So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 301-320 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
301qarshi chora Resurs xavfsizligiga tahdidlarning aniq turlarini amalga oshirishga qarshi qaratilgan xavfsizlik chorasi. 1
302qator Munosabatli axborot bazasida qator biror bir jadval sxema bilan tavsiflanadigan ob’ekt atributlar yig‘imidan (kortejdan) iborat. 1
303qattiq disk Diskovodda doim mustahkamlangan qattiq magnit disk yoki disklar majmui. U yozish va o‘qish kallaklari bilan birga changdan tozalangan atmosfera bosimi ostida oddiy havo bilan to‘ldirilgan germetik yopiq korpusga solingan bo‘ladi. Diskning aylanishida uning ustida kallaklarning disk ustidan tahminan bir necha mikron balandlikda osilib turishini ta’minlovchi “havo yostig‘i” paydo bo‘ladi. IBM muhandislari o‘zlarining birinchi qattiq magnit diskda jamlovchilarini Vinchester deb atashgan. Bunga sabab qattiq diskning 30 Mbitli ikkita plastinadan (30-30) iborat bo‘lganligidir. Bu loyiha rahbari Ken Xotonga (Ken Haughton) Vinchester miltig‘ini (0,30 kalibrli ikki stvol) eslatgan. 1
304qizil kitob 1 AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan kompyuter tarmoqlarini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma sifatida chiqarilgan kitobi. National Computer Security Center nashri. U hisoblash tarmoqlari uchun Trusted Computer System Evaluation Guidelines (TCSEC)ni ta’riflab bergan. qizil muqovali ikkita alohida kitobdan iborat. Birinchisi Trusted Network Interpretation of the Trusted Computer System Evaluation Criteria (NCSC-TG-005) nomi bilan chop etilgan va 1987 yil 31 iyulda tasdiqlangan. Ikkinchisi Trusted Network Interpretation Environments Guideline: Guidance for Applying the Trusted Network Interpretation (NCSC-TG-011) nomi bilan chop etilgan va 1990 yil 1 avgustda tasdiqlangan. 2 ITU-T X.400 Message Handling System (MHS) tavsiyanomasi elektron pochtani saqlash va jo‘natishga oid xalqaro ikkita standartning birini (ikkinchi standart - SMTP) bildiradi. U ifodalashni, uzatishni va etkazib qo‘yishni muhofazalashning turli usullarini qo‘llab- quvvatlashni ta’minlaydi. X.400 standartini uning muqovasi sababli qizil kitob deb ham atashadi. 1
305qoidabuzar modeli qoidabuzarning amaliy va nazariy imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va joyi va h.k.ni aks ettiruvchi mavhum (rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan) tavsifi. 1
306qoldiq axborot Xotira qurilmasida operatsion tizim tomonidan rasman o‘chirilgan ma’lumotlardan qolgan axborot. Axborot faylning rasman o‘chirilishi yoki xotira qurilmalarining fizik xususiyatlari sababli qolishi mumkin. qoldiq axborot, agarda ma’lumotlar ombori nazorat zonasidan tashqari chiqib ketsa (masalan, “axlat” bilan tashlab yuborilsa yoki uchinchi tomonga berilsa), konfidensial axborotning ixtiyorsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin. 1
307qora ro‘yxat Avtomatik tarzda e’tiborga olinmasligi yoki blokirovka qilinishi lozim bo‘lgan ob’ektlarning xostlari, manzillari va boshqa identifikatorlarining ro‘yxati. qora ro‘yxatlardan foydalanish “ro‘yxatda ko‘rsatilganlardan tashqari barcha ob’ektlarga amallarni bajarishga ruxsat etish” tamoyilini amalga oshiradi. 1
308qora quti tamoyili bo‘yicha testlash qora quti tamoyili bo‘yicha testlashda testdan o‘tqazuvchi blokning ichki tuzilishidan bexabar. Testlovchi to‘g‘ri va noto‘g‘ri kirish va chiqishda unga mos keladigan to‘g‘ri ifodalarni aniqlaydi. Agar olingan va hisoblangan ifodalar bir xil bo‘lsa, DTning moduli to‘g‘ri hisoblanadi. 1
