So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 101-120 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
101halqali tekshirish Raqamli axborotning ishonchliligini “shleyf” bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha ma’lumotlar oqimini retranslyasiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. 1
102ajratilgan aloqa liniyasiAlohida foydalanuvchi yoki muayyan foydalanish uchun saqlab qo'yilgan va tarmoqning boshqa abonentlari foydalana olmaydigan aloqa liniyasi.1
103halqasimon tekshiruv uchun test Halqasimon tekshiruv rejimida ishonchlilikni baholashda foydalaniladigan test ketma-ketligi. Ishonchlilikni baholash uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketlikni taqqoslash hamda sinovlarni o‘tkazishning butun davrida aniqlangan xatolar sonini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 1
104aylanib o'tishlar va almashtirishlar jadvaliTraktlar (kanallar), ular va tarmoq tugunlarining tartib raqamlari ro'yxati. Unda tarmoqda yuzaga kelgan aniq holatlarda ishlashdan chiqib ketgan traktlar o'rniga ulanadigan traktlarning yoki trakt qismining aniq tartib raqamlari, shuningdek, kommutatsiyalar va ikkilamchi tarmoqlarga hamda boshqa iste'molchilarga taqdim qilish joyi bo'lgan tarmoq tugunlarining tartib raqamlari aks etgan.1
105hammabop elektron savdo maydonchasi Har xil sotuvchilar tomonidan boshqariladigan va turli tuman mahsulotlar hamda xizmatlarni tarqatadigan elektron do‘konlar majmuasi. 1
106akkauntSo'zma-so'z tarjimasi ? ?qayd yozuvi?. Kompyuterda saqlanaladigan foydalanuvchi tavsifi. Odatda, u foydalanuvchining tarmoqdagi nomi, haqiqiy nom, parol, foydalanuvchi huquqlari va uy katalogining nomidan (agarda u bor bo'lsa) tarkib topadi1
107harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlar guruhi Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983 yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993 yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995 yilda DVD raqamli videodisk pleerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. 1
108AKTaxborot-kommunikatsiya texnologiyalari1
109qabul qiluvchi optoelektron modul Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. 1
110AKT yordamida taraqqiyotAxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy foydalanishga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish.1
111qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. 1
112AKT xavfsizligiAKTning konfidensialligi, yaxlitligi, foydalanish mumkinligi, itoatkorligi, hisobdorligi, autentligi va ishonchliligini belgilash, ta'minlash va saqlash bilan bog'liq barcha jihatlar.1
113qayd yozuvi Kompyuter tarmog‘ida saqlanuvchi foydalanuvchining ma’lumotlari. Odatda foydalanuvchining tarmoqdagi ismi, paroli, huquqlari, haqiqiy ismi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 1
114AKT xavfsizligi dasturiXavf ehtimollarini boshqarish, xizmat vazifalarini taqsimlash, hayot siklini boshqarish, AKT xavfsizligi maqsadlari, strategiyalari va siyosatlarini ishlab chiqish asosida tashkilot AKT tizimlari himoyasini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.1
115qaydlangan marshrutlash Tarmoqda marshrutlash usuli. qaydlangan marshrutlash mo‘ljallanayotgan tarmoq trafigining samaraliroq yo‘llarini ko‘rsatuvchi yo‘nalishlar jadvalini tuzishni ko‘zda tutadi. Bunda yo‘nalish avvaldan tanlanadi va tarmoqning holatiga bog‘liq bo‘lmaydi. 1
116AKT xavfsizligi siyosatiTashkilot va uning AKT doirasida aktivlarni, shu jumladan, kritik axborotni boshqarish, himoyalash va taqsimlashni belgilovchi qoidalar, ko'rsatmalar, amaliyot1
117qaynoq almashtirish Elektr manbaini o‘chirmagan va tizim ishini to‘xtatmagan holda tizimning ichki bloklarini, masalan, server qattiq disklarini almashtirish usuli. 1
118aktivAxborot xavfsizligida tashkilot uchun qimmatbaho bo'lgan va himoyalanishi lozim bo'lgan barcha narsalar1
119qaynoq zaxiralash Zaxiralash usuli bo‘lib, unda qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan paralel ishlaydi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil amallarni bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, agar ular ishida kamchilik aniqlangan bo‘lsa rezervga o‘tish mumkin. 1
120aktiv veb-sahifaAyni paytda ochiq veb-sahifa.1