So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 81-100 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
81qumdon Kompyuter xavfsizligida dasturlarning xavfsiz bajarilishi uchun mexanizm. qumdon ko‘pincha testlanmagan yoki notanish manbalardan olingan tekshirilmagan kodni yurgizish, hamda viruslarni yurgizish va aniqlash uchun ishlatiladi. qumdon odatda mehmon dasturni bajarish uchun qattiq nazorat qilinadigan resurslar to‘plamidan iborat – masalan, disk yoki xotiradagi joy. Tarmoqqa kirish, asosiy operatsion tizimga murojaat etish yoki kiritish qurilmalaridan axborotni o‘qish odatda yo qisman emulyasiya qilinadi, yo kuchli cheklangan bo‘ladi. qumdonlar virtualizatsiyaning misoli bo‘la oladi. q: virtual mashina 1
82agentMijoz-server modelidagi axborotni tayyorlash va uni mijoz va server qismi orasida almashishni bajaruvchi tizim qismi.1
83qurilma fayli qurilma fayli dasturiy ta’minotga standart qirish/chiqish tizim chaqiruvlari orqali qurilma drayveri bilan aloqada bo‘lishga imkon berib, ko‘plab vazifalarni soddalashtiradi. 1
84adapterMijoz-server modelidagi axborotni tayyorlash va uni mijoz va server qismi orasida almashishni bajaruvchi tizim qismi.1
85qurolsizlantirilgan zona Axborot perimetri himoyasini ta’minlash texnologiyasi. Unda tashqi tarmoqdan kelgan so‘rovlarga javob beruvchi yoki u erga so‘rovlarni yuboruvchi serverlar tarmoqning alohida DMZ segmentida joylashgan bo‘lib, ularning asosiy segmentlarga kira olishi tarmoqlalaro ekran yordamida cheklangan. Bunda ichki va tashqi tarmoq orasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri ulanishlar mavjud bo‘lmaydi – barcha ulanishlar faqat DMZdagi serverlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu serverlar so‘rovlarga ishlov berib va o‘z so‘rovlarini yaratib, javobni qabul qiluvchiga o‘z nomidan yuboradi. 1
86adapter1 Har xil turdagi va o'lchamdagi vilkalardan birgalikda foydalanish yoki ularni telekommunikatsiya rozetkasi/konnektor bilan qo'shish imkonini beruvchi qurilma. 2 Ikki yoki undan ortiq mos kelmaydigan tarmoq ob'ektlariga birgalikda ishlash va axborot ayirboshlash imkonini beradigan interfeys qurilma. 3 Ma'lumotlarni berishning turli usullari bilan qurilmalarni bir-biriga moslashtirishga imkon beradigan elektron sxema. Masalan, analog qurilmani raqamli qurilmaga to'g'ridan-to'g'ri ulash mumkin emas, buning uchun avvalo analog signalni raqamli signalga aylantirish lozim yoki aksincha. Apparatli vositalarning bir-biriga mos bo'lmagan ikkita tarkibiy bo'lagini bog'lash uchun biriktirish qurilmasi zarur. Adapter bunday qurilmaning tarkibiy bo'lagi bo'lib, odatda alohida plataga o'rnatiladi.1
87qurt Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari yoki kompyuter tarmoqlari orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan muxtor dastur. qurtlar xotira, xotira qurilmalari yoki ma’lumotlarga ishlov berish vaqti kabi mavjud resurslarni kamaytirish uchun yaratiladi. 1
88adaptiv kod daftariNutq signallarining tanlanmalari yig'ilgan kod daftarchasi. Bu nutq signallarining parametrlari ish jarayonida kirish signalining ?nozik? tuzilmasini tahlil qilish hisobiga avtomatik ravishda yangilanib turadi.1
89qo‘lga kiritish Aloqa kanallari bo‘ylab uzatiladigan axborotni ruxsatsiz, shu jumladan, ishlab turgan radioelektron vositalarning nomaqbul nurlanishlarini qabul qilish hisobiga ajratib olish bilan bog‘liq har qanday harakat. 1
90adaptiv korrektor/kompensatorParametrlari signallarni qabul qilish sharoitlariga avtomatik ravishda moslashadigan qurilma. Adaptiv korrektor/ kompensatorlar signalning belgilararo buzilishlari va signallarning qabul qilish hamda uzatish apparaturasi benuqson emasligi keltirib chiqaradigan amplituda va faza buzilishlarini to'g'rilash (korreksiyalash) uchun qo'llaniladi.1
91qo‘lyozma matnini tanish qo‘lyozma matnini ramzlarni kodlar ketma- ketligiga aylantirish texnologiyasi. qo‘lyozma matnini tanish, matnni skaner yoki yorug‘lik perosi yordamida axborot tizimiga kiritish imkonini beradi. Jipslashgan matnni tanish dasturiy ta’minotdan qo‘lyozmaning uzluksiz chizig‘ini ayrim ramzlariga ajratishni talab qiladi. Bu oson masala emas, vahalanki, qo‘lyozmaning o‘zi yakka ma’noli emas. Bunda, lug‘atlarni ishlatish qo‘l keladi. O‘qiydigan tizimlar ham mavjud bo‘lib, ular har bir foydalanuvchiga 25-35 so‘zni yozib berishni taklif qiladi. Tizim yozilganlarni o‘rganadi va mazkur foydalanuvchi qo‘lyozmasini taniy oladi. 1
92adaptiv taxminlash bilan kodlashHar bir keyingi sanoq, avvalgi sanoqlar qiymatlarining chiziqli funksiyasi va tegishli vazn koeffitsientlariga ko'paytmalari sifatida ifodalanadigan, bashoratlashga asoslangan nutqni kodlash usuli.1
93qo‘llanma Ma’lum foydalanish sohasida ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi jami dasturlar. 1
94addonqo'shimcha, plagin1
95qo‘riqlanadigan axborot Mulkdorlik predmeti bo‘lgan axborot. U huquqiy hujjatlar asosida yoki axborot mulkdori tomonidan o‘rnatilgan talablarga binoan muhofaza qilishi zarur. 1
96ajrata olishTasvirning ravshanligi va tozaligini anglatuvchi atama. Odatda, monitorlar, printerlar, skanerlar va grafik tasvirlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Monitorlar, printerlar, skanerlar va boshqa kiritish- chiqarish qurilmalari odatda yuqori, o'rta va past ajrata olish ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi.1
97qo‘shilish Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq ma’lumotlar oqimini birlashtirish. 1
98ajratiladigan muhitlarFoydalanuvchilarning an'anaviy kommutatsiya- lanadigan texnika vositalarisiz umumiy aloqa liniyasidan jamoaviy foydalanishini ta'minlovchi texnologiya. Atama ma'lumotlar uzatish umumiy muhiti kompyuterlarni o'zaro bog'lovchi ko'p sonli alohida liniyalarning o'rnini egallagan, lokal tarmoqlarga taalluqli. So'nggi yillarda ajraladigan muhitning etakchi rolidan voz kechish tendensiyasi namoyon bo'lmoqda. Bu tarmoqda alohida liniyalar ulanadigan kommutatsiyalanadigan uzellarni kiritish yoki paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarga (ATM va boshqa) o'tish bilan bog'liq.1
99halqa tarmog‘i O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. SHu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. YUqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa ta’minlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. 1
100ajratiladigan muhitlar topologiyasiMa'lumotlar uzatishning aynan bitta liniyasidan tarmoqning barcha abonentlari navbatma-navbat foydalanadigan topologiya. Bunday topologiyaga xos misollar ? shina yoki halqa tuzilmasiga ega tarmoqlardir.1