So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 281-300 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
281qo‘llanma Ma’lum foydalanish sohasida ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi jami dasturlar. 1
282qo‘riqlanadigan axborot Mulkdorlik predmeti bo‘lgan axborot. U huquqiy hujjatlar asosida yoki axborot mulkdori tomonidan o‘rnatilgan talablarga binoan muhofaza qilishi zarur. 1
283qo‘shilish Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq ma’lumotlar oqimini birlashtirish. 1
284halqa tarmog‘i O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. SHu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. YUqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa ta’minlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. 1
285halqali tekshirish Raqamli axborotning ishonchliligini “shleyf” bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha ma’lumotlar oqimini retranslyasiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. 1
286halqasimon tekshiruv uchun test Halqasimon tekshiruv rejimida ishonchlilikni baholashda foydalaniladigan test ketma-ketligi. Ishonchlilikni baholash uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketlikni taqqoslash hamda sinovlarni o‘tkazishning butun davrida aniqlangan xatolar sonini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 1
287hammabop elektron savdo maydonchasi Har xil sotuvchilar tomonidan boshqariladigan va turli tuman mahsulotlar hamda xizmatlarni tarqatadigan elektron do‘konlar majmuasi. 1
288harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlar guruhi Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983 yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993 yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995 yilda DVD raqamli videodisk pleerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. 1
289qabul qiluvchi optoelektron modul Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. 1
290qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. 1
291qayd yozuvi Kompyuter tarmog‘ida saqlanuvchi foydalanuvchining ma’lumotlari. Odatda foydalanuvchining tarmoqdagi ismi, paroli, huquqlari, haqiqiy ismi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 1
292qaydlangan marshrutlash Tarmoqda marshrutlash usuli. qaydlangan marshrutlash mo‘ljallanayotgan tarmoq trafigining samaraliroq yo‘llarini ko‘rsatuvchi yo‘nalishlar jadvalini tuzishni ko‘zda tutadi. Bunda yo‘nalish avvaldan tanlanadi va tarmoqning holatiga bog‘liq bo‘lmaydi. 1
293qaynoq almashtirish Elektr manbaini o‘chirmagan va tizim ishini to‘xtatmagan holda tizimning ichki bloklarini, masalan, server qattiq disklarini almashtirish usuli. 1
294qaynoq zaxiralash Zaxiralash usuli bo‘lib, unda qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan paralel ishlaydi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil amallarni bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, agar ular ishida kamchilik aniqlangan bo‘lsa rezervga o‘tish mumkin. 1
295qayta uzatkich Radiotarmoqda ikkita radiokanal o‘zaro ishlashini ta’minlovchi ko‘prik. 1
296qayta ulanadigan konsentratorli halqa O‘zaro bog‘langan bir yoki bir nechta guruh yulduzlar shaklida ifodalangan halqa tarmog‘i. Ulanib turadigan konsentratorning vazifasi davriy halqaning ishonchli ishlashini ta’minlashdir. Buning uchun konsentrator yoylarni bir-biri bilan shunday ulaydiki, topologiya ma’nosida yulduzsimon tarmoq hosil bo‘ladi. Natijada barcha ulanish bloklari orqali o‘tadigan yagona halqa paydo bo‘ladi. Yoyda yoki abonent tizimida nosozlik paydo bo‘lishi bilan konsentrator tegishli yoyni halqadan o‘chiradi. Shuning evaziga halqaning qolgan qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. 1
297qaytishdagi yo‘qotishlar Telekommunikatsiyalar tizimining istalgan ikki nuqtasi o‘rtasida quvvatning kamayishi. 1
298qaytishdagi optik yo‘qotishlar Komponent yoki qurilma qaytargan optik quvvatning bu komponent yoki qurilma liniyaga yoxud tizimga ulanganda komponent kirishida o‘lchangan optik quvvatga nisbati. 1
299qarshi yo‘naltirilgan interfeys Interfeys turi, bunda aloqa liniyasining qarama-qarshi uchlaridagi stansiyalardan biri boshqaruvchi, ikkinchisi boshqariluvchi bo‘ladi. Sinxrosignal har doim boshqaruvchi stansiyadan axborot va taktli signallarni uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan boshqariluvchi stansiyaga uzatiladi. 1
300qarshi ta’sir Akustik va optik aloqa vositalarining ishini qiyinlashtiruvchi chora va tadbirlar. Radiokanallarga nisbatan radioelektron bostirish atamasi ishlatiladi. 1