnikasi vositalari, axborot texnologiyalari, axborot mahsulotlari savdosini hamda foydalanuvchilarga tijorat asosida axborot xizmatlari ko'rsatishni ta'minlaydi. 2 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori.1
124axborot bozori makoniAxborot texnologiyalariga asoslangan va ular tomonidan boshqariladigan bozorlar.1
125axborot buzilishiKompyuter yoki tashuvchi xotirasida saqlanayotgan axborotni o'chirish1
126axborot but saqlanganligiAxborotning, uning mazmunining o'zgarmasligi va uning butun mavjudlik vaqti davomida tasodifiy yoki atayin qilingan ta'sirlar sharoitida bir xil ma'noda talqin qilinishini nazarda tutuvchi xususiyati.1
127axborot butunligi1 Axborot va uni tashuvchining holati. Butun axborot va uning alohida tarkibiy qismlari bo'linmasligini ta'minlash hamda ularni ruxsatsiz qasddan yo'q qilish, buzib talqin qilish, sizib chiqib ketish, o'g'irlash, qalbakilashtirish va almashtirib qo'yishni, oldindan bartaraf qilishni nazarda tutiladi. 2 Hisoblash texnikasining yoki avtomatlashtirilgan tizimning tasodifiy va (yoki) qasddan g'alati qilib qo'yish (barbod qilish) sharoitida, axborotning o'zgarmay qolishini ta'minlash qobiliyati. Axborot butunligini ta'minlash uchun uch uslubdan foydalaniladi: - yopiq kanallarni yaratish; - marshrutlashni kuzatib borish; - ma'lumotlardan foydalanishni boshqarish. Butunlik kriptografiya yordamida ham ta'minlanishi mumkin. Bundan tashqari boshqa usullar ham mavjud. Masalan, chop etilgan ma'lumotlarga elektron imzo qo'shib qo'yish, ma'lumotlarni takrorlash, nazorat qiymatini qo'shib qo'yish.1
128axborot vositachisiBoshqa shaxs nomidan elektron hujjatlarni jo'natuvchi, oluvchi yoki saqlovchi, yoki ushbu hujjatlarga nisbatan boshqa xizmatlar ko'rsatuvchi shaxs.1
129axborot jamiyatiZamonaviy sivilizatsiyaning rivojlanish darajasi. Axborot va bilimlar rolining jamiyat hayotida, jami ichki mahsulotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar ulushining ortishi, insonlarning o'zaro samarali o'zaro axboriy aloqada ishlashini ta'minlovchi global axborot makonining yaratilishi, ularning dunyo axborot resurslariga ulanishi va ularning axborot mahsulotlariga va xizmatlariga bo'lgan ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarining qondirilishi bilan tavsiflanadi1
130axborot jamiyatining rivojlanish ko'rsatkichlariAxborot jamiyatining axboriy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bo'yicha rivojlanishini belgilovchi ko'rsatkichlar ro'yxati. Har bir mamlakatda axborot jamiyati rivojlanishi darajasini miqdoriy baholash uchun yillik ?axborot jamiyati indeksi? (AJI) ishlab chiqilgan. Ushbu indeks quyidagi to'rtta guruhga bo'lingan 23 ko'rsatkichga asoslanadi: - kompyuter infratuzilmasi (7 ko'rsatkich ? muayyan mamlakatda odam boshiga shaxsiy kompyuterlar soni, bitta oilaga uy kompyuterlarining soni va h.k.); - axborot infratuzilmasi (7 ko'rsatkich ? bitta oilaga to'g'ri kelgan telefon liniyalarining soni, odam boshiga televizorlar, fakslar, uyali telefonlar soni, kabel televideniesi abonentlarining soni va h.k.); - Internet infratuzilmasi (4 ko'rsatkich ? Internetdan maishiy, biznes va ta'lim maqsadlarida foydalanuvchilar soni, elektron savdo ko'lami); - ijtimoiy infratuzilma (5 ko'rsatkich ? o'rta maktab va oliy o'quv yurtlari o'quvchilari soni, matbuot o'quvchilari soni, matbuot erkinligi, fuqarolik huquqlarining ta'minlanishi).1
131axborot jarayonlari1 Axborotni yaratish, yig'ish, ishlov berish, to'plash, saqlash, izlash, tarqatish va iste'mol qilish jarayonlari. 2 Hujjatlashtirilgan axborotni foydalanuvchi uchun yig'ish, ishlov berish, to'plash, saqlash, aktuallashtirish va taqdim etish jarayonlari.1
