So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 181-200 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
181anti-aliaslashsilliqlash1
182haqiqiy vaqt Jarayon sodir bo‘layotgan vaqt muddati. Haqiqiy vaqt ob’ektning kirish signallariga yoki ma’lumotlarga javoban shunday ta’sirlanishini belgilaydiki, bu holda u chiqish signalarini yoki ma’lumotlarni etarlicha tez ishlab chiqishga ulguradi. Shu asosda haqiqiy vaqt tizimlari quriladi, haqiqiy vaqtda analitik ishlov berish bajariladi. 1
183antivirus dasturKompyuter virusi tushgan ob'ektlarni izlash, aniqlash, profilaktika qilish va davolash uchun mo'ljallangan dastur. Izlash va aniqlash jarayonida viruslangan fayllar va virus turi aniqlanadi. Profilaktika virus tushishining oldini olish imkonini beradi. Masalan, rezident virusga qarshi dastur amaliy tizimning fayllaridan foydalanuvchi ruxsatisiz foydalanish, boshlang'ich yuklash sektoriga yozish va shu kabi harakatlarning oldini oladi. Davolash virusni bartaraf qilish, viruslangan fayllarni qayta tiklash va h.k.ni bildiradi.1
184haqiqiy vaqt tili Haqiqiy vaqt rejimida ishlaydigan tizimlar jarayonlarini tavsiflash uchun foydalaniladigan maxsus til. Haqiqiy vaqt tillariga ADA va Modula tillari kiradi. 1
185apparat vositalari1. Axborotga ishlov berish tizimining barcha fizikaviy tarkibiy bo'laklari yoki ularning qismi. 2. Hisoblash tizimining moddiy qismini tashkil qiluvchi elektr, elektron va mexanik tizimlar, bo'laklar, moslama va qurilmalar. Apparat vositalariga, masalan, kompyuterning o'zi va uni tashkil qiluvchi mikrosxemalar, shuningdek, displey, disk yurituvchi va printerlar ham kiradi.1
186haqiqiylikni tekshirish Shaxs yoki ob’ekt haqiqiyligini tekshirish jarayoni. Masalan, foydalanuvchi haqiqiyligini tekshirish uchun foydalanuvchining ismi va paroli kerak bo‘lishi mumkin. 1
187apparat vositalarini tavsiflash tiliDiskret signallarga ishlov berishga mo'ljallangan qurilmalarni modellash, ishlab chiqish va testlash jarayonlarining ixtisoslashgan tili. U ishlab chiquvchilarga, shajaraviy tuzilmalarni yaratishga, xilma xil funksiyalarni amalga oshirish hamda murakkab arifmetik amallar va mantiqiy solishtirishlarni bajarishga imkon beradi.1
188hisobdorlik Tizim sub’ektlari faoliyatini nazorat qilish va ma’lum harakatlar uchun javobgarlikni o‘rnatish uchun ularni individual identifikatorlar bilan bog‘lashga imkon beruvchi tizim xususiyati. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri. 1
189apparat ta'minotiHisoblash tizimi tarkibiga kiruvchi, uning faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan jami apparat vositalari. Apparat ta'minotiga kompyuter, tashqi qurilmalar, aloqa tarmoqlari va h.k. kiradi. Ular texnik nuqtai nazardan tizimning samarali ishini, undan foydalanuvchiga ma'lum xizmat turlarini ko'rsatishni ta'minlaydi. Ushbu atama hisoblash tizimining dasturiy ta'minot bo'lmagan qismini bildiradi.1
190hisoblash jarayoni Kompyuterda vazifalarni bajarish jarayoni. 1
191apparatli xatcho'pAxborot tutib olishning maxsus elektron qurilmasi. U muhofaza qilinayotgan axborotni ruxsatsiz olish maqsadida axborotlashtirish ob'ekti (ma'lumotlarni uzatish tarmog'i)ga konfidensial tarzda o'rnatiladi yoki ulanadi1
192hisoblash majmui Yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan ikki yoki undan ko‘p kompyuterlar majmui 1
193appletAmaliy dastur. Applet atamasi oxirgi paytlarda ayniqsa Umumjahon o'rgimchak to'ri (WWW) texnologiyalarining rivojlanishi tufayli keng tarqalgan. Ushbu texnologiyalar interaktiv veb-sahifalarini yaratish maqsadida appletlarni veb-hujjatlariga qo'shish imkonini beradi. Bunday appletlarni yaratishda odatda Java dasturlash tili qo'llaniladi, shuning uchun ham ular odatda Java appletlari deyiladi.1
194hisoblash mashinasi Axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki qurilmalar majmui. Hisoblash mashinalari murakkab va takrorlanadigan vazifalarni tezda, aniq va sifatli bajarishi hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tezda saqlashi va o‘qishi mumkin. Mashinalarning ikkita turi bor: raqamli hisoblash mashinalari va analog hisoblash mashinalari. Hozirgi paytda asosan raqamli hisoblash mashinalari ishlatiladi. 1
195aralashtirish1 xavf. SHifrlashdan keyin belgilar ketma- ketligidagi kelish tartibining o'zgarishi. 2 telekom. Kommutatsiyasida kanallar o'rnining o'zaro almashuvi1
196qabul qiluvchi optoelektron modul Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. 1
197arxivArxivator yordamida ochish mumkin bo'lgan, tarkibida bir yoki ko'p (odatda kompressiyalangan) fayllar va axborot bo'lgan fayl. Arxivlar odatda dasturiy mahsulotlar yoki zaxira nusxalarni tarqatish uchun yaratiladi. tar, gzip formatidagi arxivlar - UNIX; zip, rar, arj formatidagi arxivlar esa Windows amaliy tizimlarida ishlatiladi.1
198qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. 1
199arxivatorTashqi qurilmada ixcham va uzoq muddatli saqlash uchun fayllarni zichlash (arxivlash) va zichlangan fayllarni dastlabki shaklga qaytarish (arxivsizlash) uchun mo'ljallangan dastur yoki dasturlar majmui. Arxivatorlar fayllarni ixchamroq saqlash imkonini berishdan tashqari quyidagilarga imkoniyat yaratadi: - ish katalogining barcha, ba'zi yoki muayyan qolipga mos fayllarini arxiv fayliga qo'shish; - fayllarni arxiv fayliga qo'shish; - fayllarni arxiv faylidan o'chirish; - arxiv fayli tarkibini ko'rish; - arxiv faylidan alohida fayllarni olish yoki barcha fayllarni arxivsizlash; - boshqa tizimda arxivsizlash dasturi mavjudligini talab qilmaydigan o'zi ochiladigan arxiv fayllarni yaratish.1
200qayd yozuvi Kompyuter tarmog‘ida saqlanuvchi foydalanuvchining ma’lumotlari. Odatda foydalanuvchining tarmoqdagi ismi, paroli, huquqlari, haqiqiy ismi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 1