678

Update Delete

ID678
So`zACID
Izoh Atomicity, Consistency, Isolation, Durability Atomarlik, ziddiyatsizlik, yakkalanganlik, mustahkamlik. Bular tranzaksiyaga xos xususiyatlardir. Atomarlik (atomicity) xususiyati, tranzaksiyaga kirayotgan amallar bo‘linmas ish birligidek namoyon bo‘ladi, ya’ni barcha amallar yo muvaffaqiyatli yakunlanadi, yo bekor qilinadi. Bu tizim ziddiyatsizligini (consistency) kafolatlash imkonini beradi: tashqi kuzatuvchi nuqtai nazaridan tizim, tranzaksiya boshlanishidan oldin ham, u yakunlanganidan keyin ham ziddiyatsizlik holatida bo‘ladi. Yakkalanganlik (isolation) xususiyati ziddiyatsizlikni tranzaksiya davomiga ham tegishli qiladi, ya’ni bajarish davomida bir tranzaksiya boshqa yakunlanmagan tranzaksiyalar qilgan o‘zgarishlarni “ko‘rmaydi”. Mustahkamlik (durability) bajarib bo‘lingan tranzaksiyalar o‘zgarishlari, pastki pog‘onalardagi to‘xtab qolishlardan qat’iy nazar, xoh bexosdan qayta yuklanish bo‘lsin, xoh qurilmalarning buzilishi bo‘lsin, saqlanishini bildiradi.
Kategorya1