So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 261-280 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
261axborot tarmog'iAloqa kanallari bo'yicha ma'lumotlarni uzatish va ularga ishlov berish uchun dasturli- texnikaviy vositalar majmui1
262axborot tashuvchisiJismoniy shaxs yoki moddiy ob'ekt. Moddiy ob'ekt jumlasiga axborot ramzi, timsol, signal, texnik echimlar va jarayonlar shaklida aks ettirilgan moddiy ob'ekt, shu jumladan fizik maydonlar kiradi.1
263axborot texnologiyasi1 Axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar. (qonun) 2 Ma'lumotlarni to'plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish va ulardan foydalanish jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yo'llari, usullari va uslublari. 3 Hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli vositalarga ishlov berishning jami uslublari, yo'llari, usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan tartibi. 4 Inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda axborot jarayonlarini amalga oshirishning jami usullari. 5 Insonlar tomonidan axborotni yig'ish, saqlash, ishlov berish va tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlari. Keng ma'noda axborot texnologiyasi misoli sifatida idora cho'tidan foydalanish va kitoblarni bosishni ko'rsatish mumkin. Tor ma'noda axborot texnologiyasi atamasi axborotga ishlov berish uchun ushbu axborotdan foydalanuvchi jarayonlarning sermehnatligini kamaytirish va ularning ishonchliligini va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy elektron texnikasidan foydalanish bilan bog'liq.1
264axborot tizimi1 Axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. (qonun) 2 Tashkiliy (jumladan, axborot jarayonlarini amalga oshiruvchi hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalangan holda) tartibga solingan jami hujjatlar (hujjatlar massivlari) va axborot texnologiyalari. 3 Bir butunni tashkil qiluvchi tartibga solingan jami axborot texnologiyalari, ob'ektlar va ular orasidagi munosabatlar. Ob'ektlar sifatida axborot tizimi tarkibiga aniq axborot jarayonini bajarish uchun kerakli xodimlar, axborot, moddiy- texnikaviy va boshqa resurslar kirishi mumkin. 4 Tartibga solingan funksional nuqtai nazardan o'zaro bog'liq jami dasturiy-apparat vositalari va axborotni to'plash, unga ishlov berish, saqlash va uzatish texnologiyalari. 5 Axborotni yig'ish, saqlash va unga ishlov berish bilan bog'liq bo'lgan istalgan tizim. SHu nuqtai nazardan tizimlashtirilgan kartoteka ham, ma'lumotlar banki ham axborot tizimi hisoblanadi. 6 Foydalanuvchilar (inson va dasturlar) so'rovi bo'yicha axborotni saqlash, izlash va berish uchun mo'ljallangan hisoblash tizimi. Odatda axborot tizimi o'z ichiga katta va murakkab ma'lumotlar bazalari va bilimlar bazalarini olib, bir necha tashkilot foydalanuvchilarini axborot bilan ta'minlaydi.1
265axborot tizimlarini klonlashReplikant-dasturlar asosida yangi axborot tizimlarini qurish. Tizimlar axborot ifodalashning yagona standartlariga mos keladigan, kesishib o'tadigan ma'lumotlar bazasiga, umumiy izlovchi tizimga, o'xshash interfeyslarga ega bo'ladi1
266axborot urushi1 Dushman axboroti, axborotga asoslangan jarayonlar va axborot tizimlariga zarar etkazish harakatlari. Ayni paytda o'z axboroti, axborotga asoslangan jarayonlari va axborot tizimlarini muhofaza qilish orqali axborot ustunligiga erishish ko'zlanadi. 2 Tizimlarning moddiy, harbiy, siyosiy yoki mafkuraviy sohada ma'lum yutuqqa erishishga qaratilgan bir-biriga ochiqdan- ochiq yoki yashirincha qarshi qaratilgan axborot hujumlari.1
267axborot vositachisiBoshqa shaxs nomidan elektron hujjatlarni jo'natuvchi, oluvchi yoki saqlovchi, yoki ushbu hujjatlarga nisbatan boshqa xizmatlar ko'rsatuvchi shaxs.1
268axborot xavfsizligi1 Axborotning uning egasiga zarar keltiradigan tasodifan yoki qasddan qilingan tahdidlarga (xavf-xatarlarga) chidamliligining umumlashgan xossasi. 2 Axborotning holati. Bu holat axborot tashuvchisining (axborotlashtirish ob'ekti, ma'lumotlarni uzatish tarmog'i va boshqalarni) uni qayta ishlash, saqlash va uzatishda axborotning konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik kabi xususiyatlarga ega bo'lib qolishini ta'minlash qobiliyati bilan tavsiflanadi. 3 Axborotning chiqib ketishi, soxtalashtirilishi, nusxa olinishi, o'zgartirilishi, oshkor bo'lishi, buzilishi, qamal qilinishiga olib keluvchi beruxsat tasodifan yoki qasddan qilingan amallardan muhofazalanganligi. Konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik axborot xavfsizligining tavsifnomasi bo'lib hisoblanadi. 4 Axborot munosabatlari sub'ektiga zarar etkazish mumkinligi bilan bog'liq bo'lgan xavf ehtimolining yo'qligi. 5 Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatning axborot sohasida muhofaza qilinganlik holati. 6 Axborot xavfsizligi uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat: konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik osonligi. Konfidensiallik nozik axborotni ruxsatsiz olishdan muhofaza qilishga tegishli. Butunlik axborot va dasturli ta'minotning aniqligi va to'liqligini muhofaza qilishni bildiradi. Kirishimlilik osonligi ? bu axborot va asosiy xizmatlarning foydalanuvchi uchun kerakli paytda foydalanish osonligini ta'minlash. 7 Axborot va qo'llab-quvvatlovchi infratuzilmaning muhofaza qilinganligi. Bunda tasodifan yoki atayin qilingan, tabiiy yoki sun'iy tavsifga ega bo'lgan va axborot va qo'llab-quvvatlovchi infratuzilma egasi yoki foydalanuvchilariga zarar etkazishi mumkin bo'lgan ta'sirlardan muhofazalash nazarda tutilgan.1
