So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 241-260 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
241axborot jamiyatiZamonaviy sivilizatsiyaning rivojlanish darajasi. Axborot va bilimlar rolining jamiyat hayotida, jami ichki mahsulotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar ulushining ortishi, insonlarning o'zaro samarali o'zaro axboriy aloqada ishlashini ta'minlovchi global axborot makonining yaratilishi, ularning dunyo axborot resurslariga ulanishi va ularning axborot mahsulotlariga va xizmatlariga bo'lgan ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarining qondirilishi bilan tavsiflanadi1
242axborot jamiyatining rivojlanish ko'rsatkichlariAxborot jamiyatining axboriy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bo'yicha rivojlanishini belgilovchi ko'rsatkichlar ro'yxati. Har bir mamlakatda axborot jamiyati rivojlanishi darajasini miqdoriy baholash uchun yillik ?axborot jamiyati indeksi? (AJI) ishlab chiqilgan. Ushbu indeks quyidagi to'rtta guruhga bo'lingan 23 ko'rsatkichga asoslanadi: - kompyuter infratuzilmasi (7 ko'rsatkich ? muayyan mamlakatda odam boshiga shaxsiy kompyuterlar soni, bitta oilaga uy kompyuterlarining soni va h.k.); - axborot infratuzilmasi (7 ko'rsatkich ? bitta oilaga to'g'ri kelgan telefon liniyalarining soni, odam boshiga televizorlar, fakslar, uyali telefonlar soni, kabel televideniesi abonentlarining soni va h.k.); - Internet infratuzilmasi (4 ko'rsatkich ? Internetdan maishiy, biznes va ta'lim maqsadlarida foydalanuvchilar soni, elektron savdo ko'lami); - ijtimoiy infratuzilma (5 ko'rsatkich ? o'rta maktab va oliy o'quv yurtlari o'quvchilari soni, matbuot o'quvchilari soni, matbuot erkinligi, fuqarolik huquqlarining ta'minlanishi).1
243axborot jarayonlari1 Axborotni yaratish, yig'ish, ishlov berish, to'plash, saqlash, izlash, tarqatish va iste'mol qilish jarayonlari. 2 Hujjatlashtirilgan axborotni foydalanuvchi uchun yig'ish, ishlov berish, to'plash, saqlash, aktuallashtirish va taqdim etish jarayonlari.1
244axborot jinoyatchiligiqonunda ko'zda tutilgan shaxs, tashkilotlar yoki davlat huquqlarini buzuvchi g'ayri qonuniy harakatlar. Bunda jamiyatning axborot sohasidagi qonuniga zid o'laroq, shaxs, tashkilot va davlatga ma'naviy yoki moddiy zarar etkazilishi nazarda tutilgan.1
245axborot jinoyatiG'arazli yoki bezorilik maqsadlarida amalga oshiriladigan, axborot tizim va tarmoqlarida axborotni o'g'irlash yoki buzishga qaratilgan atayin qilingan jinoyatkorona harakatlar.1
246axborot kollapsiTarmoqdagi axborot makonining barqarorligi va normal faoliyatiga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan taxmin qilingan holati. Aloqa kanallari o'tkazish qobiliyatining keskin pasayishi bilan tavsiflanadi. Mavjud texnologiyalar ko'payib borayotgan trafik hajmlarini uzata olmaydigan holatda paydo bo'ladi.1
247axborot komprometatsiyasiPinhoniy axborotning chiqib ketishi yoki oshkor bo'lishi, yo mualliflashtirilmagan sub'ektlar tomonidan olinishi1
248axborot konfidensialligi1 Axborot va uning tashuvchisining holati. Bunda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa ko'chirishning) oldini olish ta'minlangan. 2 Axborot uchun sub'ektiv ravishda aniqlanadigan (qo'shib yoziladigan tavsifnoma (xossa)). Bu axborotdan foydalanish huquqiga ega bo'lgan sub'ektlar davrasiga cheklovlar kiritish zaruratini ko'rsatadi. Tizim (muhit) mazkur axborotni undan foydalanish huquqiga egalik vakolatlari bo'lmagan sub'ektlardan sir saqlash qobiliyati bilan ta'minlangan bo'lishi shart. Konfidensiallik ikki yo'l bilan ta'minlanadi. Birinchisi, axborot bilan ishlash huquqiga ega bo'lgan foydalanuvchilar doirasini cheklash. Ikkinchisi, axborotni shifrlash, ya'ni o'qilgan axborotning mazmunini faqat shifrlash kalitiga ega bo'lgan foydalanuvchilargina tushuna oladigan shaklda ifodalash.1
249axborot makoni1 Elektron tarmoqlardan foydalangan holda paydo bo'luvchi birlashgan elektron axborot makoni. 2 Axborot kommunikatsiya texnologiyalari dunyoning zamonaviy ijtimoiy hayotida etakchi rol o'ynaydigan sohalari. Ushbu ma'noda axborot makoni tushunchasi axborot muhiti tushunchasiga yaqinlashadi. 3 Axborot oqimlari uchun aylanish makoni1
