So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 121-140 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
121alfa-testlashKelajakdagi dasturiy mahsulotni umumiy baholash va unga u yoki bu kerakli xususiyatlarni qo'shish uchun mo'ljallangan dastur yoki dasturiy ta'minotning dastlabki sinov bosqichi.1
122algoritm1 Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to'plami. 2 Dastlabki ma'lumotlarni oxirgi natijaga o'tkazuvchi hisoblash jarayoni orqali masala echimini aniq ko'rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi. Algoritm tavsifnomalariga quyidagilar kiradi: - berilgan dastlabki ma'lumotlar bilan natijaning bir turliligi; - jarayonni inson yoki hisoblash mashinasi tomonidan bajarilishi mumkin bo'lgan ayrim amallarning chekli soniga bo'lish mumkinligi; - ko'p klassga oid masalalarga mos ko'p dastlabki ma'lumotlar uchun natija olish mumkinligi. Hisoblash mashinasiga algoritm dastur shaklida beriladi. Bitta masalani echishning bir necha algoritmi mavjud bo'lishi mumkin. Ular orasida eng samaralisini, bajarilishi uchun eng kam amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim. Samarali algoritmlar mavjud bo'lishi shartlari va ularni qurish (ishlab chiqish)ni o'rganish algoritmlar nazariyasi asosini tashkil etadi. Algoritm atamasi o'rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o'zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U IX asrning 825 yilidayoq o'zi kashf etgan o'nli sanoq tizimida to'rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa alxorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algorifm deb ham ataldi. Kompyuterlar paydo bo'lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma'nosi bilan axborot texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo'lib qoldi.1
123aliasTarmoq nomi, manzil, URL sinonimi. Agarda ikkita tashqi ko'rinishdan farqli manzil bitta hujjatga ishorat qilayotgan bo'lsa, ushbu manzillar aliaslardir.1
124Alkogolizm (ichkilikbozlik) - Ichki- likbozlik odamning pivo, vino, aroq kabi spirtli ichimliklarga doimiy ehtiyoji. 2
125aloqa foydalanuvchisiAloqa xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi asosida yoki bunday shartnomasiz aloqa xizmatlarini buyurishni xohlovchi yoki buyuruvchi, yo ulardan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.1
126aloqa kanalima'lumotlar uzatish kanali1
127aloqa operatoriElektr va (yoki) pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish huquqiga ega bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.1
128aloqa seansiqo'llanma, qurilma, kompyuter yoki tarmoq tugunlari orasida ma'lumotlarni uzatish uchun aloqa o'rnatish, undan foydalanish va uni tugatish jarayoni.1
129aloqa tarmog'iMa'lum tarmoqning faoliyatini ta'minlovchi jami aloqa kanallari (simli, radio yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari va tugunlari.1
130aloqa vositalariElektr aloqasi xabarlari yoki pochta jo'natmalarini shakllantirish, ishlov berish, uzatish yoki qabul qilib olish uchun foydalaniladigan texnika vositalari, shuningdek aloqa xizmatlarini ko'rsatishda foydalaniladigan binolar, inshootlar yoki odam yashamaydigan xonalar, boshqa texnika vositalari.1
131aloqa xizmatlariPochta jo'natmalari yoki elektr aloqasi xabarlarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va etkazish bo'yicha faoliyat mahsuli.1
132aloqaning buzilish ehtimolligiSignal darajasining o'rnatilgan minimal pog'onasidan pastga tushish ehtimolligi. Agar ushbu shart ish vaqtining berilgan qismi davomida bajarilsa, masalan, aloqa seansining 95 foizida signal darajasi o'zgarmasdan saqlansa, aloqa ishonchli deb hisoblanadi.1
133ALU Arithmetic and Logic Unit Arifmetik-mantiqiy qurilma, AMq. Protsessorning arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradigan qismi. 1
134AM Amplitude Modulation Amplituda modulyasiyasi. 1
135amaliy dasturlash interfeysiFoydalanuvchi qo'llanmalarini dasturlashda qo'llaniladigan tayyor konstantalar, shakl va funksiyalar to'plami. ADI dastur (modul yoki kutubxona) funksionalligini belgilaydi. ADI muayyan funksionallikni amalga oshirishda kelib chiqqan qiyinchiliklardan uzoqlashishga imkon beradi. Agar dasturni (modul yoki kutubxonani) qora quti sifatida tasavvur qilsak, ADI bu qutining tortgichlari. Ular yordamida shu qutini xohlagancha boshqarish mumkin. Dastur bo'laklari bir biri bilan ADI orqali bog'lanadi. Bu bo'laklar ierarxiyani tashkil qiladi, ya'ni, yuqori darajadagilar pastroq darajadagilarni ishlatadi, ular esa o'z navbatida yanada pastroq darajadagilarni ishlatadi.1
136amaliy pog'ona shlyuziTarmoqlararo ekranni (brandmauerni) amalga oshirish usullaridan biri. Mualliflashgan mijoz bilan tashqi xostning bevosita o'zaro ishlashiga yo'l qo'ymaydi. Barcha kirish va chiqish paketlarini filtrlash OSI etalon modelining amaliy pog'onasida amalga oshiriladi. qo'llanmalar bilan bog'liq vositachi-dasturlar TCP/IP aniq xizmatlari generatsiyalayotgan axborotni shlyuz orqali qayta yo'naltiradi.1
137AMD Kompyuter tarkibiy qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya. AMD kompaniyasi AqSHda (Sanniveyl sh.) 1969 yilda yaratilgan. AMD protsessorlar, flesh-xotira qurilmalari, dasturlashtiriluvchi mantiqiy matritsalar, mikrokontrollerlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 1
138amortizasiya 1) Mashina, asbob-uskuna, bino va shu kabilarning eskirishiga qarab, ularning bahosini kamaytirib borish; ularning shu chegirilgan qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo'shib borish. 2) alohida shaxsni yoki tashkilotni o'z qarzini asta-sekin, darajama-daraja to'lash majburiyatidan qutulish; 3) qarz majburiyatining yo'qotilishi, o'chirilishi oqibatida uning bekor qilinganligini tan olish 15
139analogUzluksiz shaklda aks etuvchi to'xtovsiz o'zgaruvchi fizikaviy kattaliklar yoki ma'lumotlar hamda ushbu ma'lumotlardan foydalanuvchi jarayonlar va funksional qurilmalarga tegishli ta'rif.1
140analog formatAxborot uzatish uchun kuchlanish amplitudasi yoki chastota o'zgarishi kabi fizik o'zgaruvchilardan foydalaniladigan format.1