So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 161-180 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
161analog kompyuterHarakatlari ma'lum tizimning harakatlariga mos va o'xshash ma'lumotlarni olib, ularni ishlab berib taqdim etuvchi kompyuter.1
162qo‘lyozma matnini tanish qo‘lyozma matnini ramzlarni kodlar ketma- ketligiga aylantirish texnologiyasi. qo‘lyozma matnini tanish, matnni skaner yoki yorug‘lik perosi yordamida axborot tizimiga kiritish imkonini beradi. Jipslashgan matnni tanish dasturiy ta’minotdan qo‘lyozmaning uzluksiz chizig‘ini ayrim ramzlariga ajratishni talab qiladi. Bu oson masala emas, vahalanki, qo‘lyozmaning o‘zi yakka ma’noli emas. Bunda, lug‘atlarni ishlatish qo‘l keladi. O‘qiydigan tizimlar ham mavjud bo‘lib, ular har bir foydalanuvchiga 25-35 so‘zni yozib berishni taklif qiladi. Tizim yozilganlarni o‘rganadi va mazkur foydalanuvchi qo‘lyozmasini taniy oladi. 1
163analog modemMa'lumotlarni uzatish uchun telefoniya foydalanadigan chastota ko'lamidan (4 KGsgacha) foydalanuvchi modem. Analog modem yordamida ma'lumotlarni uzatishning eng katta tezligi 56 Kbit/c bilan cheklangan. Modem orqali ulanish paytida telefondan foydalanish mumkin emas (qo'ng'iroq qilish yoki qo'ng'iroqqa javob berish uchun ulanishni uzish lozim). Analog modemni ulash abonent yoki ATSda maxsus jihozlarni o'rnatishni talab qilmaydi. SHunday qilib, aloqa sifati va qo'shimcha xizmatlardan foydalanish telefon stansiyasiga bog'liq (raqamni aniqlash, chaqirishni kutish va h.k.).1
164qo‘llanma Ma’lum foydalanish sohasida ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi jami dasturlar. 1
165analog modulyasiyaNurlanuvchi tebranish parametrlari (amplituda, chastota, faza) modulyasiyalovchi kirish signalining amplitudasiga proporsional o'zgaradigan modulyasiya usuli.1
166qo‘riqlanadigan axborot Mulkdorlik predmeti bo‘lgan axborot. U huquqiy hujjatlar asosida yoki axborot mulkdori tomonidan o‘rnatilgan talablarga binoan muhofaza qilishi zarur. 1
167analog signalTo'xtovsiz o'zgaruvchi elektr kuchlanish yoki elektr toki shaklidagi axborot tashuvchisi. Vaqt davomida o'zgaruvchan analog signalining amplitudasi tashuvchi axborotning miqdoriga mos bo'lib, odatda o'lchangan fizik kattalikni bildiradi, masalan, harorat, tezlik va h.k. Analog signalni tashuvchi axborotga kompyuterda ishlov berish uchun analog- raqamli o'zgartirgich zarur.1
168qo‘shilish Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq ma’lumotlar oqimini birlashtirish. 1
169analog formatAxborot uzatish uchun kuchlanish amplitudasi yoki chastota o'zgarishi kabi fizik o'zgaruvchilardan foydalaniladigan format.1
170halqa tarmog‘i O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. SHu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. YUqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa ta’minlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. 1
171animatsiyaBir necha tasvir yoki kadrlarni ko'rsatish orqali yaratiladigan harakat taqlidi. Televideniedagi multfilmlar animatsiyaning bir turidir. Kompyuterlardagi animatsiya multimedia taqdimotlarning eng asosiy tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida ko'rish mumkin bo'lgan animatsiyani yaratish imkonini beruvchi ko'plab dasturiy qo'llanmalar mavjud. Animatsiya va video o'rtasidagi farqqa e'tibor bering. Video davom etuvchi harakatdan iborat bo'lib, diskret kadrlarga bo'lingan bo'lsa, animatsiya mustaqil rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi harakat tasavvurini yaratish uchun birlashtiradi.1
172halqali tekshirish Raqamli axborotning ishonchliligini “shleyf” bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha ma’lumotlar oqimini retranslyasiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. 1
173animatsiyalangan GIFTezda aks ettirilib, harakatlanuvchi tasvirni yaratuvchi GIF formatidagi tasvirlardan iborat fayl.1
174halqasimon tekshiruv uchun test Halqasimon tekshiruv rejimida ishonchlilikni baholashda foydalaniladigan test ketma-ketligi. Ishonchlilikni baholash uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketlikni taqqoslash hamda sinovlarni o‘tkazishning butun davrida aniqlangan xatolar sonini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 1
175aniq sinxronizatsiyaSinxronlash tartiboti bo'lib, qabul qilinadigan kirish signali va demodulyasiyalangan chiqish signali kattaligi qabul qilinayotgan signalning bitta belgisi davomiyligidan ancha kichik bo'lgan juda qisqa vaqt intervali ichida sinxronlanadi.1
176hammabop elektron savdo maydonchasi Har xil sotuvchilar tomonidan boshqariladigan va turli tuman mahsulotlar hamda xizmatlarni tarqatadigan elektron do‘konlar majmuasi. 1
177aniqlanish sohasiKodning (funksiya, turi va klassi) o'zgaruvchilari haqiqiy va qiymatga ega qismi.1
178harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlar guruhi Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983 yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993 yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995 yilda DVD raqamli videodisk pleerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. 1
179antennaRadiochastota signallarini uzatish va/ yoki qabul qilib olish uchun mo'ljallangan qurilma. Antennalar alohida chastota uchun ishlab chiqilib, odatda dizayni, tuzilishi va joylashishi bo'yicha farq qiladi. Masalan, mobil telefonlarda antenna ichiga o'rnatilgan (apparat qobig'i ichida yashirilgan) yoki tashqi (qobiq chegaralaridan tashqari chiquvchi) bo'lishi mumkin.1
180harfli-raqamli kodlash Harflar, sonlar va alfavitning boshqa ramzlaridan tashkil topgan koddan foydalanib kodlash. 1