So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 221-240 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
221bojxona chegara orqali o'tadigan jami yuklarni, shu jumladan bagaj va pochta jo'natmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi. U o'tkazilayotgan yuklarni tekshirish va ulardan yig'imlarni undirish bilan shug'ullanadi. Bojxonalar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yo'l stansiyalarida, chegara hududlarida va mamlakatning yirik markazlarida joylashadi 15
222bozor sotuvchi va xaridor o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmui. Bozordagi talab va taklif iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy omillar ta'sirida shakllanadi. Talab yo'q, o'tmay qolgan narsa, mol haqida <B. kasod>, talab yuqori bo'lgan , tez o'tadigan narsa, mol haqida esa <B. chaqqon> deyiladi. <B. ko'tarmaydi-»bu tovarni ushbu narxga bozorda hech kim olmaydi degan ma'noni anglatadi. 15
223bozor islohotlari xalq ishtirokida davlat tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora- tadbirlarni davlat nazorati ostida amalga oshirishdan iborat 15
224bozorning tuzilishi bu bozor elementlarining ichki tuzulishi, joylashishi va tartibi, ularning bozor umumiy hajmidagi ulushi demakdir 15
225bozor tizimi turli-tuman mezonlar asosida alohida unsurlarga ajratilgan barcha bozorlar majmuidir 15
226bozor mexanizmi bozor iqtisodiyotining faoliyatini tartibga solish va iqtisodiy jarayonlarni uyg'unlashtirishni ta'minlovchi dastak va vositalar. M: baho, talab va taklif, raqobat, pul-kredit 15
227bozor segmenti bu bozorda savdo-sotiqning shart- sharoitiga qarab ko'pgina bo'g'inlarga ajratishidir 15
228bozor infratuzilmasi sotuvchi va xaridor o'rtasida bozor munosabatlari shakllanishini, rivojlanishini ta'minlaydigan tashkilotlar, muassasalar, idoralar, korxonalar majmuasi. Uning tarkibiga savdo korxonalari, ta'minot tashkilotlari, valyuta va qimmatbaho qog'ozlar birjasi, transport, aloqa va boshqa xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar kiradi 15
229bozor kon'yukturasi ayrim bozorlarda muayyan xolatlarning mavjudligi. Bozor kon'yukturasi muayyan davrdagi bozor holati, bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi 15
230bozor muvozanati bozordagi talab va taklifning miqdori va tarkibiy jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Agar shunday muvofiqlik bo'lmasa, bozor muvozanati izdan chiqqan hisoblanadi. Talab taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, bozor o'zining me'yordagi holati, faoliyatini yo'qotadi 15
231bozor funksiyalari bozor bajaradigan iqtisodiy vazifalar. Unga, asosan quyidagilar kiradi : 1) Tovar ayirboshlash orqali ishlab chiqarish bilan iste'molni bir-biriga bog'lash ; 2) Ist'yemol buyumlarni va xizmatlarni aholiga yetkazib berish orqali xalq farovonligini oshirish; 3) Narxlarning o'zgarishi orqali talab va taklifni bir-biriga moslashtirish, pulni tovarlar bilan ta'minlab, pul muomalasini barqaror bo'lishiga erishish ; 4) Davlatlar o'rtasidagi teng huquqli iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, mustahkamlash va boshqalar 15
232bozor qonunlari pul vositasida bozorda tovar ayirboshlashning mohiyatini ifoda etuvchi, uni boshqarib turuvchi ob'yektiv iqtisodiy qonunlar. Ular jumlasiga talab va taklif qonuni hamda pul muomalasi qonuni kiradi 15
233Alkogolizm (ichkilikbozlik) - Ichki- likbozlik odamning pivo, vino, aroq kabi spirtli ichimliklarga doimiy ehtiyoji. 2
234Anemiya Kamqonlikka qarang 2
235Bakteriya Faqat mikroskop ostida ko‘rinadigan va turli infeksion kasal- liklarga olib keluvchi mikroblar. 2
236Bachadon Ayollarning bola rivo- jlanadigan qorin sohasidagi xaltasi- mon a’zosi. 2
237Bo’qoq Yodni kam iste’mol qilish natijasida, bo‘yinning oldingi qismi- da rivojlanib boruvchi shish (qa- lqonsimon bezning kattalashishi). 2
238virus Bakteriyalardan ham kichik bo‘lgan mikroblar bo‘lib, ular ba’zi infeksion (yuqumli) kasalliklarga olib keladi. 2
239vitaminlar Organizmning to‘g‘ri ishlashi uchun kerak bo‘ladigan “himoya qiluvchi” moddalar. 2
240gripp Isitma, bo‘g‘inlardagi og‘riq va ba’zan ich ketish bilan kechadi- gan qattiq shamollash. 2