132axborot jinoyatiG'arazli yoki bezorilik maqsadlarida amalga oshiriladigan, axborot tizim va tarmoqlarida axborotni o'g'irlash yoki buzishga qaratilgan atayin qilingan jinoyatkorona harakatlar.1
133axborot jinoyatchiligiqonunda ko'zda tutilgan shaxs, tashkilotlar yoki davlat huquqlarini buzuvchi g'ayri qonuniy harakatlar. Bunda jamiyatning axborot sohasidagi qonuniga zid o'laroq, shaxs, tashkilot va davlatga ma'naviy yoki moddiy zarar etkazilishi nazarda tutilgan.1
134axborot izlashAxborot massivida oldindan belgilangan izlash sharti (so'rovi) talabini qondiruvchi yozuvlar borligini aniqlash jarayoni va agar ular mavjud bo'lsa, bunday yozuvlar joylashishini aniqlash jarayoni.1
135axborot izlash tizimiMa'lumotlar bazasi va jami axborot resurslarida axborot izlash uchun mo'ljallangan tizim.1
136axborot infratuzilmasi1 Axborot resurslari, jumladan axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalarini shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanish tizimi. 2 Mamlakatning axborot makoni hamda fuqarolar va tashkilotlarning axborot resurslaridan foydalanishni ta'minlovchi axboriy aloqada o'zaro ishlash vositalarining faoliyati va rivojlanishini ta'minlovchi jami tashkiliy tuzilmalar. 3 Axborot makoni tuzilmasining ushbu makonda axborot oqimlari yaratilishi va aylanishini ta'minlovchi qismi. Axborot infratuzilmasining asosiy belgilari: infratuzilma elementlarining sifatga oid va miqdoriy tarkibi; elementlarning makonda joylashishi va o'zaro aloqasi; elementlar va butun infratuzilmaning axborot samaradorligi va o'tkazish qobiliyati. Axborot infratuzilmasining asosiy elementlari: telekommunikatsiyalar; axborot tarmoqlari; axborot resurslari; axborot sohasida xizmat ko'rsatish tizimlari. qo'shimcha elementlari: axborot infratuzilmasining rivojlanishi va faoliyatini ta'minlash tizimlari.1
137axborot infratuzilmasi standartlari hay'atiVazifasi axborot tuzilmasiga doir standartlarni ishlab chiqish bo'lgan hay'at. IISP 1994 yilda AqSHda ishlab chiqarish korporatsiyalarining, assotsiatsiyalarning va konsorsiumlarning, davlat tashkilotlarining, muassasalarining standartlar ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan 80 ta vakili bo'lmish yuridik shaxslar ishtirokida tuzilgan. IISPda ko'rib chiqiladigan standartlar uch sohani qamrab oladi: ma'lumotlar xavfsizligi; axborot tarmoqlarida mualliflik huquqini muhofazalash; tarmoqlarni, shu jumladan, turli turkumdagi o'zaro harakatlarni tashkil qilish.1
138axborot inqilobi1 Axborotning asbobiy asosi, uni uzatish va saqlash usullari hamda xalqning aktiv qismi uchun foydalanish mumkin bo'lgan axborot hajmining keskin o'zgarishi. 2 XX asrning oxirgi choragida yuz bergan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyat hayotining barcha sohalariga ko'rsatgan inqilobiy ta'sirini ifodalovchi istiora. Ushbu hodisa axborot sohasidagi undan avvalgi inqilobiy ixtirolar (kitoblarni bosish, telefoniya, radio aloqasi, shaxsiy kompyuter) ta'sirlarini birlashtiradi, chunki axborotni uzatishda xohlagan masofalarni o'tish va shu tufayli insoniyatning aqliy qobiliyatlari va ma'naviy kuchlarining birlashishi uchun texnologik asos yaratadi.1
139axborot iste'molchisiO'z ehtiyojlarini qondirish (bilimlarni oshirish, ta'lim olish, qarorlarni qabul qilish va h.k.) maqsadida axborotga muhtoj, uni izlovchi va oluvchi shaxs yoki shaxslar1
140axborot ishonchliligiAxborotning to'g'ri qabul qilinish xususiyati. U quyidagilar yordamida ta'minlanadi: uzatilayotgan xabarlarda voqealar ro'y berish vaqtining belgilanishi; turli manbalardan olingan ma'lumotlarning puxta o'rganilishi va taqqoslanishi; soxta informatsiyaning vaqtida fosh etilishi; buzilgan axborotning o'chirilishi va h.k.1