So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 141-160 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
141qoidabuzar modeli qoidabuzarning amaliy va nazariy imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va joyi va h.k.ni aks ettiruvchi mavhum (rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan) tavsifi. 1
142aloqa seansiqo'llanma, qurilma, kompyuter yoki tarmoq tugunlari orasida ma'lumotlarni uzatish uchun aloqa o'rnatish, undan foydalanish va uni tugatish jarayoni.1
143qoldiq axborot Xotira qurilmasida operatsion tizim tomonidan rasman o‘chirilgan ma’lumotlardan qolgan axborot. Axborot faylning rasman o‘chirilishi yoki xotira qurilmalarining fizik xususiyatlari sababli qolishi mumkin. qoldiq axborot, agarda ma’lumotlar ombori nazorat zonasidan tashqari chiqib ketsa (masalan, “axlat” bilan tashlab yuborilsa yoki uchinchi tomonga berilsa), konfidensial axborotning ixtiyorsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin. 1
144aloqa tarmog'iMa'lum tarmoqning faoliyatini ta'minlovchi jami aloqa kanallari (simli, radio yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari va tugunlari.1
145qora ro‘yxat Avtomatik tarzda e’tiborga olinmasligi yoki blokirovka qilinishi lozim bo‘lgan ob’ektlarning xostlari, manzillari va boshqa identifikatorlarining ro‘yxati. qora ro‘yxatlardan foydalanish “ro‘yxatda ko‘rsatilganlardan tashqari barcha ob’ektlarga amallarni bajarishga ruxsat etish” tamoyilini amalga oshiradi. 1
146aloqa foydalanuvchisiAloqa xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi asosida yoki bunday shartnomasiz aloqa xizmatlarini buyurishni xohlovchi yoki buyuruvchi, yo ulardan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.1
147qora quti tamoyili bo‘yicha testlash qora quti tamoyili bo‘yicha testlashda testdan o‘tqazuvchi blokning ichki tuzilishidan bexabar. Testlovchi to‘g‘ri va noto‘g‘ri kirish va chiqishda unga mos keladigan to‘g‘ri ifodalarni aniqlaydi. Agar olingan va hisoblangan ifodalar bir xil bo‘lsa, DTning moduli to‘g‘ri hisoblanadi. 1
148aloqa xizmatlariPochta jo'natmalari yoki elektr aloqasi xabarlarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va etkazish bo'yicha faoliyat mahsuli.1
149qotil paketlar Tizimga tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanuvchi Ethernet yoki IP paketlarini jo‘natish yoki tizim ishini halokatli tugatish orqali tizimni ishdan chiqarish uslubi. 1
150aloqaning buzilish ehtimolligiSignal darajasining o'rnatilgan minimal pog'onasidan pastga tushish ehtimolligi. Agar ushbu shart ish vaqtining berilgan qismi davomida bajarilsa, masalan, aloqa seansining 95 foizida signal darajasi o'zgarmasdan saqlansa, aloqa ishonchli deb hisoblanadi.1
151alfa-kanalqisman shaffoflik effektini yaratish maqsadida tasvirni fon bilan birlashtirish jarayoni. Alfa-kanal atamasi birinchi bor 1970-yillar oxirlarida Alvi Smit tomonidan kiritilgan. GIF formati oddiy binar shaffoflikni qo'llaydi (ya'ni, har bir piksel yoki butunlay shaffof bo'lishi ham, yoki butunlay shaffof bo'lmasligi ham mumkin). PNG formati qisman shaffoflikning 254 yoki 65534 darajasini qo'llashga imkon beradi.1
