So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 61-80 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
61ACPI Advanced Configuration and Power management Interface ACPI spetsifikatsiyasi, elektr ta’minot konfiguratsiyasi va uni boshqarish uchun yaxshilangan interfeys. Operatsion tizim bilan shaxsiy kompyuter apparat vositalari elektr ozuqa konfiguratsiyasi va uni boshqarish uchun o‘zaro aloqada ishlashini tavsiflovchi ochiq spetsifikatsiya. qurilmalarni dasturiy ravishda, elektr ozuqani kamroq sarflash rejimiga va uni teskari oldingisiga o‘tkazish. 1
62ACPI Advanced Configuration and Power management Interface ACPI spetsifikatsiyasi, elektr ta’minot konfiguratsiyasi va uni boshqarish uchun yaxshilangan interfeys. Operatsion tizim bilan shaxsiy kompyuter apparat vositalari elektr ozuqa konfiguratsiyasi va uni boshqarish uchun o‘zaro aloqada ishlashini tavsiflovchi ochiq spetsifikatsiya. qurilmalarni dasturiy ravishda, elektr ozuqani kamroq sarflash rejimiga va uni teskari oldingisiga o‘tkazish. 1
63ActiveX Veb-sahifalar yaratuvchilariga interaktiv muhitni yaratish imkonini beruvchi texnika vositalari va amallar to‘plami, ko‘p sonli asboblarni yaxlit qilib birlashtirish vositasi. 1
64ActiveX Veb-sahifalar yaratuvchilariga interaktiv muhitni yaratish imkonini beruvchi texnika vositalari va amallar to‘plami, ko‘p sonli asboblarni yaxlit qilib birlashtirish vositasi. 1
65Ada Yгqori pog‘ona dasturlash tili. U 1970 yillar oxiri - 1980 yillar boshida AqSH Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan turli maqsadlar uchun, biznes qo‘llanmalardan tortib aeronavigatsiya tizimlarigacha ishlab chiqilgan. Pascal tili asosida yaratilgan bo‘lib, jiddiy to‘ldirishlarga va modulli tuzilmaga ega. U parallel amallarni bajarish va murakkab axborot tizimlari yaratishni ta’minlab, operatsion tizimlarga nisbatan yuqori darajali mustaqilligi bilan tavsiflanadi. Ada ma’lumotlarga haqiqiy vaqt maromida paralell ishlov berish vositalarini qo‘llaydi. Ada tili analitik dvigatel – birinchi mexanik kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etgan, dunyodagi eng birinchi dasturchi deb hisoblanadigan Avgust Ada Lavleys (1815-52) sharofati bilan shunday nom olgan. 1
66Ada Yгqori pog‘ona dasturlash tili. U 1970 yillar oxiri - 1980 yillar boshida AqSH Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan turli maqsadlar uchun, biznes qo‘llanmalardan tortib aeronavigatsiya tizimlarigacha ishlab chiqilgan. Pascal tili asosida yaratilgan bo‘lib, jiddiy to‘ldirishlarga va modulli tuzilmaga ega. U parallel amallarni bajarish va murakkab axborot tizimlari yaratishni ta’minlab, operatsion tizimlarga nisbatan yuqori darajali mustaqilligi bilan tavsiflanadi. Ada ma’lumotlarga haqiqiy vaqt maromida paralell ishlov berish vositalarini qo‘llaydi. Ada tili analitik dvigatel – birinchi mexanik kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etgan, dunyodagi eng birinchi dasturchi deb hisoblanadigan Avgust Ada Lavleys (1815-52) sharofati bilan shunday nom olgan. 1
67adapterMijoz-server modelidagi axborotni tayyorlash va uni mijoz va server qismi orasida almashishni bajaruvchi tizim qismi.1
68adapter1 Har xil turdagi va o'lchamdagi vilkalardan birgalikda foydalanish yoki ularni telekommunikatsiya rozetkasi/konnektor bilan qo'shish imkonini beruvchi qurilma. 2 Ikki yoki undan ortiq mos kelmaydigan tarmoq ob'ektlariga birgalikda ishlash va axborot ayirboshlash imkonini beradigan interfeys qurilma. 3 Ma'lumotlarni berishning turli usullari bilan qurilmalarni bir-biriga moslashtirishga imkon beradigan elektron sxema. Masalan, analog qurilmani raqamli qurilmaga to'g'ridan-to'g'ri ulash mumkin emas, buning uchun avvalo analog signalni raqamli signalga aylantirish lozim yoki aksincha. Apparatli vositalarning bir-biriga mos bo'lmagan ikkita tarkibiy bo'lagini bog'lash uchun biriktirish qurilmasi zarur. Adapter bunday qurilmaning tarkibiy bo'lagi bo'lib, odatda alohida plataga o'rnatiladi.1
