So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 141-160 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
141avtomatlashtirilgan tizimning nimtizimiAvtomatlashtirilgan tizimning aniq maqsad va vazifalarga javob beruvchi funksional yoki tuzilish xususiyati bo'yicha ajratilgan qismi.1
142avtomatlashtirilgan tizimda axborotga ishlov berishAvtomatlashtirilgan tizim vositalaridan foydalanib axborot ustida bajariladigan amallar (yig'ish, jamg'arish, saqlash, o'zgartirish, in'ikos etish, chiqarish va shu kabilar) majmuasi.1
143avtomatlashtirilgan tizimning texnik ta'minotiAvtomatlashtirilgan tizim ishini ta'minlashga mo'ljallangan texnik vositalar majmuasi.1
144avtomatik deshifrlashavtomatlashtirilgan deshifrlash1
145arxivArxivator yordamida ochish mumkin bo'lgan, tarkibida bir yoki ko'p (odatda kompressiyalangan) fayllar va axborot bo'lgan fayl. Arxivlar odatda dasturiy mahsulotlar yoki zaxira nusxalarni tarqatish uchun yaratiladi. tar, gzip formatidagi arxivlar - UNIX; zip, rar, arj formatidagi arxivlar esa Windows amaliy tizimlarida ishlatiladi.1
146appletAmaliy dastur. Applet atamasi oxirgi paytlarda ayniqsa Umumjahon o'rgimchak to'ri (WWW) texnologiyalarining rivojlanishi tufayli keng tarqalgan. Ushbu texnologiyalar interaktiv veb-sahifalarini yaratish maqsadida appletlarni veb-hujjatlariga qo'shish imkonini beradi. Bunday appletlarni yaratishda odatda Java dasturlash tili qo'llaniladi, shuning uchun ham ular odatda Java appletlari deyiladi.1
147aloqa foydalanuvchisiAloqa xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi asosida yoki bunday shartnomasiz aloqa xizmatlarini buyurishni xohlovchi yoki buyuruvchi, yo ulardan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.1
148asinxron rejimAloqa liniyasining har ikki uchidagi belgilovchi generatorlar mustaqil ishlaydigan rejim.1
149axborot tarmog'iAloqa kanallari bo'yicha ma'lumotlarni uzatish va ularga ishlov berish uchun dasturli- texnikaviy vositalar majmui1
150ajratilgan aloqa liniyasiAlohida foydalanuvchi yoki muayyan foydalanish uchun saqlab qo'yilgan va tarmoqning boshqa abonentlari foydalana olmaydigan aloqa liniyasi.1
151AKT xavfsizligiAKTning konfidensialligi, yaxlitligi, foydalanish mumkinligi, itoatkorligi, hisobdorligi, autentligi va ishonchliligini belgilash, ta'minlash va saqlash bilan bog'liq barcha jihatlar.1
152AKTning ijtimoiy ta'siriAKTning jamiyatga ? mehnat va bandlikka, iqtisodiyotga, ta'lim va madaniyat sohasiga, ijtimoiy tuzilmaga, uy va oilaga, umuman kundalik hayotga ta'siri.1
153abonentlar darajasidagi shaffoflikAbonentlarning turgan joyi va tarmoq topologiyasidan qat'iy nazar, ularning tarmoqqa ulanish imkoniyati.1
154avtomatik muqobil billingAbonentga ixtiyoriy telefondan chaqiruvni amalga oshirish, lekin so'zlashuv to'lovini shu xizmat uchun belgilangan va chaqiruvchi tomonga ham, chaqiriluvchi tomonga ham tegishli bo'lmagan uchinchi abonentga o'tkazish imkonini beruvchi xizmat. Bu xizmatdan foydalanish uchun maxsus kirish kodi ishlatiladi1
155abonent liniyasiAbonent stansiyasi va aloqa bog'lamasining kommutatsion uskunasi o'rtasidagi liniya; ko'pincha telekommunikatsiya tizimining ?oxirgi milya?si deyiladi.1
156asosiy raqamli kanal64 Kbit/sekund tezlikda signallar uzatishga mo'ljallangan namunaviy raqamli kanal.1
157abonent eshittirishi1.Cheklangan sondagi abonentlar uchun dasturiy eshittirish. 2. Chegaralangan hududda yo'ldoshlar orqali eshittirish bo'lib, ular bortidagi antennaning har biri o'z hududiga xizmat ko'rsatadigan bir nechta tor nur hosil qiladi.1
158apparat vositalari1. Axborotga ishlov berish tizimining barcha fizikaviy tarkibiy bo'laklari yoki ularning qismi. 2. Hisoblash tizimining moddiy qismini tashkil qiluvchi elektr, elektron va mexanik tizimlar, bo'laklar, moslama va qurilmalar. Apparat vositalariga, masalan, kompyuterning o'zi va uni tashkil qiluvchi mikrosxemalar, shuningdek, displey, disk yurituvchi va printerlar ham kiradi.1
159axborotlashtirish1 Yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy- texnikaviy jarayoni. (qonun) 2 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish va bilim hamda axborotni tarqatish jadal jarayoni. 3 Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha sohalarida axborot va bilimlardan foydalanish samaraliligini oshirish, fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborot ehtiyojlarini qondirish va axborot jamiyatiga o'tish uchun sharoitlar yaratish maqsadida AKTdan keng ko'lamli foydalanish jarayoni. 4 Davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslariga ishlov berish va foydalanuvchiga hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni amalga oshiruvchi axborot tizim va tarmoqlari asosida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g'risidagi ma'lumotlarni olish ehtiyojlarini qondirishning ijtimoiy- iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni1
160aralashtirish1 xavf. SHifrlashdan keyin belgilar ketma- ketligidagi kelish tartibining o'zgarishi. 2 telekom. Kommutatsiyasida kanallar o'rnining o'zaro almashuvi1