309qotil paketlar Tizimga tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanuvchi Ethernet yoki IP paketlarini jo‘natish yoki tizim ishini halokatli tugatish orqali tizimni ishdan chiqarish uslubi. 1
310 quyi pog‘ona tili Tizimga tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanuvchi Ethernet yoki IP paketlarini jo‘natish yoki tizim ishini halokatli tugatish orqali tizimni ishdan chiqarish uslubi. 1
311qumdon Kompyuter xavfsizligida dasturlarning xavfsiz bajarilishi uchun mexanizm. qumdon ko‘pincha testlanmagan yoki notanish manbalardan olingan tekshirilmagan kodni yurgizish, hamda viruslarni yurgizish va aniqlash uchun ishlatiladi. qumdon odatda mehmon dasturni bajarish uchun qattiq nazorat qilinadigan resurslar to‘plamidan iborat – masalan, disk yoki xotiradagi joy. Tarmoqqa kirish, asosiy operatsion tizimga murojaat etish yoki kiritish qurilmalaridan axborotni o‘qish odatda yo qisman emulyasiya qilinadi, yo kuchli cheklangan bo‘ladi. qumdonlar virtualizatsiyaning misoli bo‘la oladi. q: virtual mashina 1
312qurilma fayli qurilma fayli dasturiy ta’minotga standart qirish/chiqish tizim chaqiruvlari orqali qurilma drayveri bilan aloqada bo‘lishga imkon berib, ko‘plab vazifalarni soddalashtiradi. 1
313qurolsizlantirilgan zona Axborot perimetri himoyasini ta’minlash texnologiyasi. Unda tashqi tarmoqdan kelgan so‘rovlarga javob beruvchi yoki u erga so‘rovlarni yuboruvchi serverlar tarmoqning alohida DMZ segmentida joylashgan bo‘lib, ularning asosiy segmentlarga kira olishi tarmoqlalaro ekran yordamida cheklangan. Bunda ichki va tashqi tarmoq orasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri ulanishlar mavjud bo‘lmaydi – barcha ulanishlar faqat DMZdagi serverlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu serverlar so‘rovlarga ishlov berib va o‘z so‘rovlarini yaratib, javobni qabul qiluvchiga o‘z nomidan yuboradi. 1
314qurt Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari yoki kompyuter tarmoqlari orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan muxtor dastur. qurtlar xotira, xotira qurilmalari yoki ma’lumotlarga ishlov berish vaqti kabi mavjud resurslarni kamaytirish uchun yaratiladi. 1
315qo‘lga kiritish Aloqa kanallari bo‘ylab uzatiladigan axborotni ruxsatsiz, shu jumladan, ishlab turgan radioelektron vositalarning nomaqbul nurlanishlarini qabul qilish hisobiga ajratib olish bilan bog‘liq har qanday harakat. 1
316qo‘lyozma matnini tanish qo‘lyozma matnini ramzlarni kodlar ketma- ketligiga aylantirish texnologiyasi. qo‘lyozma matnini tanish, matnni skaner yoki yorug‘lik perosi yordamida axborot tizimiga kiritish imkonini beradi. Jipslashgan matnni tanish dasturiy ta’minotdan qo‘lyozmaning uzluksiz chizig‘ini ayrim ramzlariga ajratishni talab qiladi. Bu oson masala emas, vahalanki, qo‘lyozmaning o‘zi yakka ma’noli emas. Bunda, lug‘atlarni ishlatish qo‘l keladi. O‘qiydigan tizimlar ham mavjud bo‘lib, ular har bir foydalanuvchiga 25-35 so‘zni yozib berishni taklif qiladi. Tizim yozilganlarni o‘rganadi va mazkur foydalanuvchi qo‘lyozmasini taniy oladi. 1
317qo‘llanma Ma’lum foydalanish sohasida ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi jami dasturlar. 1
318qo‘riqlanadigan axborot Mulkdorlik predmeti bo‘lgan axborot. U huquqiy hujjatlar asosida yoki axborot mulkdori tomonidan o‘rnatilgan talablarga binoan muhofaza qilishi zarur. 1
319qo‘shilish Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq ma’lumotlar oqimini birlashtirish. 1
320halqa tarmog‘i O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. SHu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. YUqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa ta’minlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. 1