So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 41-60 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
41axboriy-huquqiy munosabatlar matritsasiqatorlari predmet sohalarida axborot jarayonlarini belgilovchi jadval: axborot, axborot resurslari, axborot mahsulotlari, axborot xizmatlarini izlash, olish va iste'mol qilish; ularni ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash; axborot tizimlari, ularning tarmoqlari, ularni ta'minlash vositalarini yaratish va qo'llash; axborot xavfsizligi mexanizmlarini yaratish va qo'llash. Matritsa ustunlari huquq toifalarini ko'rsatadi: huquq, huquqning cheklanishi, majburiyat, mas'uliyat. qator va ustunlar kesishgan joyda ushbu huquq toifalarida axborot jarayonlarida paydo bo'ladigan axborot munosabatlari ro'yxatlari keltiriladi.1
42aloqa xizmatlariPochta jo'natmalari yoki elektr aloqasi xabarlarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va etkazish bo'yicha faoliyat mahsuli.1
43axborot komprometatsiyasiPinhoniy axborotning chiqib ketishi yoki oshkor bo'lishi, yo mualliflashtirilmagan sub'ektlar tomonidan olinishi1
44adaptiv korrektor/kompensatorParametrlari signallarni qabul qilish sharoitlariga avtomatik ravishda moslashadigan qurilma. Adaptiv korrektor/ kompensatorlar signalning belgilararo buzilishlari va signallarning qabul qilish hamda uzatish apparaturasi benuqson emasligi keltirib chiqaradigan amplituda va faza buzilishlarini to'g'rilash (korreksiyalash) uchun qo'llaniladi.1
45atomarlikOperatsiyaning uzluksiz xossasi. Atomarlik operatsiya butunlay uzluksiz bajariladi (yoki bajarilish rad etiladi). Atomarlik ko'p protsessorli kompyuterlarda (hamda ko'p karrali operatsion tizimlarda) katta ahamiyatga ega, chunki ajratilmaydigan resurslarni ishlatishda albatta atomarlik bo'lishi shart.1
46axborot sifatiOb'ektlar va ularning o'zaro bog'lanishlari haqidagi muayyan axborotning yaroqliligini ifodalovchi xossalar majmui. U foydalanuvchi u yoki bu turdagi faoliyatni amalga oshirishi, o'z oldida turgan maqsadlarga erishishi uchun zarur. Eng umumiy parametrlar qatoriga ma'lumot ishonchliligi, mavridiyligi, yangiligi, qimmatliligi, foydaliligi, olish qulayligi kiradi.1
47audiovizual asarO'zaro bog'liq kadrlarning (tovush jo'rligida yoki tovush jo'rligisiz) belgilangan tartibidan iborat bo'lgan, tegishli texnik vositalar yordamida ko'rish yoki eshitish (tovush jo'rligida bo'lsa) orqali qabul qilish uchun mo'ljallangan asar. Audiovizual asarlar ichiga, ularning dastlabki yoki keyingi saqlanishidan qat'iy nazar, kinematografik asarlar va kinematografiya vositalari orqali taqdim etiladigan barcha asarlar (tele- va videofilmlar, diafilmlar, slaydfilmlar va shu kabilar) kiradi.1
48axborot iste'molchisiO'z ehtiyojlarini qondirish (bilimlarni oshirish, ta'lim olish, qarorlarni qabul qilish va h.k.) maqsadida axborotga muhtoj, uni izlovchi va oluvchi shaxs yoki shaxslar1
49adaptiv kod daftariNutq signallarining tanlanmalari yig'ilgan kod daftarchasi. Bu nutq signallarining parametrlari ish jarayonida kirish signalining ?nozik? tuzilmasini tahlil qilish hisobiga avtomatik ravishda yangilanib turadi.1
50analog modulyasiyaNurlanuvchi tebranish parametrlari (amplituda, chastota, faza) modulyasiyalovchi kirish signalining amplitudasiga proporsional o'zgaradigan modulyasiya usuli.1
