So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 241-260 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
241qurilma fayli qurilma fayli dasturiy ta’minotga standart qirish/chiqish tizim chaqiruvlari orqali qurilma drayveri bilan aloqada bo‘lishga imkon berib, ko‘plab vazifalarni soddalashtiradi. 1
242auditoriyaTashrifchilarning umumiy ta'rifi. Ular uchun muayyan sayt, portal yoki Internetning boshqa resursi mo'ljallangan. Resursni namoyish etish uslubi auditoriya xususiyatiga bog'liq, auditoriya hajmi esa Internet loyihasi muvaffaqiyatining muhim o'lchovidir.1
243qurolsizlantirilgan zona Axborot perimetri himoyasini ta’minlash texnologiyasi. Unda tashqi tarmoqdan kelgan so‘rovlarga javob beruvchi yoki u erga so‘rovlarni yuboruvchi serverlar tarmoqning alohida DMZ segmentida joylashgan bo‘lib, ularning asosiy segmentlarga kira olishi tarmoqlalaro ekran yordamida cheklangan. Bunda ichki va tashqi tarmoq orasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri ulanishlar mavjud bo‘lmaydi – barcha ulanishlar faqat DMZdagi serverlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu serverlar so‘rovlarga ishlov berib va o‘z so‘rovlarini yaratib, javobni qabul qiluvchiga o‘z nomidan yuboradi. 1
244autentifikatsiya1 Ob'ektning e'lon qilingan bir xilligini tekshirish jarayoni. 2 Sub'ekt taqdim etgan aynanlovchi (identifikator) unga tegishliligini, haqiqiyligini tekshirish. 3 Foydalanuvchi tizimdan foydalanish uchun kiritgan qayd etilgan axborotning to'g'riligini tekshirish tartibi. Autentifikatsiya resurslardan foydalanish huquqlarini va tizimda amallarni bajarish huquqlarini majburan cheklash uchun qo'llaniladi.1
245qurt Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari yoki kompyuter tarmoqlari orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan muxtor dastur. qurtlar xotira, xotira qurilmalari yoki ma’lumotlarga ishlov berish vaqti kabi mavjud resurslarni kamaytirish uchun yaratiladi. 1
246autentlikSub'ekt yoki resurs e'lon qilinganlar bilan bir xil ekanligini kafolatlovchi xususiyat. Autentlik foydalanuvchilar, jarayonlar, tizimlar va axborot kabi ob'ektlarga qo'llaniladi. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri.1
247qo‘lga kiritish Aloqa kanallari bo‘ylab uzatiladigan axborotni ruxsatsiz, shu jumladan, ishlab turgan radioelektron vositalarning nomaqbul nurlanishlarini qabul qilish hisobiga ajratib olish bilan bog‘liq har qanday harakat. 1
248axboriy yondashuvIlmiy bilishning tag-zaminli uslubi. Uning ma'nosi shundaki, tabiat va jamiyatdagi xohlagan ob'ekt, jarayon yoki hodisani o'rganayotganda birinchi navbatda ularning faoliyati va rivojlanishini belgilovchi eng namunali axborot xususiyatlari aniqlanib tahlil qilinadi.1
249qo‘lyozma matnini tanish qo‘lyozma matnini ramzlarni kodlar ketma- ketligiga aylantirish texnologiyasi. qo‘lyozma matnini tanish, matnni skaner yoki yorug‘lik perosi yordamida axborot tizimiga kiritish imkonini beradi. Jipslashgan matnni tanish dasturiy ta’minotdan qo‘lyozmaning uzluksiz chizig‘ini ayrim ramzlariga ajratishni talab qiladi. Bu oson masala emas, vahalanki, qo‘lyozmaning o‘zi yakka ma’noli emas. Bunda, lug‘atlarni ishlatish qo‘l keladi. O‘qiydigan tizimlar ham mavjud bo‘lib, ular har bir foydalanuvchiga 25-35 so‘zni yozib berishni taklif qiladi. Tizim yozilganlarni o‘rganadi va mazkur foydalanuvchi qo‘lyozmasini taniy oladi. 1
250axboriy tabaqalanish1 Eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda bir xil imkoniyatlar yo'qligidan kelib chiqqan ijtimoiy tabaqalanishning yangi turi. 2 Axborot tuzilmalari, vositalari va ularning fuqarolar orasida tekis taqsimlanish jarayonlari taqdirini fuqarolik huquqlari va farovonlik masalalari bilan bog'lovchi tamoyillarni qo'llab-quvvatlovchilar uchun tavsif atamasi. 3 Sivilizatsiya rivojlanishining yangi muammosi. Uning mazmuni shundaki, jamiyatni axborotlashtirish jarayonida paydo bo'layotgan yangi yuqori avtomatlashtirilgan axborot muhitidan foydalanish imkoniyatlarining jahon hamjamiyatining alohida kishilari, tashkilotlari, mintaqalari va mamlakatlari uchun bir xil darajada bo'lmasligidir.1
