So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 161-180 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
161aralash mulk bu turli shakldagi mulklarning o'zaro qo'shilib, hamkorlikda o'zlashtirilishi asosida tashkil topadi. Uning yaqqol ko'rinishi aksionerlik jamiyatlardir 15
162aralashtirish1 xavf. SHifrlashdan keyin belgilar ketma- ketligidagi kelish tartibining o'zgarishi. 2 telekom. Kommutatsiyasida kanallar o'rnining o'zaro almashuvi1
163arenda ijara 15
164arxitekturaMurakkab ob'ektning tuzilishi, bajarilayotgan vazifalari va tarkibiy bo'laklarining o'zaro bog'liqligini belgilovchi konsepsiya. Tarmoq arxitekturasi uning asosiy elementlari va ularning o'zaro ishlash tavsifi va topologiyasini belgilaydi. Axborot tizimi konfiguratsiyasi uning umumiy mantiqiy tuzilishini, dasturiy- apparat ta'minotini, kodlash uslublarini ta'riflaydi va foydalanuvchining tizim bilan interfeysini belgilaydi.1
165arxivArxivator yordamida ochish mumkin bo'lgan, tarkibida bir yoki ko'p (odatda kompressiyalangan) fayllar va axborot bo'lgan fayl. Arxivlar odatda dasturiy mahsulotlar yoki zaxira nusxalarni tarqatish uchun yaratiladi. tar, gzip formatidagi arxivlar - UNIX; zip, rar, arj formatidagi arxivlar esa Windows amaliy tizimlarida ishlatiladi.1
166arxivatorTashqi qurilmada ixcham va uzoq muddatli saqlash uchun fayllarni zichlash (arxivlash) va zichlangan fayllarni dastlabki shaklga qaytarish (arxivsizlash) uchun mo'ljallangan dastur yoki dasturlar majmui. Arxivatorlar fayllarni ixchamroq saqlash imkonini berishdan tashqari quyidagilarga imkoniyat yaratadi: - ish katalogining barcha, ba'zi yoki muayyan qolipga mos fayllarini arxiv fayliga qo'shish; - fayllarni arxiv fayliga qo'shish; - fayllarni arxiv faylidan o'chirish; - arxiv fayli tarkibini ko'rish; - arxiv faylidan alohida fayllarni olish yoki barcha fayllarni arxivsizlash; - boshqa tizimda arxivsizlash dasturi mavjudligini talab qilmaydigan o'zi ochiladigan arxiv fayllarni yaratish.1
167asimmetrik trafikAxborotni to'g'ri va teskari yo'nalishlarda har xil tezlik bilan uzatish. Assimetrik raqamli abonent liniyasi raqamli ko'p tonli signaldan (DMT) yoki CAP-kodlashdan foydalanib, bitta o'ralgan juftlik bo'yicha ishlash uchun mo'ljallangan, yuqori tezlikli kira olish kanali. ADSL modemi to'g'ri kanalda 6,144 Mbit/cekundga teng bo'lgan maksimal tezlik bilan uzatishni ta'minlaydi. Teskari kanalda, ma'lumotlarni dupleks rejimda uzatishda, maksimal tezlik 640 Kbit/ cekunddan oshmaydi.1
168asinxron multiplekslashBir necha axborot manbaidan keladigan signallarni guruhli sinxron oqimga birlashtirish usuli. Odatda, bu usul manbalarning tayanch tebranishlar generatorlari hech qanday bog'liqlikda bo'lmaganda qo'llaniladi1
169asinxron rejimAloqa liniyasining har ikki uchidagi belgilovchi generatorlar mustaqil ishlaydigan rejim.1
170asinxron signalIxtiyoriy vaqt onida uzatiladigan signal. Signallar o'rtasidagi vaqt intervali tasodifiy hisoblanadi.1
171asinxron uzatishMa'lumotlarni bittama-bitta belgi bilan uzatish uchun qo'llaniladigan uzatish uslubi. Bunda belgilarni uzatish orasidagi muddat teng bo'lmasligi mumkin. Har bir belgidan oldin boshlanish bitlari keladi, belgi uzatishning tugashi esa to'xtash bitlari bilan belgilanadi. Ba'zan ushbu uzatish uslubini boshla-to'xta (start-stop transmission) uslubi deyiladi.1
172asinxronlikVaqtning turli onlarida yuz beradigan hodisalar o'rtasida vaqtinchalik bog'lanishlar yo'qligini ko'rsatuvchi alomat.1
173asosiy funksional profilBir necha o'zaro bog'liq pog'onalarni o'z ichiga olgan va o'zaro ta'sir sohasining faqat bir qism pog'onalari protokollari bilan belgilanadigan funksional profil. Asosiy funksional profil, uning asosida yaratiladigan to'la yoki chala funksional profilga poydevor bo'ladi, shu sababli mustaqil ahamiyatga ega emas.1
174asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida bir necha yil davomida ishtirok etuvchi va o'z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga qisman o'tkazib boruvchi mehnat vositalaridir 15
175asosiy ma'lumotlar massiviMashina o'qiy oladigan tashuvchilardagi axborot. U ma'lumotlar bankining asosi bo'lib ma'lumotlarni ta'riflashning yagona tili talablariga muvofiq tashkil etiladi.1
176asosiy polosa kanaliSignal modulyasiya qilinmasdan uzatiladigan fizik kanal. Eng sodda vositalar: o'ralgan juft yoki yassi ekranlanmagan kabel asosida yaratiladi. Ko'rilayotgan kanalning nomi asosiy polosa signali, ya'ni modulyasiyasiz, asosiy polosada (kenglikda) uzatilayotgan signal nomidan kelib chiqqan.1
177asosiy polosa signaliDastlabki shaklda, modulyasiya bilan o'zgartirilmay, uzatilayotgan signal1
178asosiy raqamli kanal64 Kbit/sekund tezlikda signallar uzatishga mo'ljallangan namunaviy raqamli kanal.1
179asosiy traktga qayta ulashNosozliklar bartaraf etilgandan so'ng qurilma boshlang'ich ishchi konfiguratsiyasining tiklanishi.1
180asosiy xotira qurilmasitezkor xotira qurilmasi1