201 | avtomatik muqobil billing | Abonentga ixtiyoriy telefondan chaqiruvni amalga oshirish, lekin so'zlashuv to'lovini shu xizmat uchun belgilangan va chaqiruvchi tomonga ham, chaqiriluvchi tomonga ham tegishli bo'lmagan uchinchi abonentga o'tkazish imkonini beruvchi xizmat. Bu xizmatdan foydalanish uchun maxsus kirish kodi ishlatiladi | 1 | |
202 | avtomatik telefon stansiyasining xizmat zonasi | Mazkur telefon stansiyasi yoki podstansiyasi joylashgan hudud. Bu hududda telefon stansiyasi yoki podstansiyasiga ulangan magistral, tarqatuvchi tarmoqning
kabel (havodagi) liniyalari hamda radio foydalanish vositalari mavjud. SHu uskunalar bilan zonani telefonlashtirish mumkin bo'ladi. | 1 | |
203 | avtomatik tizim | Inson ishtirokisiz mustaqil faoliyat yurituvchi dasturiy va apparatli vositalar tizimi. | 1 | |
204 | avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning texnologiyalarini ta'minlash vositalari | Axborot tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanishni ta'minlash uchun foydalaniladigan yoki yaratiladigan dasturiy, texnikaviy, lingvistik, huquqiy, tashkiliy vositalar (kompyuter uchun dasturlar; hisoblash texnikasi va aloqa vositalari; lug'atlar, tezauruslar va tasniflagichlar; ko'rsatmalar va uslubiyatlar; qoidalar, nizomlar, lavozim ko'rsatmalari; chizmalar va ularning tasniflari, boshqa foydalanish va kuzatish hujjatlari). | 1 | |
205 | avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi | Matematik uslublar, texnik vositalar (kompyuterlar, aloqa vositalari, ma'lumotlarni chiqarish qurilmalari va h.k.) va tashkiliy majmualar to'plami. U belgilab olingan maqsadga muvofiq murakkab ob'ekt (jarayon)ni boshqarishni ta'minlaydi. ABT asos va funksional qismlarga bo'linadi. Asosga axboriy, texnikaviy va matematik ta'minotlar kiradi. Funksional qismga aniq boshqaruv vazifalarini (loyihalash, moliyaviy-hisobot faoliyati va h.k.) avtomatlashtiruvchi o'zaro bog'liq dasturlar to'plami kiradi. Ikki turdagi ABT mavjud. Bular, ob'ektlar miqyosida avtomatlashtirilgan tizimlar (texnologik jarayonlar uchun TJABT, korxona uchun
KABT, soha uchun SABT) va funksional avtomatlashtirilgan tizimlardir.
Funksional ABTga loyihalash, hisob-kitob, moddiy-texnika va boshqa ta'minotlar uchun mo'ljallangan ABT misol bo'la oladi. | 1 | |
206 | avtomatlashtirilgan deshifrlash | Ma'lumotlarni kompyuterda qayta ishlash jarayonining bosqichlaridan biri. Bu raqamli tasvirlar shaklida taqdim etiladigan ma'lumotlarni masofadan zondlashdir. Tasvirlarni kompyuterga kiritish, mavzu bo'yicha shifrni buzib ochish va ma'lumotlarni ekspert baholashlarini o'z ichiga oladi. | 1 | |
207 | avtomatlashtirilgan ish joyi | 1 Texnik va dasturiy vositalarning shaxsiy majmuasi. U mutaxassis kasbiy mehnatini avtomatlashtirishga qaratilgan va unga kerakli hujjat va ma'lumotlarni tayyorlash, tahrir qilish, izlash va (ekran yoki qog'ozga) chiqarishni ta'minlaydi. AIJ shaxsiy kompyuterdagi alohida avtomatlashtirilgan tizim shaklida amalga oshirilgan yoki avtomatlashtirilgan tizim atamasi bo'lishi mumkin.
2 Foydalanuvchining muloqot (interaktiv) holatida ishlashi uchun mos lokal hisoblash tarmog'i tuguni. | 1 | |
208 | avtomatlashtirilgan tizim | Inson faoliyati jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan dasturiy va apparatli vositalar tizimi. Avtomatik
tizimdan farqli o'laroq, avtomatlashtirilgan tizim har doim inson ishtirokida faoliyat ko'rsatadi va inson uning asosiy bo'g'inidir. | 1 | |
209 | avtomatlashtirilgan tizim resursining xavfsizligi | Konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik kabi uch tavsifni ta'minlashdan iborat.
Tizim tarkibiy qismining konfidensialligi shundaki, unga faqat tegishli vakolatlarga ega bo'lgan sub'ektlar (foydalanuvchilar, dasturlar, jarayonlar) kira oladi.
