| Izoh | 1 O'z tarkibiga axborotni yaratish, to'plash, unga ishlov berish, taqdim etish, undan foydalanish hamda ushbu jarayonlarni ta'minlovchi infratuzilmani yaratishni oluvchi faoliyat sohasi.
2 Axborotni izlash, olish, uzatish, ishlab chiqarish va tarqatish bo'yicha faoliyat sohasi, shuningdek, jami axborot resurslari va ularni ta'minlovchi axborot infratuzilmasi.
3 Sub'ektlarning axborot yaratish, o'girish va iste'mol qilish bilan bog'liq faoliyat sohasi.
4 Axborot to'plash, shakllantirish, tarqatish va unga ishlov berishni amalga oshiruvchi jami axborot, axborot infratuzilmasi va sub'ekt- lar, shuningdek, ushbu jarayonda paydo bo'luvchi ijtimoiy munosabatlarni rostlash tizimi.
5 Axborot sohasi o'z ichiga zamonaviy jamiyatda insonlar atrofidagi inson tomonidan sun'iy ravishda yaratilgan belgilar muhitini oladi. |