250axborot manbaiAxborot yuzaga kelishini identifikatsiyalovchi ob'ekt. Foydalanuvchi erkin olishi mumkin bo'lgan va odatda ba'zi muammoli aniqlikka ega bo'lgan u yoki bu axborot resurslari klassi subto'plamining yagona elementi.1
251axborot mazmuniMa'lum ob'ekt yoki hodisa to'g'risida jami elementlar, tomonlar, ular o'rtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi aniq ma'lumotlar.1
252axborot ob'ektiXohlagan kompyuter yoki telekommunikatsiya tizimi, axborotga ishlov berish uchun bitta yoki jami apparatli va (yoki) texnika vositalari, axborotga ishlov berish va (yoki) uzatish tizimi yoki vositalari o'rnatilgan yoki maxfiy muzokaralar o'tkazilayotgan xona.1
253axborot omboriJuda katta bo'lgan predmetga yo'naltirilgan informatsion korporativ ma'lumotlar bazasi. U alohida dasturlangan va hisobot tayyorlashga, biznes jarayonlarni tahlil qilishga va tashkilotlarda qaror qabul qilishga qaratilgan. Axborot omborida mijoz-server arxitekturasi, relyasion MBBT qo'llaniladi hamda u echimga kelish utilitaga asoslangan. Axborot omboriga kelayotgan ma'lumotlar faqat o'qish uchun ochiq bo'ladi. Sanoat OLTP-tizimdan kelgan ma'lumotlar omborga shunday tarzda nusxa qilinadiki, unda hisobotlarni yaratish va OLAP-tahlili sanoat tizimining resurslaridan foydalanmaydi va barqarorligini buzmaydi. Ma'lumotlar omborga muayyan davriylikda keladi, shuning uchun ularning dolzarbligi OLTP-tizimidan bir oz kechikadi.1
254axborot oqimiMakon va zamonda uzatiladigan axborot.1
255axborot qonunchiligi1 Axborot aylanishi va axborotni ishlab chiqarish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasiga oid jami qonunlar, me'yoriy aktlar va boshqa huquqiy rostlash shakllari. 2 Axborot muammolariga to'liq bag'ishlangan qonunchilikning ba'zi sohalarini ham, butunlay maxsus me'yoriy aktlarni ham, shuningdek, qonunchilikning boshqa sohalari uchun alohida axborot-huquqiy me'yorlarni ham o'z ichiga oluvchi yaxlit soha.1
256axborot resursi1 Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma'lumotlar banki, ma'lumotlar bazasi. (qonun) 2 Alohida hujjatlar va hujjatlar massivlari, axborot tizimlaridagi (kutubxona, arxiv, jamg'arma va ma'lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) hujjatlar va hujjatlar massivlari. 3 Axborot tizimlaridagi (kutubxona, arxiv, jamg'arma va ma'lumotlar banklari hamda depozitariy, muzey va boshqalar) hujjatlar va hujjatlar massivlari. 4 Ma'lumotlar va bilimlar bazalari, axborot tizimlaridagi boshqa axborot massivlarini o'z ichiga oluvchi tashkillash- tirilgan jami hujjatlashtirilgan axborot.1
257axborot sifatiOb'ektlar va ularning o'zaro bog'lanishlari haqidagi muayyan axborotning yaroqliligini ifodalovchi xossalar majmui. U foydalanuvchi u yoki bu turdagi faoliyatni amalga oshirishi, o'z oldida turgan maqsadlarga erishishi uchun zarur. Eng umumiy parametrlar qatoriga ma'lumot ishonchliligi, mavridiyligi, yangiligi, qimmatliligi, foydaliligi, olish qulayligi kiradi.1
258axborot sohasi1 O'z tarkibiga axborotni yaratish, to'plash, unga ishlov berish, taqdim etish, undan foydalanish hamda ushbu jarayonlarni ta'minlovchi infratuzilmani yaratishni oluvchi faoliyat sohasi. 2 Axborotni izlash, olish, uzatish, ishlab chiqarish va tarqatish bo'yicha faoliyat sohasi, shuningdek, jami axborot resurslari va ularni ta'minlovchi axborot infratuzilmasi. 3 Sub'ektlarning axborot yaratish, o'girish va iste'mol qilish bilan bog'liq faoliyat sohasi. 4 Axborot to'plash, shakllantirish, tarqatish va unga ishlov berishni amalga oshiruvchi jami axborot, axborot infratuzilmasi va sub'ekt- lar, shuningdek, ushbu jarayonda paydo bo'luvchi ijtimoiy munosabatlarni rostlash tizimi. 5 Axborot sohasi o'z ichiga zamonaviy jamiyatda insonlar atrofidagi inson tomonidan sun'iy ravishda yaratilgan belgilar muhitini oladi.1
259axborot tahdidiJamiyat axborot sohasining faoliyatiga xavf tug'dirayotgan jami omillar va omillar guruhlari.1
260axborot tahliliHujjatlarni o'rganish va shakllanayotgan hamda foydalanilayotgan axborot hajmini aynanlash, shuningdek, hujjatlar aylanishi sxemasini va axborot aloqalari modelini ishlab chiqish.1