Tarkibiy qismning butunligi uni faqat tegishli huquqqa ega bo'lgan sub'ekt tomonidan o'zgartirish mumkinligini nazarda tutadi.
Kirishimlilik tegishli vakolatlarga ega bo'lgan sub'ekt har qachon alohida muammolarsiz tizimning zarur bo'lgan tarkibiy qismidan (resursidan) foydalanishi mumkinligini bildiradi. | 1 | |
210 | avtomatlashtirilgan tizimda axborotga ishlov berish | Avtomatlashtirilgan tizim vositalaridan foydalanib axborot ustida bajariladigan amallar (yig'ish, jamg'arish, saqlash, o'zgartirish, in'ikos etish, chiqarish va shu kabilar) majmuasi. | 1 | |
211 | avtomatlashtirilgan tizimning matematik ta'minoti | Tizimni boshqarish va uning yordamida hisoblash texnikasida axborotga ishlov berish vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan jami algoritmlar va dasturlar. | 1 | |
212 | avtomatlashtirilgan tizimning nimtizimi | Avtomatlashtirilgan tizimning aniq maqsad va vazifalarga javob beruvchi funksional yoki tuzilish xususiyati bo'yicha ajratilgan qismi. | 1 | |
213 | avtomatlashtirilgan tizimning texnik ta'minoti | Avtomatlashtirilgan tizim ishini ta'minlashga mo'ljallangan texnik vositalar majmuasi. | 1 | |
214 | avtomatlashtirilgan tizimning xavfsizligi | Avtomatlashtirilgan tizimning me'yoriy faoliyati jarayoniga ruxsatsiz aralashishdan, hamda o'g'irlash, uni tarkibiy qismlarini noqonuniy takomillashtirish yoki barbod qilishdan muhofazalanganligi. | 1 | |
215 | avtoterish | Kerakli telefon raqamini, agarda u ?band? bo'lsa yoki javob bermasa, avtomatik ravishda terish imkonini beruvchi funksiya. | 1 | |
216 | axboriy tabaqalanish | 1 Eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda bir xil imkoniyatlar yo'qligidan kelib chiqqan ijtimoiy tabaqalanishning yangi turi.
2 Axborot tuzilmalari, vositalari va ularning fuqarolar orasida tekis taqsimlanish jarayonlari taqdirini fuqarolik huquqlari va farovonlik
masalalari bilan bog'lovchi tamoyillarni qo'llab-quvvatlovchilar uchun tavsif atamasi.
3 Sivilizatsiya rivojlanishining yangi muammosi. Uning mazmuni shundaki, jamiyatni axborotlashtirish jarayonida paydo bo'layotgan yangi yuqori avtomatlashtirilgan axborot muhitidan foydalanish imkoniyatlarining jahon hamjamiyatining alohida kishilari, tashkilotlari, mintaqalari va mamlakatlari uchun bir xil darajada bo'lmasligidir. | 1 | |
217 | axboriy yondashuv | Ilmiy bilishning tag-zaminli uslubi. Uning ma'nosi shundaki, tabiat va jamiyatdagi xohlagan ob'ekt, jarayon yoki hodisani o'rganayotganda birinchi navbatda ularning faoliyati va rivojlanishini belgilovchi eng namunali axborot xususiyatlari aniqlanib tahlil qilinadi. | 1 | |
218 | axboriy-huquqiy munosabat | Axboriy-huquqiy me'yor bilan tartibga solingan axboriy ijtimoiy munosabat. Munosabat tomonlari axboriy-huquqiy me'yor bilan belgilangan va kafolatlangan o'zaro huquq va majburiyat tashuvchilari sifatida qatnashadi. | 1 | |
219 | axboriy-huquqiy munosabatlar matritsasi | qatorlari predmet sohalarida axborot jarayonlarini belgilovchi jadval: axborot, axborot resurslari, axborot mahsulotlari, axborot xizmatlarini izlash, olish va iste'mol qilish; ularni ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash; axborot tizimlari, ularning tarmoqlari, ularni ta'minlash vositalarini yaratish va qo'llash; axborot xavfsizligi mexanizmlarini yaratish
va qo'llash. Matritsa ustunlari huquq toifalarini ko'rsatadi: huquq, huquqning cheklanishi, majburiyat, mas'uliyat. qator va ustunlar kesishgan joyda ushbu huquq toifalarida axborot jarayonlarida paydo
bo'ladigan axborot munosabatlari ro'yxatlari keltiriladi. | 1 | |
220 | axboriy-huquqiy normalar | Axborot sohasida axborot huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish va axborotning aylanishida axborot jarayonlarining amalga oshirilishi tufayli paydo bo'luvchi ijtimoiy munosabatlarning alohida guruhlarini tartibga soladi. | 1 | |