So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 21-40 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
21Adobe Systems Dasturiy ta’minot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya. Adobe Systemsning eng mashhur mahsuloti - bu Acrobat ko‘rish muharriridir. Kompaniya stolusti nashr tizimlari va shrift to‘plamlarini ishlab chiqaradi. Kompaniya tomonidan yaratilgan grafik tasvirlarga (Photoshop, Illustrator) va videofilmlarga (Premiere) ishlov berish amaliy dasturlari keng tarqalgan. 1
22avatarFoydalanuvchi shaxsini aniqlovchi kichik o'lchamdagi fotosurat yoki boshqa statik yoki animatsiyalangan tasvir. Odatda kommunikatsiya dasturlari (masalan, oniy aloqa dasturlari)ning shaxsiy sozlamalari yoki ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchining forum, chat, ijtimoiy tarmoq, blog va boshqa saytlardagi profillarida ko'rsatiladi1
23qabul qiluvchi optoelektron modul Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. 1
24ADPCM Adaptive Differential Pulse Code Modulation Moslashuvchan differensial impuls-kodli usul asosida modullash. Nutqni zichlashtirib raqamli kodlash uchun ITU standarti. O‘tkazish qobiliyati 32 Kbit/sekund bo‘lgan kanal orqali nutqni uzatish imkonini beradi. Telefoniyada ishlatiladi. 1
25qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. 1
26ADSL Asymmetric Digital Subscriber Line Asimmetrik raqamli abonent liniyasi. Ma’lumotlarni telefon liniyalari bo‘ylab yuqori tezlik bilan uzatish texnologiyasi. DSL oilasiga mansub texnologiyalardan biri. Ommaviy foydalanuvchilarga mo‘ljallangan nisbatan arzon texnologiyadir. Ma’lumotlarni uzatish asimmetrik, ya’ni dastlabki trafikka nisbatan chiqish trafigiga ancha kattaroq chastota oralig‘i ajratiladi. 8 Mbit/sekund tezlikkacha signallarni qabul qilib, 1 Mbit/sekundgacha tezlik bilan uzatadi. ADSL-modemlar orasidagi telefon simlarining uzunligi 7 kmdan oshmasligi kerak. Ish vaqtida ma’lumotlarni uzatish tezligi telefon liniyasining ahvoliga (shovqin darajasi, to‘siqlar soni va h.k.) qarab o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari, ADSL- ulanish shovqinlarga, ayniqsa shu telefon kabelidan o‘tkazilgan boshqa raqamli aloqa liniyalaridagi shovqinlarga sezgirdir. 1
27avtojavobbergichTelefon yoki mod abonentlar uchun nutqiy axborotni aks ettirish va abonentlar xabarlarini disk, kasseta yoki flesh xotiraga yozish imkonini beruvchi funksiyasi1
28qayd yozuvi Kompyuter tarmog‘ida saqlanuvchi foydalanuvchining ma’lumotlari. Odatda foydalanuvchining tarmoqdagi ismi, paroli, huquqlari, haqiqiy ismi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 1
29ADT Abstract Data Type Ma’lumotlarning mavhum turi. Muayyan amalga oshirilmay, ularning usullarini va xossalarini sanab o‘tish orqali belgilanadigan ma’lumotlar turi (mavhum klassi). 1
30avtokorrelyasion funksiyaSignalning avtokorrelyasion xossalarini tavsiflovchi funksiya. Avtokorrelyasion funksiya cho'qqisi maksimal, yon yaproqlarining pog'onasi minimal bo'lgan signal yaxshi avtokorrelyasion xossalarga ega hisoblanadi.1
31qaydlangan marshrutlash Tarmoqda marshrutlash usuli. qaydlangan marshrutlash mo‘ljallanayotgan tarmoq trafigining samaraliroq yo‘llarini ko‘rsatuvchi yo‘nalishlar jadvalini tuzishni ko‘zda tutadi. Bunda yo‘nalish avvaldan tanlanadi va tarmoqning holatiga bog‘liq bo‘lmaydi. 1
32AFTN Aeronautical Fixed Telecommunication Network Aviatsiya aloqasining ko‘chmas tarmog‘i. 1
33avtomatik deshifrlashavtomatlashtirilgan deshifrlash1
34qaynoq almashtirish Elektr manbaini o‘chirmagan va tizim ishini to‘xtatmagan holda tizimning ichki bloklarini, masalan, server qattiq disklarini almashtirish usuli. 1
35AFTP Anonymous FTP Anonim FTP-server. Anonim tarzda (Anonymous nomi bilan) ulanishga ijozat beradigan FTP-server. 1
36avtomatik muqobil billingAbonentga ixtiyoriy telefondan chaqiruvni amalga oshirish, lekin so'zlashuv to'lovini shu xizmat uchun belgilangan va chaqiruvchi tomonga ham, chaqiriluvchi tomonga ham tegishli bo'lmagan uchinchi abonentga o'tkazish imkonini beruvchi xizmat. Bu xizmatdan foydalanish uchun maxsus kirish kodi ishlatiladi1
37qaynoq zaxiralash Zaxiralash usuli bo‘lib, unda qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan paralel ishlaydi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil amallarni bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, agar ular ishida kamchilik aniqlangan bo‘lsa rezervga o‘tish mumkin. 1
38AGC Automatic Gain Control Kuchaytirishni avtomatik rostlash. 1
39ManzilKompyuterning operativ xotirasining ma'lum bir baytining soni.1
40qayta uzatkich Radiotarmoqda ikkita radiokanal o‘zaro ishlashini ta’minlovchi ko‘prik. 1