| Izoh | bozordagi shov-shuv va vahima ta'siri ostida sun'iy paydo bo'ladigan hamda shiddat bilan ortib boradigan talab. AT odatdagi normal holatga nisbatan ortiq talab hisoblanadi. Bunday talab bir tomondan, aholi orasida mish-mishlar tarqatish va reklama vositasida muayyan tovarlarga o'ta ortiqcha baho berish orqali iste'molchi psixologiyasiga ta'sir etish yo'li bilan, ikkinchi tomondan tovarlarga bo'lgan g'oyat katta qiziqish, qimmatchilik, qaxatchilik, har xil shov- shuvlar ta'sirida puldan tezroq qutulish va tovar zahirasini ko'paytirishga intilish oqibatida yuzaga keladi |