69adaptiv kod daftariNutq signallarining tanlanmalari yig'ilgan kod daftarchasi. Bu nutq signallarining parametrlari ish jarayonida kirish signalining ?nozik? tuzilmasini tahlil qilish hisobiga avtomatik ravishda yangilanib turadi.1
70adaptiv korrektor/kompensatorParametrlari signallarni qabul qilish sharoitlariga avtomatik ravishda moslashadigan qurilma. Adaptiv korrektor/ kompensatorlar signalning belgilararo buzilishlari va signallarning qabul qilish hamda uzatish apparaturasi benuqson emasligi keltirib chiqaradigan amplituda va faza buzilishlarini to'g'rilash (korreksiyalash) uchun qo'llaniladi.1
71adaptiv taxminlash bilan kodlashHar bir keyingi sanoq, avvalgi sanoqlar qiymatlarining chiziqli funksiyasi va tegishli vazn koeffitsientlariga ko'paytmalari sifatida ifodalanadigan, bashoratlashga asoslangan nutqni kodlash usuli.1
72ADC Analog to Digital Converter Analog-raqamli o‘zgartirgich. Analog signalni raqamli kodga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan, ya’ni analog kirish signali kuchlanishining har bir qiymatiga chiqishdagi raqamli kodning muayyan qiymati mos keladi. ADC asosan tovush kartasida mavjud bo‘lib, tashqi manbadan kelayotgan tovushni qattiq diskka yozish uchun ishlatiladi. 1
73addonqo'shimcha, plagin1
74ADMA Advanced DMA (controller) Takomillashtirilgan DMA kontrolleri. 1
75ADO ActiveX Data Objects ActiveX ma’lumotlarining ob’ektlari. Microsoft kompaniyasining COM-ob’ektlar orqali ma’lumotlar bazalaridan foydalanish texnologiyasi. 1
76Adobe Systems Dasturiy ta’minot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya. Adobe Systemsning eng mashhur mahsuloti - bu Acrobat ko‘rish muharriridir. Kompaniya stolusti nashr tizimlari va shrift to‘plamlarini ishlab chiqaradi. Kompaniya tomonidan yaratilgan grafik tasvirlarga (Photoshop, Illustrator) va videofilmlarga (Premiere) ishlov berish amaliy dasturlari keng tarqalgan. 1
77ADPCM Adaptive Differential Pulse Code Modulation Moslashuvchan differensial impuls-kodli usul asosida modullash. Nutqni zichlashtirib raqamli kodlash uchun ITU standarti. O‘tkazish qobiliyati 32 Kbit/sekund bo‘lgan kanal orqali nutqni uzatish imkonini beradi. Telefoniyada ishlatiladi. 1
78ADSL Asymmetric Digital Subscriber Line Asimmetrik raqamli abonent liniyasi. Ma’lumotlarni telefon liniyalari bo‘ylab yuqori tezlik bilan uzatish texnologiyasi. DSL oilasiga mansub texnologiyalardan biri. Ommaviy foydalanuvchilarga mo‘ljallangan nisbatan arzon texnologiyadir. Ma’lumotlarni uzatish asimmetrik, ya’ni dastlabki trafikka nisbatan chiqish trafigiga ancha kattaroq chastota oralig‘i ajratiladi. 8 Mbit/sekund tezlikkacha signallarni qabul qilib, 1 Mbit/sekundgacha tezlik bilan uzatadi. ADSL-modemlar orasidagi telefon simlarining uzunligi 7 kmdan oshmasligi kerak. Ish vaqtida ma’lumotlarni uzatish tezligi telefon liniyasining ahvoliga (shovqin darajasi, to‘siqlar soni va h.k.) qarab o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari, ADSL- ulanish shovqinlarga, ayniqsa shu telefon kabelidan o‘tkazilgan boshqa raqamli aloqa liniyalaridagi shovqinlarga sezgirdir. 1
79ADT Abstract Data Type Ma’lumotlarning mavhum turi. Muayyan amalga oshirilmay, ularning usullarini va xossalarini sanab o‘tish orqali belgilanadigan ma’lumotlar turi (mavhum klassi). 1
80AFTN Aeronautical Fixed Telecommunication Network Aviatsiya aloqasining ko‘chmas tarmog‘i. 1