251qo‘llanma Ma’lum foydalanish sohasida ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi jami dasturlar. 1
252axboriy-huquqiy munosabatAxboriy-huquqiy me'yor bilan tartibga solingan axboriy ijtimoiy munosabat. Munosabat tomonlari axboriy-huquqiy me'yor bilan belgilangan va kafolatlangan o'zaro huquq va majburiyat tashuvchilari sifatida qatnashadi.1
253qo‘riqlanadigan axborot Mulkdorlik predmeti bo‘lgan axborot. U huquqiy hujjatlar asosida yoki axborot mulkdori tomonidan o‘rnatilgan talablarga binoan muhofaza qilishi zarur. 1
254axboriy-huquqiy munosabatlar matritsasiqatorlari predmet sohalarida axborot jarayonlarini belgilovchi jadval: axborot, axborot resurslari, axborot mahsulotlari, axborot xizmatlarini izlash, olish va iste'mol qilish; ularni ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash; axborot tizimlari, ularning tarmoqlari, ularni ta'minlash vositalarini yaratish va qo'llash; axborot xavfsizligi mexanizmlarini yaratish va qo'llash. Matritsa ustunlari huquq toifalarini ko'rsatadi: huquq, huquqning cheklanishi, majburiyat, mas'uliyat. qator va ustunlar kesishgan joyda ushbu huquq toifalarida axborot jarayonlarida paydo bo'ladigan axborot munosabatlari ro'yxatlari keltiriladi.1
255qo‘shilish Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq ma’lumotlar oqimini birlashtirish. 1
256axboriy-huquqiy normalarAxborot sohasida axborot huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish va axborotning aylanishida axborot jarayonlarining amalga oshirilishi tufayli paydo bo'luvchi ijtimoiy munosabatlarning alohida guruhlarini tartibga soladi.1
257halqa tarmog‘i O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. SHu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. YUqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa ta’minlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. 1
258axboriy-huquqiy tizimKompyuterga o'rnatiladigan va maxsus dasturiy majmua yordamida turli izlash vazifalarini (aktlarni hujjat nomi, qabul qilingan sanasi, me'yoriy akt turi va h.k. bo'yicha izlash) bajarishi mumkin bo'lgan huquqiy axborotning avtomatlashtirilgan ma'lumotlar banki. Zamonaviy axboriy- huquqiy tizimlar odatda dasturiy qobiq va unga qo'shiladigan ma'lumotlar bazalaridan (masalan, huquq sohalari bo'yicha) iborat bo'ladi.1
259halqali tekshirish Raqamli axborotning ishonchliligini “shleyf” bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha ma’lumotlar oqimini retranslyasiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. 1
260axborot1 Taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma'lumotlar. 2 Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob'ektlar haqidagi bilim (ma'lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar. 3 Ma'lum xos matnda aniq ma'noga ega bo'lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob'ektlar haqidagi bilim (ma'lumotlar). 4 qiziqish uyg'otishi mumkin bo'lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo'lgan jami dalil va ma'lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to'lovlar, dars jadvali, o'lchash majmualarining er va fazo stansiyasi o'rtasidagi masofa to'g'risidagi xabarlar va h.k. axborot bo'lishi mumkin. Hisoblash mashinasi ishi uchun zarur bo'lgan axborot qayta ishlanishi lozim bo'lgan ma'lumot va dasturdan iborat bo'lib, dastur ushbu ma'lumotlar bilan nima va qaysi tartibda bajarilishi lozimligini belgilaydi (yoki foydalanuvchiga belgilash imkonini beradi). Axborot nur, tovush va radio to'lqinlari, elektr toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog'ozdagi belgilar shaklida yaratilishi va tashilishi mumkin. Umuman olganda, xohlagan moddiy tuzilma yoki energiya oqimi axborotni tashishi mumkin. Axborotdan foydalanish ko'lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. 5 Turli ob'ektlarning o'zaro ishlashida ro'y beruvchi aks etish jarayonining aktiv harakatlarni ta'minlash uchun yaroqli natijalari. SHuningdek, birov, biror narsa to'g'risidagi ma'lumotlar. 6 Aks etgan xilma-xillik.1