So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 321-340 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
321halqali tekshirish Raqamli axborotning ishonchliligini “shleyf” bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha ma’lumotlar oqimini retranslyasiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. 1
322halqasimon tekshiruv uchun test Halqasimon tekshiruv rejimida ishonchlilikni baholashda foydalaniladigan test ketma-ketligi. Ishonchlilikni baholash uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketlikni taqqoslash hamda sinovlarni o‘tkazishning butun davrida aniqlangan xatolar sonini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 1
323hammabop elektron savdo maydonchasi Har xil sotuvchilar tomonidan boshqariladigan va turli tuman mahsulotlar hamda xizmatlarni tarqatadigan elektron do‘konlar majmuasi. 1
324harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlar guruhi Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983 yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993 yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995 yilda DVD raqamli videodisk pleerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. 1
325harfli-raqamli kodlash Harflar, sonlar va alfavitning boshqa ramzlaridan tashkil topgan koddan foydalanib kodlash. 1
326haqiqiy vaqt Jarayon sodir bo‘layotgan vaqt muddati. Haqiqiy vaqt ob’ektning kirish signallariga yoki ma’lumotlarga javoban shunday ta’sirlanishini belgilaydiki, bu holda u chiqish signalarini yoki ma’lumotlarni etarlicha tez ishlab chiqishga ulguradi. Shu asosda haqiqiy vaqt tizimlari quriladi, haqiqiy vaqtda analitik ishlov berish bajariladi. 1
327haqiqiy vaqt tili Haqiqiy vaqt rejimida ishlaydigan tizimlar jarayonlarini tavsiflash uchun foydalaniladigan maxsus til. Haqiqiy vaqt tillariga ADA va Modula tillari kiradi. 1
328haqiqiylikni tekshirish Shaxs yoki ob’ekt haqiqiyligini tekshirish jarayoni. Masalan, foydalanuvchi haqiqiyligini tekshirish uchun foydalanuvchining ismi va paroli kerak bo‘lishi mumkin. 1
329hisobdorlik Tizim sub’ektlari faoliyatini nazorat qilish va ma’lum harakatlar uchun javobgarlikni o‘rnatish uchun ularni individual identifikatorlar bilan bog‘lashga imkon beruvchi tizim xususiyati. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri. 1
330hisoblash jarayoni Kompyuterda vazifalarni bajarish jarayoni. 1
331hisoblash majmui Yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan ikki yoki undan ko‘p kompyuterlar majmui 1
332hisoblash mashinasi Axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki qurilmalar majmui. Hisoblash mashinalari murakkab va takrorlanadigan vazifalarni tezda, aniq va sifatli bajarishi hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tezda saqlashi va o‘qishi mumkin. Mashinalarning ikkita turi bor: raqamli hisoblash mashinalari va analog hisoblash mashinalari. Hozirgi paytda asosan raqamli hisoblash mashinalari ishlatiladi. 1
333qabul qiluvchi optoelektron modul Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. 1
334qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. 1
335qayd yozuvi Kompyuter tarmog‘ida saqlanuvchi foydalanuvchining ma’lumotlari. Odatda foydalanuvchining tarmoqdagi ismi, paroli, huquqlari, haqiqiy ismi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 1
336qaydlangan marshrutlash Tarmoqda marshrutlash usuli. qaydlangan marshrutlash mo‘ljallanayotgan tarmoq trafigining samaraliroq yo‘llarini ko‘rsatuvchi yo‘nalishlar jadvalini tuzishni ko‘zda tutadi. Bunda yo‘nalish avvaldan tanlanadi va tarmoqning holatiga bog‘liq bo‘lmaydi. 1
337qaynoq almashtirish Elektr manbaini o‘chirmagan va tizim ishini to‘xtatmagan holda tizimning ichki bloklarini, masalan, server qattiq disklarini almashtirish usuli. 1
338qaynoq zaxiralash Zaxiralash usuli bo‘lib, unda qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan paralel ishlaydi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil amallarni bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, agar ular ishida kamchilik aniqlangan bo‘lsa rezervga o‘tish mumkin. 1
339qayta uzatkich Radiotarmoqda ikkita radiokanal o‘zaro ishlashini ta’minlovchi ko‘prik. 1
340qayta ulanadigan konsentratorli halqa O‘zaro bog‘langan bir yoki bir nechta guruh yulduzlar shaklida ifodalangan halqa tarmog‘i. Ulanib turadigan konsentratorning vazifasi davriy halqaning ishonchli ishlashini ta’minlashdir. Buning uchun konsentrator yoylarni bir-biri bilan shunday ulaydiki, topologiya ma’nosida yulduzsimon tarmoq hosil bo‘ladi. Natijada barcha ulanish bloklari orqali o‘tadigan yagona halqa paydo bo‘ladi. Yoyda yoki abonent tizimida nosozlik paydo bo‘lishi bilan konsentrator tegishli yoyni halqadan o‘chiradi. Shuning evaziga halqaning qolgan qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. 1