So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 81-100 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
81alfa-testlashKelajakdagi dasturiy mahsulotni umumiy baholash va unga u yoki bu kerakli xususiyatlarni qo'shish uchun mo'ljallangan dastur yoki dasturiy ta'minotning dastlabki sinov bosqichi.1
82axborot omboriJuda katta bo'lgan predmetga yo'naltirilgan informatsion korporativ ma'lumotlar bazasi. U alohida dasturlangan va hisobot tayyorlashga, biznes jarayonlarni tahlil qilishga va tashkilotlarda qaror qabul qilishga qaratilgan. Axborot omborida mijoz-server arxitekturasi, relyasion MBBT qo'llaniladi hamda u echimga kelish utilitaga asoslangan. Axborot omboriga kelayotgan ma'lumotlar faqat o'qish uchun ochiq bo'ladi. Sanoat OLTP-tizimdan kelgan ma'lumotlar omborga shunday tarzda nusxa qilinadiki, unda hisobotlarni yaratish va OLAP-tahlili sanoat tizimining resurslaridan foydalanmaydi va barqarorligini buzmaydi. Ma'lumotlar omborga muayyan davriylikda keladi, shuning uchun ularning dolzarbligi OLTP-tizimidan bir oz kechikadi.1
83axborot tashuvchisiJismoniy shaxs yoki moddiy ob'ekt. Moddiy ob'ekt jumlasiga axborot ramzi, timsol, signal, texnik echimlar va jarayonlar shaklida aks ettirilgan moddiy ob'ekt, shu jumladan fizik maydonlar kiradi.1
84axborot biznesiJamiyatning ish faoliyatidagi yangi yo'nalish. U axborot bozorida savdo va oraliq vazifalarini amalga oshirish, shuningdek jamiyatni ommaviy axborotlashtirish vositalarini ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, ijaraga berish, sug'urta qilish, moliyaviy va ish kuchi bilan ta'minlashlarni tashkil qilish bilan bog'liq.1
85axborotlashtirish vositalariJamiyatni axborotlashtirish jarayonida foydalaniladigan asbobiy, apparat va dasturiy vositalar, shuningdek axborot texnologiyalari1
86axborot tahdidiJamiyat axborot sohasining faoliyatiga xavf tug'dirayotgan jami omillar va omillar guruhlari.1
87asinxron signalIxtiyoriy vaqt onida uzatiladigan signal. Signallar o'rtasidagi vaqt intervali tasodifiy hisoblanadi.1
88axborotlashtirishning texnik- texnologik asosiIstiqbolli axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari, hisoblash va telekommunikatsiya texnikasi vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish sohalarining va shu sohaga xizmat ko'rsatuvchi ilmiy tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari va korxonalarining majmui hamda shu sohaning mutaxassis xodimlari.1
89avtomatik tizimInson ishtirokisiz mustaqil faoliyat yurituvchi dasturiy va apparatli vositalar tizimi.1
90avtomatlashtirilgan tizimInson faoliyati jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan dasturiy va apparatli vositalar tizimi. Avtomatik tizimdan farqli o'laroq, avtomatlashtirilgan tizim har doim inson ishtirokida faoliyat ko'rsatadi va inson uning asosiy bo'g'inidir.1
91axboriy yondashuvIlmiy bilishning tag-zaminli uslubi. Uning ma'nosi shundaki, tabiat va jamiyatdagi xohlagan ob'ekt, jarayon yoki hodisani o'rganayotganda birinchi navbatda ularning faoliyati va rivojlanishini belgilovchi eng namunali axborot xususiyatlari aniqlanib tahlil qilinadi.1
92axborot tahliliHujjatlarni o'rganish va shakllanayotgan hamda foydalanilayotgan axborot hajmini aynanlash, shuningdek, hujjatlar aylanishi sxemasini va axborot aloqalari modelini ishlab chiqish.1
93apparat ta'minotiHisoblash tizimi tarkibiga kiruvchi, uning faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan jami apparat vositalari. Apparat ta'minotiga kompyuter, tashqi qurilmalar, aloqa tarmoqlari va h.k. kiradi. Ular texnik nuqtai nazardan tizimning samarali ishini, undan foydalanuvchiga ma'lum xizmat turlarini ko'rsatishni ta'minlaydi. Ushbu atama hisoblash tizimining dasturiy ta'minot bo'lmagan qismini bildiradi.1
94analog kompyuterHarakatlari ma'lum tizimning harakatlariga mos va o'xshash ma'lumotlarni olib, ularni ishlab berib taqdim etuvchi kompyuter.1
95IP - manzilhar bir kompyuterning Internetdagi o'ziga xos manzili bo'lib, u ma'lum qoidalarga binoan shakllanadi (xost va tarmoq raqamlarini o'z ichiga oladi) va ularni raqamlar va belgilarning ketma-ketligi sifatida berish mumkin.1
96adaptiv taxminlash bilan kodlashHar bir keyingi sanoq, avvalgi sanoqlar qiymatlarining chiziqli funksiyasi va tegishli vazn koeffitsientlariga ko'paytmalari sifatida ifodalanadigan, bashoratlashga asoslangan nutqni kodlash usuli.1
97axborot iqtisodiyotiGlobal axborotlashtirish jarayonining rivojlanishi tufayli paydo bo'lgan iqtisodiyotning yangi sektori. O'z ichiga axborotlashtirish vositalarini hamda axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish va axborot bozorini oladi.1
98axborot jinoyatiG'arazli yoki bezorilik maqsadlarida amalga oshiriladigan, axborot tizim va tarmoqlarida axborotni o'g'irlash yoki buzishga qaratilgan atayin qilingan jinoyatkorona harakatlar.1
99axborot xavfsizligini ta'minlashFoydalanuvchining axboroti muhofazasiga qo'yilgan me'yor va talablarni bajarish. Bunda qoidabuzarning telekommunikatsiya tarmog'i ob'ektlariga va ularda aylanib yuradigan axborotga ma'lum ta'sirlaridan muhofazalash nazarda tutiladi.1
100ajratiladigan muhitlarFoydalanuvchilarning an'anaviy kommutatsiya- lanadigan texnika vositalarisiz umumiy aloqa liniyasidan jamoaviy foydalanishini ta'minlovchi texnologiya. Atama ma'lumotlar uzatish umumiy muhiti kompyuterlarni o'zaro bog'lovchi ko'p sonli alohida liniyalarning o'rnini egallagan, lokal tarmoqlarga taalluqli. So'nggi yillarda ajraladigan muhitning etakchi rolidan voz kechish tendensiyasi namoyon bo'lmoqda. Bu tarmoqda alohida liniyalar ulanadigan kommutatsiyalanadigan uzellarni kiritish yoki paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarga (ATM va boshqa) o'tish bilan bog'liq.1