61 | qator | Munosabatli axborot bazasida qator biror bir jadval sxema bilan tavsiflanadigan ob’ekt atributlar yig‘imidan (kortejdan) iborat. | 1 | |
62 | ALU | Arithmetic and Logic Unit Arifmetik-mantiqiy qurilma, AMq. Protsessorning arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradigan qismi. | 1 | |
63 | avtomatlashtirilgan ish joyi | 1 Texnik va dasturiy vositalarning shaxsiy majmuasi. U mutaxassis kasbiy mehnatini avtomatlashtirishga qaratilgan va unga kerakli hujjat va ma'lumotlarni tayyorlash, tahrir qilish, izlash va (ekran yoki qog'ozga) chiqarishni ta'minlaydi. AIJ shaxsiy kompyuterdagi alohida avtomatlashtirilgan tizim shaklida amalga oshirilgan yoki avtomatlashtirilgan tizim atamasi bo'lishi mumkin.
2 Foydalanuvchining muloqot (interaktiv) holatida ishlashi uchun mos lokal hisoblash tarmog'i tuguni. | 1 | |
64 | qattiq disk | Diskovodda doim mustahkamlangan qattiq magnit disk yoki disklar majmui. U yozish va o‘qish kallaklari bilan birga changdan tozalangan atmosfera bosimi ostida oddiy havo bilan to‘ldirilgan germetik yopiq korpusga solingan bo‘ladi. Diskning aylanishida uning ustida kallaklarning disk ustidan tahminan bir necha mikron balandlikda osilib turishini ta’minlovchi “havo yostig‘i” paydo bo‘ladi. IBM muhandislari o‘zlarining birinchi qattiq magnit diskda jamlovchilarini Vinchester deb atashgan. Bunga sabab qattiq diskning 30 Mbitli ikkita plastinadan (30-30) iborat bo‘lganligidir. Bu loyiha rahbari Ken Xotonga (Ken Haughton) Vinchester miltig‘ini (0,30 kalibrli ikki stvol) eslatgan. | 1 | |
65 | AM | Amplitude Modulation Amplituda modulyasiyasi. | 1 | |
66 | avtomatlashtirilgan tizim | Inson faoliyati jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan dasturiy va apparatli vositalar tizimi. Avtomatik
tizimdan farqli o'laroq, avtomatlashtirilgan tizim har doim inson ishtirokida faoliyat ko'rsatadi va inson uning asosiy bo'g'inidir. | 1 | |
67 | qizil kitob | 1 AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan kompyuter tarmoqlarini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma sifatida chiqarilgan kitobi. National Computer Security Center nashri. U hisoblash tarmoqlari uchun Trusted Computer System Evaluation Guidelines (TCSEC)ni ta’riflab bergan. qizil muqovali ikkita alohida kitobdan iborat. Birinchisi Trusted Network Interpretation of the Trusted Computer System Evaluation Criteria (NCSC-TG-005) nomi bilan chop etilgan va 1987 yil 31 iyulda tasdiqlangan. Ikkinchisi Trusted Network Interpretation Environments Guideline: Guidance for Applying the Trusted Network Interpretation (NCSC-TG-011) nomi bilan chop etilgan va 1990 yil 1 avgustda tasdiqlangan. 2 ITU-T X.400 Message Handling System (MHS) tavsiyanomasi elektron pochtani saqlash va jo‘natishga oid xalqaro ikkita standartning birini (ikkinchi standart - SMTP) bildiradi. U ifodalashni, uzatishni va etkazib qo‘yishni muhofazalashning turli usullarini qo‘llab- quvvatlashni ta’minlaydi. X.400 standartini uning muqovasi sababli qizil kitob deb ham atashadi. | 1 | |
68 | AMD | Kompyuter tarkibiy qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya. AMD kompaniyasi AqSHda (Sanniveyl sh.) 1969 yilda yaratilgan. AMD protsessorlar, flesh-xotira qurilmalari, dasturlashtiriluvchi mantiqiy matritsalar, mikrokontrollerlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. | 1 | |
69 | avtomatlashtirilgan tizim resursining xavfsizligi | Konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik kabi uch tavsifni ta'minlashdan iborat.
