131

Update Delete

ID131
So`zaxborot jamiyatining rivojlanish ko'rsatkichlari
IzohAxborot jamiyatining axboriy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bo'yicha rivojlanishini belgilovchi ko'rsatkichlar ro'yxati. Har bir mamlakatda axborot jamiyati rivojlanishi darajasini miqdoriy baholash uchun yillik ?axborot jamiyati indeksi? (AJI) ishlab chiqilgan. Ushbu indeks quyidagi to'rtta guruhga bo'lingan 23 ko'rsatkichga asoslanadi: - kompyuter infratuzilmasi (7 ko'rsatkich ? muayyan mamlakatda odam boshiga shaxsiy kompyuterlar soni, bitta oilaga uy kompyuterlarining soni va h.k.); - axborot infratuzilmasi (7 ko'rsatkich ? bitta oilaga to'g'ri kelgan telefon liniyalarining soni, odam boshiga televizorlar, fakslar, uyali telefonlar soni, kabel televideniesi abonentlarining soni va h.k.); - Internet infratuzilmasi (4 ko'rsatkich ? Internetdan maishiy, biznes va ta'lim maqsadlarida foydalanuvchilar soni, elektron savdo ko'lami); - ijtimoiy infratuzilma (5 ko'rsatkich ? o'rta maktab va oliy o'quv yurtlari o'quvchilari soni, matbuot o'quvchilari soni, matbuot erkinligi, fuqarolik huquqlarining ta'minlanishi).
Kategorya1