So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 101-120 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
101avatarFoydalanuvchi shaxsini aniqlovchi kichik o'lchamdagi fotosurat yoki boshqa statik yoki animatsiyalangan tasvir. Odatda kommunikatsiya dasturlari (masalan, oniy aloqa dasturlari)ning shaxsiy sozlamalari yoki ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchining forum, chat, ijtimoiy tarmoq, blog va boshqa saytlardagi profillarida ko'rsatiladi1
102amaliy dasturlash interfeysiFoydalanuvchi qo'llanmalarini dasturlashda qo'llaniladigan tayyor konstantalar, shakl va funksiyalar to'plami. ADI dastur (modul yoki kutubxona) funksionalligini belgilaydi. ADI muayyan funksionallikni amalga oshirishda kelib chiqqan qiyinchiliklardan uzoqlashishga imkon beradi. Agar dasturni (modul yoki kutubxonani) qora quti sifatida tasavvur qilsak, ADI bu qutining tortgichlari. Ular yordamida shu qutini xohlagancha boshqarish mumkin. Dastur bo'laklari bir biri bilan ADI orqali bog'lanadi. Bu bo'laklar ierarxiyani tashkil qiladi, ya'ni, yuqori darajadagilar pastroq darajadagilarni ishlatadi, ular esa o'z navbatida yanada pastroq darajadagilarni ishlatadi.1
103ReactJSFacebook tomonidan ishlash chiqilgan, foydalnuvchi interfeyslarini yasash uchun foydalaniladigan JavaScript kutubxonasi.Informatika
104ReactFacebook tomonidan ishlash chiqilgan, foydalnuvchi interfeyslarini yasash uchun foydalaniladigan JavaScript kutubxonasi.Informatika
105aloqa operatoriElektr va (yoki) pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish huquqiga ega bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.1
106aloqa vositalariElektr aloqasi xabarlari yoki pochta jo'natmalarini shakllantirish, ishlov berish, uzatish yoki qabul qilib olish uchun foydalaniladigan texnika vositalari, shuningdek aloqa xizmatlarini ko'rsatishda foydalaniladigan binolar, inshootlar yoki odam yashamaydigan xonalar, boshqa texnika vositalari.1
107apparat vositalarini tavsiflash tiliDiskret signallarga ishlov berishga mo'ljallangan qurilmalarni modellash, ishlab chiqish va testlash jarayonlarining ixtisoslashgan tili. U ishlab chiquvchilarga, shajaraviy tuzilmalarni yaratishga, xilma xil funksiyalarni amalga oshirish hamda murakkab arifmetik amallar va mantiqiy solishtirishlarni bajarishga imkon beradi.1
108Al-jamol algoritmiDiskret logarifmlash muammosiga asoslangan kriptotizim. Axborot (raqamli imzo) autentifikatsiyasi uchun ham va shifrlash uchun ham foydalanish mumkin. 1985 yili Al- Jamol tomonidan taklif qilingan.1
109axborot xavfsizligi konsepsiyasiDavlat axborot xavfsizligi konsepsiyasi - milliy manfaatlar xavfsizligini ta'minlashning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari va asosiy yo'nalishlariga qarashlarning jami. Davlat axborot xavfsizligi konsepsiyasida axborot xavfsizligini ta'minlashning ob'ektlari, maqsadlari, vazifalari va mavjud muammolar belgilanadi. Tashkilot axborot xavfsizligi konsepsiyasi ? tashkilotning axborot xavfsizligi sohasidagi umumiy ko'rinishdagi maqsadlari va prioritetlari ko'rsatilgan va ushbu maqsadlarga erishishning umumiy yo'llari belgilangan hujjat1
110asosiy polosa signaliDastlabki shaklda, modulyasiya bilan o'zgartirilmay, uzatilayotgan signal1
111avansbunak. Biror ish evaziga keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul, mahsulot, oziq-ovqat v h,k.15
112axborot vositachisiBoshqa shaxs nomidan elektron hujjatlarni jo'natuvchi, oluvchi yoki saqlovchi, yoki ushbu hujjatlarga nisbatan boshqa xizmatlar ko'rsatuvchi shaxs.1
113aktiv giperishoratBog'lamaga tashrif buyuruvchi veb-brauzerda tanlanadigan giperishorat. Masalan, foydalanuvchi giperishoratga bosganda, u sichqoncha tugmasini bosish va bo'shatish orasida o'tgan vaqt ichida aktiv bo'ladi.1
114abonentlar guruhiBitta chastotada ishlaydigan va tarmoqning ajratilgan resurslaridan foydalanish umumiy huquqlariga ega bo'lgan mobil abonentlar to'plami. Atama abonentlari odatda guruhlarga bo'lingan va guruhlarning har biriga ishchi kanal doimiy biriktirib qo'yilgan konvensional va tranking radioaloqalar uchun ishlatiladi.1
115animatsiyaBir necha tasvir yoki kadrlarni ko'rsatish orqali yaratiladigan harakat taqlidi. Televideniedagi multfilmlar animatsiyaning bir turidir. Kompyuterlardagi animatsiya multimedia taqdimotlarning eng asosiy tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida ko'rish mumkin bo'lgan animatsiyani yaratish imkonini beruvchi ko'plab dasturiy qo'llanmalar mavjud. Animatsiya va video o'rtasidagi farqqa e'tibor bering. Video davom etuvchi harakatdan iborat bo'lib, diskret kadrlarga bo'lingan bo'lsa, animatsiya mustaqil rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi harakat tasavvurini yaratish uchun birlashtiradi.1
116asosiy funksional profilBir necha o'zaro bog'liq pog'onalarni o'z ichiga olgan va o'zaro ta'sir sohasining faqat bir qism pog'onalari protokollari bilan belgilanadigan funksional profil. Asosiy funksional profil, uning asosida yaratiladigan to'la yoki chala funksional profilga poydevor bo'ladi, shu sababli mustaqil ahamiyatga ega emas.1
117asinxron multiplekslashBir necha axborot manbaidan keladigan signallarni guruhli sinxron oqimga birlashtirish usuli. Odatda, bu usul manbalarning tayanch tebranishlar generatorlari hech qanday bog'liqlikda bo'lmaganda qo'llaniladi1
118axborotlashtirish ob'ektiBerilgan axborot texnologiyalariga muvofiq ishlatiladigan, axborot resurslari, vositalari va axborotga ishlov berish tizimlari, ko'makchi texnika vositalari, ular o'rnatilgan binolar yoki ob'ektlar (imoratlar, inshootlar, texnika vositalari), yoki maxfiy muzokaralarni olib borish uchun mo'ljallangan binolar va ob'ektlar majmuasi.1
119aktiv veb-sahifaAyni paytda ochiq veb-sahifa.1
120axborot but saqlanganligiAxborotning, uning mazmunining o'zgarmasligi va uning butun mavjudlik vaqti davomida tasodifiy yoki atayin qilingan ta'sirlar sharoitida bir xil ma'noda talqin qilinishini nazarda tutuvchi xususiyati.1