776

Update Delete

ID776
So`zADSL
Izoh Asymmetric Digital Subscriber Line Asimmetrik raqamli abonent liniyasi. Ma’lumotlarni telefon liniyalari bo‘ylab yuqori tezlik bilan uzatish texnologiyasi. DSL oilasiga mansub texnologiyalardan biri. Ommaviy foydalanuvchilarga mo‘ljallangan nisbatan arzon texnologiyadir. Ma’lumotlarni uzatish asimmetrik, ya’ni dastlabki trafikka nisbatan chiqish trafigiga ancha kattaroq chastota oralig‘i ajratiladi. 8 Mbit/sekund tezlikkacha signallarni qabul qilib, 1 Mbit/sekundgacha tezlik bilan uzatadi. ADSL-modemlar orasidagi telefon simlarining uzunligi 7 kmdan oshmasligi kerak. Ish vaqtida ma’lumotlarni uzatish tezligi telefon liniyasining ahvoliga (shovqin darajasi, to‘siqlar soni va h.k.) qarab o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari, ADSL- ulanish shovqinlarga, ayniqsa shu telefon kabelidan o‘tkazilgan boshqa raqamli aloqa liniyalaridagi shovqinlarga sezgirdir.
Kategorya1