51asosiy traktga qayta ulashNosozliklar bartaraf etilgandan so'ng qurilma boshlang'ich ishchi konfiguratsiyasining tiklanishi.1
52arxitekturaMurakkab ob'ektning tuzilishi, bajarilayotgan vazifalari va tarkibiy bo'laklarining o'zaro bog'liqligini belgilovchi konsepsiya. Tarmoq arxitekturasi uning asosiy elementlari va ularning o'zaro ishlash tavsifi va topologiyasini belgilaydi. Axborot tizimi konfiguratsiyasi uning umumiy mantiqiy tuzilishini, dasturiy- apparat ta'minotini, kodlash uslublarini ta'riflaydi va foydalanuvchining tizim bilan interfeysini belgilaydi.1
53agentMijoz-server modelidagi axborotni tayyorlash va uni mijoz va server qismi orasida almashishni bajaruvchi tizim qismi.1
54adapterMijoz-server modelidagi axborotni tayyorlash va uni mijoz va server qismi orasida almashishni bajaruvchi tizim qismi.1
55avtomatik telefon stansiyasining xizmat zonasiMazkur telefon stansiyasi yoki podstansiyasi joylashgan hudud. Bu hududda telefon stansiyasi yoki podstansiyasiga ulangan magistral, tarqatuvchi tarmoqning kabel (havodagi) liniyalari hamda radio foydalanish vositalari mavjud. SHu uskunalar bilan zonani telefonlashtirish mumkin bo'ladi.1
56avtomatlashtirilgan boshqarish tizimiMatematik uslublar, texnik vositalar (kompyuterlar, aloqa vositalari, ma'lumotlarni chiqarish qurilmalari va h.k.) va tashkiliy majmualar to'plami. U belgilab olingan maqsadga muvofiq murakkab ob'ekt (jarayon)ni boshqarishni ta'minlaydi. ABT asos va funksional qismlarga bo'linadi. Asosga axboriy, texnikaviy va matematik ta'minotlar kiradi. Funksional qismga aniq boshqaruv vazifalarini (loyihalash, moliyaviy-hisobot faoliyati va h.k.) avtomatlashtiruvchi o'zaro bog'liq dasturlar to'plami kiradi. Ikki turdagi ABT mavjud. Bular, ob'ektlar miqyosida avtomatlashtirilgan tizimlar (texnologik jarayonlar uchun TJABT, korxona uchun KABT, soha uchun SABT) va funksional avtomatlashtirilgan tizimlardir. Funksional ABTga loyihalash, hisob-kitob, moddiy-texnika va boshqa ta'minotlar uchun mo'ljallangan ABT misol bo'la oladi.1
57asosiy ma'lumotlar massiviMashina o'qiy oladigan tashuvchilardagi axborot. U ma'lumotlar bankining asosi bo'lib ma'lumotlarni ta'riflashning yagona tili talablariga muvofiq tashkil etiladi.1
58axborot oqimiMakon va zamonda uzatiladigan axborot.1
59analog modemMa'lumotlarni uzatish uchun telefoniya foydalanadigan chastota ko'lamidan (4 KGsgacha) foydalanuvchi modem. Analog modem yordamida ma'lumotlarni uzatishning eng katta tezligi 56 Kbit/c bilan cheklangan. Modem orqali ulanish paytida telefondan foydalanish mumkin emas (qo'ng'iroq qilish yoki qo'ng'iroqqa javob berish uchun ulanishni uzish lozim). Analog modemni ulash abonent yoki ATSda maxsus jihozlarni o'rnatishni talab qilmaydi. SHunday qilib, aloqa sifati va qo'shimcha xizmatlardan foydalanish telefon stansiyasiga bog'liq (raqamni aniqlash, chaqirishni kutish va h.k.).1
60avtomatlashtirilgan deshifrlashMa'lumotlarni kompyuterda qayta ishlash jarayonining bosqichlaridan biri. Bu raqamli tasvirlar shaklida taqdim etiladigan ma'lumotlarni masofadan zondlashdir. Tasvirlarni kompyuterga kiritish, mavzu bo'yicha shifrni buzib ochish va ma'lumotlarni ekspert baholashlarini o'z ichiga oladi.1