152qumdon Kompyuter xavfsizligida dasturlarning xavfsiz bajarilishi uchun mexanizm. qumdon ko‘pincha testlanmagan yoki notanish manbalardan olingan tekshirilmagan kodni yurgizish, hamda viruslarni yurgizish va aniqlash uchun ishlatiladi. qumdon odatda mehmon dasturni bajarish uchun qattiq nazorat qilinadigan resurslar to‘plamidan iborat – masalan, disk yoki xotiradagi joy. Tarmoqqa kirish, asosiy operatsion tizimga murojaat etish yoki kiritish qurilmalaridan axborotni o‘qish odatda yo qisman emulyasiya qilinadi, yo kuchli cheklangan bo‘ladi. qumdonlar virtualizatsiyaning misoli bo‘la oladi. q: virtual mashina 1
153alfa-testlashKelajakdagi dasturiy mahsulotni umumiy baholash va unga u yoki bu kerakli xususiyatlarni qo'shish uchun mo'ljallangan dastur yoki dasturiy ta'minotning dastlabki sinov bosqichi.1
154qurilma fayli qurilma fayli dasturiy ta’minotga standart qirish/chiqish tizim chaqiruvlari orqali qurilma drayveri bilan aloqada bo‘lishga imkon berib, ko‘plab vazifalarni soddalashtiradi. 1
155amaliy dasturlash interfeysiFoydalanuvchi qo'llanmalarini dasturlashda qo'llaniladigan tayyor konstantalar, shakl va funksiyalar to'plami. ADI dastur (modul yoki kutubxona) funksionalligini belgilaydi. ADI muayyan funksionallikni amalga oshirishda kelib chiqqan qiyinchiliklardan uzoqlashishga imkon beradi. Agar dasturni (modul yoki kutubxonani) qora quti sifatida tasavvur qilsak, ADI bu qutining tortgichlari. Ular yordamida shu qutini xohlagancha boshqarish mumkin. Dastur bo'laklari bir biri bilan ADI orqali bog'lanadi. Bu bo'laklar ierarxiyani tashkil qiladi, ya'ni, yuqori darajadagilar pastroq darajadagilarni ishlatadi, ular esa o'z navbatida yanada pastroq darajadagilarni ishlatadi.1
156qurolsizlantirilgan zona Axborot perimetri himoyasini ta’minlash texnologiyasi. Unda tashqi tarmoqdan kelgan so‘rovlarga javob beruvchi yoki u erga so‘rovlarni yuboruvchi serverlar tarmoqning alohida DMZ segmentida joylashgan bo‘lib, ularning asosiy segmentlarga kira olishi tarmoqlalaro ekran yordamida cheklangan. Bunda ichki va tashqi tarmoq orasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri ulanishlar mavjud bo‘lmaydi – barcha ulanishlar faqat DMZdagi serverlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu serverlar so‘rovlarga ishlov berib va o‘z so‘rovlarini yaratib, javobni qabul qiluvchiga o‘z nomidan yuboradi. 1
157amaliy pog'ona shlyuziTarmoqlararo ekranni (brandmauerni) amalga oshirish usullaridan biri. Mualliflashgan mijoz bilan tashqi xostning bevosita o'zaro ishlashiga yo'l qo'ymaydi. Barcha kirish va chiqish paketlarini filtrlash OSI etalon modelining amaliy pog'onasida amalga oshiriladi. qo'llanmalar bilan bog'liq vositachi-dasturlar TCP/IP aniq xizmatlari generatsiyalayotgan axborotni shlyuz orqali qayta yo'naltiradi.1
158qurt Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari yoki kompyuter tarmoqlari orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan muxtor dastur. qurtlar xotira, xotira qurilmalari yoki ma’lumotlarga ishlov berish vaqti kabi mavjud resurslarni kamaytirish uchun yaratiladi. 1
159analogUzluksiz shaklda aks etuvchi to'xtovsiz o'zgaruvchi fizikaviy kattaliklar yoki ma'lumotlar hamda ushbu ma'lumotlardan foydalanuvchi jarayonlar va funksional qurilmalarga tegishli ta'rif.1
160qo‘lga kiritish Aloqa kanallari bo‘ylab uzatiladigan axborotni ruxsatsiz, shu jumladan, ishlab turgan radioelektron vositalarning nomaqbul nurlanishlarini qabul qilish hisobiga ajratib olish bilan bog‘liq har qanday harakat. 1