So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 261-280 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
261halqasimon tekshiruv uchun test Halqasimon tekshiruv rejimida ishonchlilikni baholashda foydalaniladigan test ketma-ketligi. Ishonchlilikni baholash uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketlikni taqqoslash hamda sinovlarni o‘tkazishning butun davrida aniqlangan xatolar sonini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 1
262axborot asosida o'zaro ishlashMa'lumotlar (axborot) oluvchilardan kamida birining bilimi o'zgarishiga olib keluvchi ma'lumotlar (axborot) almashish jarayoni. Tirik va texnik tizimlarda axboriy aloqada o'zaro ishlashlarning murakkab pog'onalar shajarasi mavjud bo'lib, ular ko'pincha ikkita sxemaga asoslanadi: - uzatuvchi ? kodlash qurilmasi ? aloqa kanali ? dekodlash qurilmasi ? qabul qiluvchi (K.SHennonning an'anaviy sxemasi); - N.Vinerning boshqaruv sxemasi, unda to'g'ri axborot oqimi bilan birga teskari, ya'ni boshqarilayotgan ob'ekt (tizim) haqidagi axborotni uzatuvchi oqim ham mavjud bo'ladi. Amaliy masalalarni echishda foydalanuvchilar orasida axboriy aloqada o'zaro ishlashlari uchun oqilona sharoitlarni yaratish aslida Internetning asosiy vazifasidir.1
263hammabop elektron savdo maydonchasi Har xil sotuvchilar tomonidan boshqariladigan va turli tuman mahsulotlar hamda xizmatlarni tarqatadigan elektron do‘konlar majmuasi. 1
264axborot balansiAxborotning miqdor va sifat turlarining muayyan muvozanati. U axborot makonining uyg'unlik holatini belgilaydi.1
265harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlar guruhi Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983 yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993 yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995 yilda DVD raqamli videodisk pleerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. 1
266axborot biznesiJamiyatning ish faoliyatidagi yangi yo'nalish. U axborot bozorida savdo va oraliq vazifalarini amalga oshirish, shuningdek jamiyatni ommaviy axborotlashtirish vositalarini ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, ijaraga berish, sug'urta qilish, moliyaviy va ish kuchi bilan ta'minlashlarni tashkil qilish bilan bog'liq.1
267harfli-raqamli kodlash Harflar, sonlar va alfavitning boshqa ramzlaridan tashkil topgan koddan foydalanib kodlash. 1
268axborot bozori1 Jamiyatda iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy munosabatlar tizimi. U axborot texnikasi vositalari, axborot texnologiyalari, axborot mahsulotlari savdosini hamda foydalanuvchilarga tijorat asosida axborot xizmatlari ko'rsatishni ta'minlaydi. 2 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori.1
269haqiqiy vaqt Jarayon sodir bo‘layotgan vaqt muddati. Haqiqiy vaqt ob’ektning kirish signallariga yoki ma’lumotlarga javoban shunday ta’sirlanishini belgilaydiki, bu holda u chiqish signalarini yoki ma’lumotlarni etarlicha tez ishlab chiqishga ulguradi. Shu asosda haqiqiy vaqt tizimlari quriladi, haqiqiy vaqtda analitik ishlov berish bajariladi. 1
270axborot bozori makoniAxborot texnologiyalariga asoslangan va ular tomonidan boshqariladigan bozorlar.1
271haqiqiy vaqt tili Haqiqiy vaqt rejimida ishlaydigan tizimlar jarayonlarini tavsiflash uchun foydalaniladigan maxsus til. Haqiqiy vaqt tillariga ADA va Modula tillari kiradi. 1
272axborot buzilishiKompyuter yoki tashuvchi xotirasida saqlanayotgan axborotni o'chirish1
273haqiqiylikni tekshirish Shaxs yoki ob’ekt haqiqiyligini tekshirish jarayoni. Masalan, foydalanuvchi haqiqiyligini tekshirish uchun foydalanuvchining ismi va paroli kerak bo‘lishi mumkin. 1
274axborot but saqlanganligiAxborotning, uning mazmunining o'zgarmasligi va uning butun mavjudlik vaqti davomida tasodifiy yoki atayin qilingan ta'sirlar sharoitida bir xil ma'noda talqin qilinishini nazarda tutuvchi xususiyati.1
275hisobdorlik Tizim sub’ektlari faoliyatini nazorat qilish va ma’lum harakatlar uchun javobgarlikni o‘rnatish uchun ularni individual identifikatorlar bilan bog‘lashga imkon beruvchi tizim xususiyati. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri. 1
276axborot butunligi1 Axborot va uni tashuvchining holati. Butun axborot va uning alohida tarkibiy qismlari bo'linmasligini ta'minlash hamda ularni ruxsatsiz qasddan yo'q qilish, buzib talqin qilish, sizib chiqib ketish, o'g'irlash, qalbakilashtirish va almashtirib qo'yishni, oldindan bartaraf qilishni nazarda tutiladi. 2 Hisoblash texnikasining yoki avtomatlashtirilgan tizimning tasodifiy va (yoki) qasddan g'alati qilib qo'yish (barbod qilish) sharoitida, axborotning o'zgarmay qolishini ta'minlash qobiliyati. Axborot butunligini ta'minlash uchun uch uslubdan foydalaniladi: - yopiq kanallarni yaratish; - marshrutlashni kuzatib borish; - ma'lumotlardan foydalanishni boshqarish. Butunlik kriptografiya yordamida ham ta'minlanishi mumkin. Bundan tashqari boshqa usullar ham mavjud. Masalan, chop etilgan ma'lumotlarga elektron imzo qo'shib qo'yish, ma'lumotlarni takrorlash, nazorat qiymatini qo'shib qo'yish.1
277hisoblash jarayoni Kompyuterda vazifalarni bajarish jarayoni. 1
278axborot vositachisiBoshqa shaxs nomidan elektron hujjatlarni jo'natuvchi, oluvchi yoki saqlovchi, yoki ushbu hujjatlarga nisbatan boshqa xizmatlar ko'rsatuvchi shaxs.1
279hisoblash majmui Yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan ikki yoki undan ko‘p kompyuterlar majmui 1
280axborot jamiyatiZamonaviy sivilizatsiyaning rivojlanish darajasi. Axborot va bilimlar rolining jamiyat hayotida, jami ichki mahsulotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar ulushining ortishi, insonlarning o'zaro samarali o'zaro axboriy aloqada ishlashini ta'minlovchi global axborot makonining yaratilishi, ularning dunyo axborot resurslariga ulanishi va ularning axborot mahsulotlariga va xizmatlariga bo'lgan ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarining qondirilishi bilan tavsiflanadi1