121 | axborot eskirishi | Axborotning vaqt o'tishi bilan o'zining amaliy qiymatini yo'qotish xususiyati. U ushbu axborot aks ettiruvchi fan sohasi ahvolining o'zgarishiga bog'liq. | 1 | |
122 | axborot ishonchliligi | Axborotning to'g'ri qabul qilinish xususiyati. U quyidagilar yordamida ta'minlanadi: uzatilayotgan xabarlarda voqealar ro'y berish vaqtining belgilanishi; turli manbalardan olingan ma'lumotlarning puxta o'rganilishi va taqqoslanishi; soxta informatsiyaning vaqtida fosh etilishi; buzilgan axborotning o'chirilishi va h.k. | 1 | |
123 | axborot balansi | Axborotning miqdor va sifat turlarining muayyan muvozanati. U axborot makonining uyg'unlik holatini belgilaydi. | 1 | |
124 | asimmetrik trafik | Axborotni to'g'ri va teskari yo'nalishlarda har xil tezlik bilan uzatish. Assimetrik raqamli abonent liniyasi raqamli ko'p tonli signaldan (DMT) yoki CAP-kodlashdan foydalanib,
bitta o'ralgan juftlik bo'yicha ishlash uchun mo'ljallangan, yuqori tezlikli kira olish kanali. ADSL modemi to'g'ri kanalda 6,144 Mbit/cekundga teng bo'lgan maksimal tezlik bilan uzatishni ta'minlaydi. Teskari kanalda, ma'lumotlarni dupleks rejimda uzatishda, maksimal tezlik 640 Kbit/ cekunddan oshmaydi. | 1 | |
125 | AKT yordamida taraqqiyot | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy foydalanishga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish. | 1 | |
126 | AKT | axborot-kommunikatsiya texnologiyalari | 1 | |
127 | axborot manbai | Axborot yuzaga kelishini identifikatsiyalovchi ob'ekt. Foydalanuvchi erkin olishi mumkin bo'lgan va odatda ba'zi muammoli aniqlikka ega bo'lgan u yoki bu axborot resurslari klassi subto'plamining yagona elementi. | 1 | |
128 | aktiv | Axborot xavfsizligida tashkilot uchun qimmatbaho bo'lgan va himoyalanishi lozim bo'lgan barcha narsalar | 1 | |
129 | axborot xavfsizligi sub'ekti | Axborot xavfsizligi sub'ektlariga davlat organlari ko'rinishidagi davlat, yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar kiradi. | 1 | |
130 | analog format | Axborot uzatish uchun kuchlanish amplitudasi yoki chastota o'zgarishi kabi fizik o'zgaruvchilardan foydalaniladigan format. | 1 | |
131 | apparatli xatcho'p | Axborot tutib olishning maxsus elektron qurilmasi. U muhofaza qilinayotgan axborotni ruxsatsiz olish maqsadida axborotlashtirish ob'ekti (ma'lumotlarni uzatish tarmog'i)ga konfidensial tarzda o'rnatiladi yoki ulanadi | 1 | |
132 | avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning texnologiyalarini ta'minlash vositalari | Axborot tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanishni ta'minlash uchun foydalaniladigan yoki yaratiladigan dasturiy, texnikaviy, lingvistik, huquqiy, tashkiliy vositalar (kompyuter uchun dasturlar; hisoblash texnikasi va aloqa vositalari; lug'atlar, tezauruslar va tasniflagichlar; ko'rsatmalar va uslubiyatlar; qoidalar, nizomlar, lavozim ko'rsatmalari; chizmalar va ularning tasniflari, boshqa foydalanish va kuzatish hujjatlari). | 1 | |
133 | AT | axborot texnologiyasi | 1 | |
134 | axborot bozori makoni | Axborot texnologiyalariga asoslangan va ular tomonidan boshqariladigan bozorlar. | 1 | |
135 | axboriy-huquqiy normalar | Axborot sohasida axborot huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish va axborotning aylanishida axborot jarayonlarining amalga oshirilishi tufayli paydo bo'luvchi ijtimoiy munosabatlarning alohida guruhlarini tartibga soladi. | 1 | |
136 | axborot xavfsizligi ob'ekti | Axborot sohasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligi sub'ektlarining huquq va erkinliklari; axborot resurslari; axborot infratuzilmasi. | 1 | |
137 | axborot izlash | Axborot massivida oldindan belgilangan izlash sharti (so'rovi) talabini qondiruvchi yozuvlar borligini aniqlash jarayoni va agar ular mavjud bo'lsa, bunday yozuvlar joylashishini aniqlash jarayoni. | 1 | |
138 | axborot jamiyatining rivojlanish ko'rsatkichlari | Axborot jamiyatining axboriy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bo'yicha rivojlanishini belgilovchi ko'rsatkichlar ro'yxati. Har bir mamlakatda axborot jamiyati rivojlanishi darajasini miqdoriy baholash uchun yillik ?axborot jamiyati indeksi? (AJI) ishlab chiqilgan. Ushbu indeks quyidagi to'rtta guruhga bo'lingan 23 ko'rsatkichga asoslanadi:
- kompyuter infratuzilmasi (7 ko'rsatkich ? muayyan mamlakatda odam boshiga shaxsiy kompyuterlar soni, bitta oilaga uy kompyuterlarining soni va h.k.);
- axborot infratuzilmasi (7 ko'rsatkich ? bitta oilaga to'g'ri kelgan telefon liniyalarining soni, odam boshiga televizorlar, fakslar, uyali telefonlar soni, kabel televideniesi abonentlarining soni va h.k.);
- Internet infratuzilmasi (4 ko'rsatkich ? Internetdan maishiy, biznes va ta'lim maqsadlarida foydalanuvchilar soni, elektron savdo ko'lami);
- ijtimoiy infratuzilma (5 ko'rsatkich ? o'rta maktab va oliy o'quv yurtlari o'quvchilari soni, matbuot o'quvchilari soni, matbuot erkinligi, fuqarolik huquqlarining ta'minlanishi). | 1 | |
139 | axboriy-huquqiy munosabat | Axboriy-huquqiy me'yor bilan tartibga solingan axboriy ijtimoiy munosabat. Munosabat tomonlari axboriy-huquqiy me'yor bilan belgilangan va kafolatlangan o'zaro huquq va majburiyat tashuvchilari sifatida qatnashadi. | 1 | |
140 | avtomatlashtirilgan tizimning xavfsizligi | Avtomatlashtirilgan tizimning me'yoriy faoliyati jarayoniga ruxsatsiz aralashishdan, hamda o'g'irlash, uni tarkibiy qismlarini noqonuniy takomillashtirish yoki barbod qilishdan muhofazalanganligi. | 1 | |