269axborot xavfsizligi konsepsiyasiDavlat axborot xavfsizligi konsepsiyasi - milliy manfaatlar xavfsizligini ta'minlashning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari va asosiy yo'nalishlariga qarashlarning jami. Davlat axborot xavfsizligi konsepsiyasida axborot xavfsizligini ta'minlashning ob'ektlari, maqsadlari, vazifalari va mavjud muammolar belgilanadi. Tashkilot axborot xavfsizligi konsepsiyasi ? tashkilotning axborot xavfsizligi sohasidagi umumiy ko'rinishdagi maqsadlari va prioritetlari ko'rsatilgan va ushbu maqsadlarga erishishning umumiy yo'llari belgilangan hujjat1
270axborot xavfsizligi mezoniTurli xavf-xatar faktorlari ta'siriga nisbatan axborot xavfsizligini tavsiflovchi mezon.1
271axborot xavfsizligi ob'ektiAxborot sohasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligi sub'ektlarining huquq va erkinliklari; axborot resurslari; axborot infratuzilmasi.1
272axborot xavfsizligi sub'ektiAxborot xavfsizligi sub'ektlariga davlat organlari ko'rinishidagi davlat, yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar kiradi.1
273axborot xavfsizligini ta'minlashFoydalanuvchining axboroti muhofazasiga qo'yilgan me'yor va talablarni bajarish. Bunda qoidabuzarning telekommunikatsiya tarmog'i ob'ektlariga va ularda aylanib yuradigan axborotga ma'lum ta'sirlaridan muhofazalash nazarda tutiladi.1
274axborot xizmatlari1 Foydalanuvchiga axborot mahsulotini etkazish bo'yicha ma'lum shaklda amalga oshiriladigan axborot faoliyati. 2 Sub'ektlar (mulkdorlar va egalar)ning foydalanuvchilarni axborot mahsulotlari bilan ta'minlash bo'yicha harakatlari. 3 Foydalanuvchilar ixtiyoriga ularga kerakli axborot mahsulotlarini hujjatli yoki elektron shaklda taqdim etish, shuningdek, foydalanuvchilarga tegishli axborot yoki axborot mahsulotlarini axborot tarmoqlari bo'ylab tarqatish.1
275axborotdan foydalanish1 Axborot bilan tanishish, unga ishlov berish, jumladan, ko'chirish, o'zgartirish yoki o'chirish. 2 Sub'ektning axborot bilan tanishish imkoni. SHuningdek, texnik vositalar yordamida tanishish ham nazarda tutiladi. 3 Axborot bilan tanishish yoki unga qayta ishlash imkoniga ega bo'lish.1
276axborotdan foydalanish sub'ekti1 Axborot jarayonlarida huquqiy munosabatlar ishtirokchisi. 2 Harakatlari foydalanishni cheklash qoidalari bilan tartibga solingan ixtiyoriy shaxs yoki jarayon.1
277axborotlashtirish1 Yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy- texnikaviy jarayoni. (qonun) 2 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish va bilim hamda axborotni tarqatish jadal jarayoni. 3 Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha sohalarida axborot va bilimlardan foydalanish samaraliligini oshirish, fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborot ehtiyojlarini qondirish va axborot jamiyatiga o'tish uchun sharoitlar yaratish maqsadida AKTdan keng ko'lamli foydalanish jarayoni. 4 Davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslariga ishlov berish va foydalanuvchiga hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni amalga oshiruvchi axborot tizim va tarmoqlari asosida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g'risidagi ma'lumotlarni olish ehtiyojlarini qondirishning ijtimoiy- iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni1
278axborotlashtirish ob'ektiBerilgan axborot texnologiyalariga muvofiq ishlatiladigan, axborot resurslari, vositalari va axborotga ishlov berish tizimlari, ko'makchi texnika vositalari, ular o'rnatilgan binolar yoki ob'ektlar (imoratlar, inshootlar, texnika vositalari), yoki maxfiy muzokaralarni olib borish uchun mo'ljallangan binolar va ob'ektlar majmuasi.1
279axborotlashtirish vositalariJamiyatni axborotlashtirish jarayonida foydalaniladigan asbobiy, apparat va dasturiy vositalar, shuningdek axborot texnologiyalari1
280axborotlashtirishning texnik- texnologik asosiIstiqbolli axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari, hisoblash va telekommunikatsiya texnikasi vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish sohalarining va shu sohaga xizmat ko'rsatuvchi ilmiy tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari va korxonalarining majmui hamda shu sohaning mutaxassis xodimlari.1