Tizim tarkibiy qismining konfidensialligi shundaki, unga faqat tegishli vakolatlarga ega bo'lgan sub'ektlar (foydalanuvchilar, dasturlar, jarayonlar) kira oladi.
Tarkibiy qismning butunligi uni faqat tegishli huquqqa ega bo'lgan sub'ekt tomonidan o'zgartirish mumkinligini nazarda tutadi.
Kirishimlilik tegishli vakolatlarga ega bo'lgan sub'ekt har qachon alohida muammolarsiz tizimning zarur bo'lgan tarkibiy qismidan (resursidan) foydalanishi mumkinligini bildiradi. | 1 | |
70 | qoidabuzar modeli | qoidabuzarning amaliy va nazariy imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va joyi va h.k.ni aks ettiruvchi mavhum (rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan) tavsifi. | 1 | |
71 | avtomatlashtirilgan tizimda axborotga ishlov berish | Avtomatlashtirilgan tizim vositalaridan foydalanib axborot ustida bajariladigan amallar (yig'ish, jamg'arish, saqlash, o'zgartirish, in'ikos etish, chiqarish va shu kabilar) majmuasi. | 1 | |
72 | qoldiq axborot | Xotira qurilmasida operatsion tizim tomonidan rasman o‘chirilgan ma’lumotlardan qolgan axborot. Axborot faylning rasman o‘chirilishi yoki xotira qurilmalarining fizik xususiyatlari sababli qolishi mumkin. qoldiq axborot, agarda ma’lumotlar ombori nazorat zonasidan tashqari chiqib ketsa (masalan, “axlat” bilan tashlab yuborilsa yoki uchinchi tomonga berilsa), konfidensial axborotning ixtiyorsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin. | 1 | |
73 | avtomatlashtirilgan tizimning matematik ta'minoti | Tizimni boshqarish va uning yordamida hisoblash texnikasida axborotga ishlov berish vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan jami algoritmlar va dasturlar. | 1 | |
74 | qora ro‘yxat | Avtomatik tarzda e’tiborga olinmasligi yoki blokirovka qilinishi lozim bo‘lgan ob’ektlarning xostlari, manzillari va boshqa identifikatorlarining ro‘yxati. qora ro‘yxatlardan foydalanish “ro‘yxatda ko‘rsatilganlardan tashqari barcha ob’ektlarga amallarni bajarishga ruxsat etish” tamoyilini amalga oshiradi. | 1 | |
75 | avtomatlashtirilgan tizimning nimtizimi | Avtomatlashtirilgan tizimning aniq maqsad va vazifalarga javob beruvchi funksional yoki tuzilish xususiyati bo'yicha ajratilgan qismi. | 1 | |
76 | qora quti tamoyili bo‘yicha testlash | qora quti tamoyili bo‘yicha testlashda testdan o‘tqazuvchi blokning ichki tuzilishidan bexabar. Testlovchi to‘g‘ri va noto‘g‘ri kirish va chiqishda unga mos keladigan to‘g‘ri ifodalarni aniqlaydi. Agar olingan va hisoblangan ifodalar bir xil bo‘lsa, DTning moduli to‘g‘ri hisoblanadi. | 1 | |
77 | avtomatlashtirilgan tizimning texnik ta'minoti | Avtomatlashtirilgan tizim ishini ta'minlashga mo'ljallangan texnik vositalar majmuasi. | 1 | |
78 | qotil paketlar | Tizimga tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanuvchi Ethernet yoki IP paketlarini jo‘natish yoki tizim ishini halokatli tugatish orqali tizimni ishdan chiqarish uslubi. | 1 | |
79 | avtomatlashtirilgan tizimning xavfsizligi | Avtomatlashtirilgan tizimning me'yoriy faoliyati jarayoniga ruxsatsiz aralashishdan, hamda o'g'irlash, uni tarkibiy qismlarini noqonuniy takomillashtirish yoki barbod qilishdan muhofazalanganligi. | 1 | |
80 | avtoterish | Kerakli telefon raqamini, agarda u ?band? bo'lsa yoki javob bermasa, avtomatik ravishda terish imkonini beruvchi funksiya. | 1 | |