684

Update Delete

ID684
So`zAda
Izoh Yгqori pog‘ona dasturlash tili. U 1970 yillar oxiri - 1980 yillar boshida AqSH Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan turli maqsadlar uchun, biznes qo‘llanmalardan tortib aeronavigatsiya tizimlarigacha ishlab chiqilgan. Pascal tili asosida yaratilgan bo‘lib, jiddiy to‘ldirishlarga va modulli tuzilmaga ega. U parallel amallarni bajarish va murakkab axborot tizimlari yaratishni ta’minlab, operatsion tizimlarga nisbatan yuqori darajali mustaqilligi bilan tavsiflanadi. Ada ma’lumotlarga haqiqiy vaqt maromida paralell ishlov berish vositalarini qo‘llaydi. Ada tili analitik dvigatel – birinchi mexanik kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etgan, dunyodagi eng birinchi dasturchi deb hisoblanadigan Avgust Ada Lavleys (1815-52) sharofati bilan shunday nom olgan.
Kategorya1