So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 21-40 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
21auditTashkilotni va axborotni muhofazalash samaradorligining o'rnatilgan talablarga va me'yorlarga mosligini aniqlashga qaratilgan maxsus tekshiruv1
22AKT xavfsizligi siyosatiTashkilot va uning AKT doirasida aktivlarni, shu jumladan, kritik axborotni boshqarish, himoyalash va taqsimlashni belgilovchi qoidalar, ko'rsatmalar, amaliyot1
23amaliy pog'ona shlyuziTarmoqlararo ekranni (brandmauerni) amalga oshirish usullaridan biri. Mualliflashgan mijoz bilan tashqi xostning bevosita o'zaro ishlashiga yo'l qo'ymaydi. Barcha kirish va chiqish paketlarini filtrlash OSI etalon modelining amaliy pog'onasida amalga oshiriladi. qo'llanmalar bilan bog'liq vositachi-dasturlar TCP/IP aniq xizmatlari generatsiyalayotgan axborotni shlyuz orqali qayta yo'naltiradi.1
24axborot kollapsiTarmoqdagi axborot makonining barqarorligi va normal faoliyatiga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan taxmin qilingan holati. Aloqa kanallari o'tkazish qobiliyatining keskin pasayishi bilan tavsiflanadi. Mavjud texnologiyalar ko'payib borayotgan trafik hajmlarini uzata olmaydigan holatda paydo bo'ladi.1
25aliasTarmoq nomi, manzil, URL sinonimi. Agarda ikkita tashqi ko'rinishdan farqli manzil bitta hujjatga ishorat qilayotgan bo'lsa, ushbu manzillar aliaslardir.1
26termometrTana haroratini o'lchash uchun ishlatiladigan qurilma2
27autentlikSub'ekt yoki resurs e'lon qilinganlar bilan bir xil ekanligini kafolatlovchi xususiyat. Autentlik foydalanuvchilar, jarayonlar, tizimlar va axborot kabi ob'ektlarga qo'llaniladi. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri.1
28akkauntSo'zma-so'z tarjimasi ? ?qayd yozuvi?. Kompyuterda saqlanaladigan foydalanuvchi tavsifi. Odatda, u foydalanuvchining tarmoqdagi nomi, haqiqiy nom, parol, foydalanuvchi huquqlari va uy katalogining nomidan (agarda u bor bo'lsa) tarkib topadi1
29aniq sinxronizatsiyaSinxronlash tartiboti bo'lib, qabul qilinadigan kirish signali va demodulyasiyalangan chiqish signali kattaligi qabul qilinayotgan signalning bitta belgisi davomiyligidan ancha kichik bo'lgan juda qisqa vaqt intervali ichida sinxronlanadi.1
30anti-aliaslashsilliqlash1
31avtokorrelyasion funksiyaSignalning avtokorrelyasion xossalarini tavsiflovchi funksiya. Avtokorrelyasion funksiya cho'qqisi maksimal, yon yaproqlarining pog'onasi minimal bo'lgan signal yaxshi avtokorrelyasion xossalarga ega hisoblanadi.1
32asosiy polosa kanaliSignal modulyasiya qilinmasdan uzatiladigan fizik kanal. Eng sodda vositalar: o'ralgan juft yoki yassi ekranlanmagan kabel asosida yaratiladi. Ko'rilayotgan kanalning nomi asosiy polosa signali, ya'ni modulyasiyasiz, asosiy polosada (kenglikda) uzatilayotgan signal nomidan kelib chiqqan.1
33aloqaning buzilish ehtimolligiSignal darajasining o'rnatilgan minimal pog'onasidan pastga tushish ehtimolligi. Agar ushbu shart ish vaqtining berilgan qismi davomida bajarilsa, masalan, aloqa seansining 95 foizida signal darajasi o'zgarmasdan saqlansa, aloqa ishonchli deb hisoblanadi.1
34abonentlarni ro'yxatga kiritishro'yxatga kiritish1
35axborot tizimlarini klonlashReplikant-dasturlar asosida yangi axborot tizimlarini qurish. Tizimlar axborot ifodalashning yagona standartlariga mos keladigan, kesishib o'tadigan ma'lumotlar bazasiga, umumiy izlovchi tizimga, o'xshash interfeyslarga ega bo'ladi1
36antennaRadiochastota signallarini uzatish va/ yoki qabul qilib olish uchun mo'ljallangan qurilma. Antennalar alohida chastota uchun ishlab chiqilib, odatda dizayni, tuzilishi va joylashishi bo'yicha farq qiladi. Masalan, mobil telefonlarda antenna ichiga o'rnatilgan (apparat qobig'i ichida yashirilgan) yoki tashqi (qobiq chegaralaridan tashqari chiquvchi) bo'lishi mumkin.1
37axborot jinoyatchiligiqonunda ko'zda tutilgan shaxs, tashkilotlar yoki davlat huquqlarini buzuvchi g'ayri qonuniy harakatlar. Bunda jamiyatning axborot sohasidagi qonuniga zid o'laroq, shaxs, tashkilot va davlatga ma'naviy yoki moddiy zarar etkazilishi nazarda tutilgan.1
38addonqo'shimcha, plagin1
39aloqa seansiqo'llanma, qurilma, kompyuter yoki tarmoq tugunlari orasida ma'lumotlarni uzatish uchun aloqa o'rnatish, undan foydalanish va uni tugatish jarayoni.1
40alfa-kanalqisman shaffoflik effektini yaratish maqsadida tasvirni fon bilan birlashtirish jarayoni. Alfa-kanal atamasi birinchi bor 1970-yillar oxirlarida Alvi Smit tomonidan kiritilgan. GIF formati oddiy binar shaffoflikni qo'llaydi (ya'ni, har bir piksel yoki butunlay shaffof bo'lishi ham, yoki butunlay shaffof bo'lmasligi ham mumkin). PNG formati qisman shaffoflikning 254 yoki 65534 darajasini qo'llashga imkon beradi.1