So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 121-140 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
121axborot eskirishiAxborotning vaqt o'tishi bilan o'zining amaliy qiymatini yo'qotish xususiyati. U ushbu axborot aks ettiruvchi fan sohasi ahvolining o'zgarishiga bog'liq.1
122axborot ishonchliligiAxborotning to'g'ri qabul qilinish xususiyati. U quyidagilar yordamida ta'minlanadi: uzatilayotgan xabarlarda voqealar ro'y berish vaqtining belgilanishi; turli manbalardan olingan ma'lumotlarning puxta o'rganilishi va taqqoslanishi; soxta informatsiyaning vaqtida fosh etilishi; buzilgan axborotning o'chirilishi va h.k.1
123axborot balansiAxborotning miqdor va sifat turlarining muayyan muvozanati. U axborot makonining uyg'unlik holatini belgilaydi.1
124asimmetrik trafikAxborotni to'g'ri va teskari yo'nalishlarda har xil tezlik bilan uzatish. Assimetrik raqamli abonent liniyasi raqamli ko'p tonli signaldan (DMT) yoki CAP-kodlashdan foydalanib, bitta o'ralgan juftlik bo'yicha ishlash uchun mo'ljallangan, yuqori tezlikli kira olish kanali. ADSL modemi to'g'ri kanalda 6,144 Mbit/cekundga teng bo'lgan maksimal tezlik bilan uzatishni ta'minlaydi. Teskari kanalda, ma'lumotlarni dupleks rejimda uzatishda, maksimal tezlik 640 Kbit/ cekunddan oshmaydi.1
125AKT yordamida taraqqiyotAxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy foydalanishga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish.1
126AKTaxborot-kommunikatsiya texnologiyalari1
127axborot manbaiAxborot yuzaga kelishini identifikatsiyalovchi ob'ekt. Foydalanuvchi erkin olishi mumkin bo'lgan va odatda ba'zi muammoli aniqlikka ega bo'lgan u yoki bu axborot resurslari klassi subto'plamining yagona elementi.1
128aktivAxborot xavfsizligida tashkilot uchun qimmatbaho bo'lgan va himoyalanishi lozim bo'lgan barcha narsalar1
129axborot xavfsizligi sub'ektiAxborot xavfsizligi sub'ektlariga davlat organlari ko'rinishidagi davlat, yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar kiradi.1
130analog formatAxborot uzatish uchun kuchlanish amplitudasi yoki chastota o'zgarishi kabi fizik o'zgaruvchilardan foydalaniladigan format.1
131apparatli xatcho'pAxborot tutib olishning maxsus elektron qurilmasi. U muhofaza qilinayotgan axborotni ruxsatsiz olish maqsadida axborotlashtirish ob'ekti (ma'lumotlarni uzatish tarmog'i)ga konfidensial tarzda o'rnatiladi yoki ulanadi1
132avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning texnologiyalarini ta'minlash vositalariAxborot tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanishni ta'minlash uchun foydalaniladigan yoki yaratiladigan dasturiy, texnikaviy, lingvistik, huquqiy, tashkiliy vositalar (kompyuter uchun dasturlar; hisoblash texnikasi va aloqa vositalari; lug'atlar, tezauruslar va tasniflagichlar; ko'rsatmalar va uslubiyatlar; qoidalar, nizomlar, lavozim ko'rsatmalari; chizmalar va ularning tasniflari, boshqa foydalanish va kuzatish hujjatlari).1
133ATaxborot texnologiyasi1
134axborot bozori makoniAxborot texnologiyalariga asoslangan va ular tomonidan boshqariladigan bozorlar.1
135axboriy-huquqiy normalarAxborot sohasida axborot huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish va axborotning aylanishida axborot jarayonlarining amalga oshirilishi tufayli paydo bo'luvchi ijtimoiy munosabatlarning alohida guruhlarini tartibga soladi.1
136axborot xavfsizligi ob'ektiAxborot sohasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligi sub'ektlarining huquq va erkinliklari; axborot resurslari; axborot infratuzilmasi.1
137axborot izlashAxborot massivida oldindan belgilangan izlash sharti (so'rovi) talabini qondiruvchi yozuvlar borligini aniqlash jarayoni va agar ular mavjud bo'lsa, bunday yozuvlar joylashishini aniqlash jarayoni.1
138axborot jamiyatining rivojlanish ko'rsatkichlariAxborot jamiyatining axboriy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bo'yicha rivojlanishini belgilovchi ko'rsatkichlar ro'yxati. Har bir mamlakatda axborot jamiyati rivojlanishi darajasini miqdoriy baholash uchun yillik ?axborot jamiyati indeksi? (AJI) ishlab chiqilgan. Ushbu indeks quyidagi to'rtta guruhga bo'lingan 23 ko'rsatkichga asoslanadi: - kompyuter infratuzilmasi (7 ko'rsatkich ? muayyan mamlakatda odam boshiga shaxsiy kompyuterlar soni, bitta oilaga uy kompyuterlarining soni va h.k.); - axborot infratuzilmasi (7 ko'rsatkich ? bitta oilaga to'g'ri kelgan telefon liniyalarining soni, odam boshiga televizorlar, fakslar, uyali telefonlar soni, kabel televideniesi abonentlarining soni va h.k.); - Internet infratuzilmasi (4 ko'rsatkich ? Internetdan maishiy, biznes va ta'lim maqsadlarida foydalanuvchilar soni, elektron savdo ko'lami); - ijtimoiy infratuzilma (5 ko'rsatkich ? o'rta maktab va oliy o'quv yurtlari o'quvchilari soni, matbuot o'quvchilari soni, matbuot erkinligi, fuqarolik huquqlarining ta'minlanishi).1
139axboriy-huquqiy munosabatAxboriy-huquqiy me'yor bilan tartibga solingan axboriy ijtimoiy munosabat. Munosabat tomonlari axboriy-huquqiy me'yor bilan belgilangan va kafolatlangan o'zaro huquq va majburiyat tashuvchilari sifatida qatnashadi.1
140avtomatlashtirilgan tizimning xavfsizligiAvtomatlashtirilgan tizimning me'yoriy faoliyati jarayoniga ruxsatsiz aralashishdan, hamda o'g'irlash, uni tarkibiy qismlarini noqonuniy takomillashtirish yoki barbod qilishdan muhofazalanganligi.1