So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 141-160 of 530 items.
#So`zIzohKategorya 
  
141analog modemMa'lumotlarni uzatish uchun telefoniya foydalanadigan chastota ko'lamidan (4 KGsgacha) foydalanuvchi modem. Analog modem yordamida ma'lumotlarni uzatishning eng katta tezligi 56 Kbit/c bilan cheklangan. Modem orqali ulanish paytida telefondan foydalanish mumkin emas (qo'ng'iroq qilish yoki qo'ng'iroqqa javob berish uchun ulanishni uzish lozim). Analog modemni ulash abonent yoki ATSda maxsus jihozlarni o'rnatishni talab qilmaydi. SHunday qilib, aloqa sifati va qo'shimcha xizmatlardan foydalanish telefon stansiyasiga bog'liq (raqamni aniqlash, chaqirishni kutish va h.k.).1
142analog modulyasiyaNurlanuvchi tebranish parametrlari (amplituda, chastota, faza) modulyasiyalovchi kirish signalining amplitudasiga proporsional o'zgaradigan modulyasiya usuli.1
143analog signalTo'xtovsiz o'zgaruvchi elektr kuchlanish yoki elektr toki shaklidagi axborot tashuvchisi. Vaqt davomida o'zgaruvchan analog signalining amplitudasi tashuvchi axborotning miqdoriga mos bo'lib, odatda o'lchangan fizik kattalikni bildiradi, masalan, harorat, tezlik va h.k. Analog signalni tashuvchi axborotga kompyuterda ishlov berish uchun analog- raqamli o'zgartirgich zarur.1
144Anemiya Kamqonlikka qarang 2
145animatsiyaBir necha tasvir yoki kadrlarni ko'rsatish orqali yaratiladigan harakat taqlidi. Televideniedagi multfilmlar animatsiyaning bir turidir. Kompyuterlardagi animatsiya multimedia taqdimotlarning eng asosiy tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida ko'rish mumkin bo'lgan animatsiyani yaratish imkonini beruvchi ko'plab dasturiy qo'llanmalar mavjud. Animatsiya va video o'rtasidagi farqqa e'tibor bering. Video davom etuvchi harakatdan iborat bo'lib, diskret kadrlarga bo'lingan bo'lsa, animatsiya mustaqil rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi harakat tasavvurini yaratish uchun birlashtiradi.1
146animatsiyalangan GIFTezda aks ettirilib, harakatlanuvchi tasvirni yaratuvchi GIF formatidagi tasvirlardan iborat fayl.1
147aniq sinxronizatsiyaSinxronlash tartiboti bo'lib, qabul qilinadigan kirish signali va demodulyasiyalangan chiqish signali kattaligi qabul qilinayotgan signalning bitta belgisi davomiyligidan ancha kichik bo'lgan juda qisqa vaqt intervali ichida sinxronlanadi.1
148aniqlanish sohasiKodning (funksiya, turi va klassi) o'zgaruvchilari haqiqiy va qiymatga ega qismi.1
149antennaRadiochastota signallarini uzatish va/ yoki qabul qilib olish uchun mo'ljallangan qurilma. Antennalar alohida chastota uchun ishlab chiqilib, odatda dizayni, tuzilishi va joylashishi bo'yicha farq qiladi. Masalan, mobil telefonlarda antenna ichiga o'rnatilgan (apparat qobig'i ichida yashirilgan) yoki tashqi (qobiq chegaralaridan tashqari chiquvchi) bo'lishi mumkin.1
150anti-aliaslashsilliqlash1
151antimonopol qonunchilik iqtisodiyotda yakka hukmronlik maqeiga ega bo'lgan biror bir faoliyat turiga qarshi davlatning kurash siyosatidan iborat 15
152Antiviruskompyuter viruslarini topadigan va yo'q qiladigan dastur1
153antivirus dasturKompyuter virusi tushgan ob'ektlarni izlash, aniqlash, profilaktika qilish va davolash uchun mo'ljallangan dastur. Izlash va aniqlash jarayonida viruslangan fayllar va virus turi aniqlanadi. Profilaktika virus tushishining oldini olish imkonini beradi. Masalan, rezident virusga qarshi dastur amaliy tizimning fayllaridan foydalanuvchi ruxsatisiz foydalanish, boshlang'ich yuklash sektoriga yozish va shu kabi harakatlarning oldini oladi. Davolash virusni bartaraf qilish, viruslangan fayllarni qayta tiklash va h.k.ni bildiradi.1
154apparat ta'minotiHisoblash tizimi tarkibiga kiruvchi, uning faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan jami apparat vositalari. Apparat ta'minotiga kompyuter, tashqi qurilmalar, aloqa tarmoqlari va h.k. kiradi. Ular texnik nuqtai nazardan tizimning samarali ishini, undan foydalanuvchiga ma'lum xizmat turlarini ko'rsatishni ta'minlaydi. Ushbu atama hisoblash tizimining dasturiy ta'minot bo'lmagan qismini bildiradi.1
155apparat vositalari1. Axborotga ishlov berish tizimining barcha fizikaviy tarkibiy bo'laklari yoki ularning qismi. 2. Hisoblash tizimining moddiy qismini tashkil qiluvchi elektr, elektron va mexanik tizimlar, bo'laklar, moslama va qurilmalar. Apparat vositalariga, masalan, kompyuterning o'zi va uni tashkil qiluvchi mikrosxemalar, shuningdek, displey, disk yurituvchi va printerlar ham kiradi.1
156apparat vositalarini tavsiflash tiliDiskret signallarga ishlov berishga mo'ljallangan qurilmalarni modellash, ishlab chiqish va testlash jarayonlarining ixtisoslashgan tili. U ishlab chiquvchilarga, shajaraviy tuzilmalarni yaratishga, xilma xil funksiyalarni amalga oshirish hamda murakkab arifmetik amallar va mantiqiy solishtirishlarni bajarishga imkon beradi.1
157apparatli xatcho'pAxborot tutib olishning maxsus elektron qurilmasi. U muhofaza qilinayotgan axborotni ruxsatsiz olish maqsadida axborotlashtirish ob'ekti (ma'lumotlarni uzatish tarmog'i)ga konfidensial tarzda o'rnatiladi yoki ulanadi1
158appletAmaliy dastur. Applet atamasi oxirgi paytlarda ayniqsa Umumjahon o'rgimchak to'ri (WWW) texnologiyalarining rivojlanishi tufayli keng tarqalgan. Ushbu texnologiyalar interaktiv veb-sahifalarini yaratish maqsadida appletlarni veb-hujjatlariga qo'shish imkonini beradi. Bunday appletlarni yaratishda odatda Java dasturlash tili qo'llaniladi, shuning uchun ham ular odatda Java appletlari deyiladi.1
159aralash korxonalar turli mulk shakllariga taalluqli firmalar bo'lib, odatda davlat, jamoa va xususiy mulkning aralash mablag'lari asosida tashkil etiladi 15
160aralash mulk bu turli shakldagi mulklarning o'zaro qo'shilib, hamkorlikda o'zlashtirilishi asosida tashkil topadi. Uning yaqqol ko'rinishi aksionerlik jamiyatlardir 15