So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 221-240 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
221axboriy-huquqiy tizimKompyuterga o'rnatiladigan va maxsus dasturiy majmua yordamida turli izlash vazifalarini (aktlarni hujjat nomi, qabul qilingan sanasi, me'yoriy akt turi va h.k. bo'yicha izlash) bajarishi mumkin bo'lgan huquqiy axborotning avtomatlashtirilgan ma'lumotlar banki. Zamonaviy axboriy- huquqiy tizimlar odatda dasturiy qobiq va unga qo'shiladigan ma'lumotlar bazalaridan (masalan, huquq sohalari bo'yicha) iborat bo'ladi.1
222axborot1 Taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma'lumotlar. 2 Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob'ektlar haqidagi bilim (ma'lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar. 3 Ma'lum xos matnda aniq ma'noga ega bo'lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob'ektlar haqidagi bilim (ma'lumotlar). 4 qiziqish uyg'otishi mumkin bo'lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo'lgan jami dalil va ma'lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to'lovlar, dars jadvali, o'lchash majmualarining er va fazo stansiyasi o'rtasidagi masofa to'g'risidagi xabarlar va h.k. axborot bo'lishi mumkin. Hisoblash mashinasi ishi uchun zarur bo'lgan axborot qayta ishlanishi lozim bo'lgan ma'lumot va dasturdan iborat bo'lib, dastur ushbu ma'lumotlar bilan nima va qaysi tartibda bajarilishi lozimligini belgilaydi (yoki foydalanuvchiga belgilash imkonini beradi). Axborot nur, tovush va radio to'lqinlari, elektr toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog'ozdagi belgilar shaklida yaratilishi va tashilishi mumkin. Umuman olganda, xohlagan moddiy tuzilma yoki energiya oqimi axborotni tashishi mumkin. Axborotdan foydalanish ko'lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. 5 Turli ob'ektlarning o'zaro ishlashida ro'y beruvchi aks etish jarayonining aktiv harakatlarni ta'minlash uchun yaroqli natijalari. SHuningdek, birov, biror narsa to'g'risidagi ma'lumotlar. 6 Aks etgan xilma-xillik.1
223axborot asosida o'zaro ishlashMa'lumotlar (axborot) oluvchilardan kamida birining bilimi o'zgarishiga olib keluvchi ma'lumotlar (axborot) almashish jarayoni. Tirik va texnik tizimlarda axboriy aloqada o'zaro ishlashlarning murakkab pog'onalar shajarasi mavjud bo'lib, ular ko'pincha ikkita sxemaga asoslanadi: - uzatuvchi ? kodlash qurilmasi ? aloqa kanali ? dekodlash qurilmasi ? qabul qiluvchi (K.SHennonning an'anaviy sxemasi); - N.Vinerning boshqaruv sxemasi, unda to'g'ri axborot oqimi bilan birga teskari, ya'ni boshqarilayotgan ob'ekt (tizim) haqidagi axborotni uzatuvchi oqim ham mavjud bo'ladi. Amaliy masalalarni echishda foydalanuvchilar orasida axboriy aloqada o'zaro ishlashlari uchun oqilona sharoitlarni yaratish aslida Internetning asosiy vazifasidir.1
224axborot balansiAxborotning miqdor va sifat turlarining muayyan muvozanati. U axborot makonining uyg'unlik holatini belgilaydi.1
225axborot biznesiJamiyatning ish faoliyatidagi yangi yo'nalish. U axborot bozorida savdo va oraliq vazifalarini amalga oshirish, shuningdek jamiyatni ommaviy axborotlashtirish vositalarini ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, ijaraga berish, sug'urta qilish, moliyaviy va ish kuchi bilan ta'minlashlarni tashkil qilish bilan bog'liq.1
226axborot bozori1 Jamiyatda iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy munosabatlar tizimi. U axborot texnikasi vositalari, axborot texnologiyalari, axborot mahsulotlari savdosini hamda foydalanuvchilarga tijorat asosida axborot xizmatlari ko'rsatishni ta'minlaydi. 2 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori.1
227axborot bozori makoniAxborot texnologiyalariga asoslangan va ular tomonidan boshqariladigan bozorlar.1
228axborot but saqlanganligiAxborotning, uning mazmunining o'zgarmasligi va uning butun mavjudlik vaqti davomida tasodifiy yoki atayin qilingan ta'sirlar sharoitida bir xil ma'noda talqin qilinishini nazarda tutuvchi xususiyati.1
229axborot butunligi1 Axborot va uni tashuvchining holati. Butun axborot va uning alohida tarkibiy qismlari bo'linmasligini ta'minlash hamda ularni ruxsatsiz qasddan yo'q qilish, buzib talqin qilish, sizib chiqib ketish, o'g'irlash, qalbakilashtirish va almashtirib qo'yishni, oldindan bartaraf qilishni nazarda tutiladi. 2 Hisoblash texnikasining yoki avtomatlashtirilgan tizimning tasodifiy va (yoki) qasddan g'alati qilib qo'yish (barbod qilish) sharoitida, axborotning o'zgarmay qolishini ta'minlash qobiliyati. Axborot butunligini ta'minlash uchun uch uslubdan foydalaniladi: - yopiq kanallarni yaratish; - marshrutlashni kuzatib borish; - ma'lumotlardan foydalanishni boshqarish. Butunlik kriptografiya yordamida ham ta'minlanishi mumkin. Bundan tashqari boshqa usullar ham mavjud. Masalan, chop etilgan ma'lumotlarga elektron imzo qo'shib qo'yish, ma'lumotlarni takrorlash, nazorat qiymatini qo'shib qo'yish.1
230axborot buzilishiKompyuter yoki tashuvchi xotirasida saqlanayotgan axborotni o'chirish1
231axborot eskirishiAxborotning vaqt o'tishi bilan o'zining amaliy qiymatini yo'qotish xususiyati. U ushbu axborot aks ettiruvchi fan sohasi ahvolining o'zgarishiga bog'liq.1
232axborot foydalanuvchisi1 Axborotni yoki unga ishlov berish imkonini oluvchi sub'ekt. 2 Axborot tizimi yoki vositachiga kerakli axborot olish uchun murojaat qiluvchi yoki undan foydalanuvchi sub'ekt1
233axborot infratuzilmasi1 Axborot resurslari, jumladan axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalarini shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanish tizimi. 2 Mamlakatning axborot makoni hamda fuqarolar va tashkilotlarning axborot resurslaridan foydalanishni ta'minlovchi axboriy aloqada o'zaro ishlash vositalarining faoliyati va rivojlanishini ta'minlovchi jami tashkiliy tuzilmalar. 3 Axborot makoni tuzilmasining ushbu makonda axborot oqimlari yaratilishi va aylanishini ta'minlovchi qismi. Axborot infratuzilmasining asosiy belgilari: infratuzilma elementlarining sifatga oid va miqdoriy tarkibi; elementlarning makonda joylashishi va o'zaro aloqasi; elementlar va butun infratuzilmaning axborot samaradorligi va o'tkazish qobiliyati. Axborot infratuzilmasining asosiy elementlari: telekommunikatsiyalar; axborot tarmoqlari; axborot resurslari; axborot sohasida xizmat ko'rsatish tizimlari. qo'shimcha elementlari: axborot infratuzilmasining rivojlanishi va faoliyatini ta'minlash tizimlari.1
234axborot infratuzilmasi standartlari hay'atiVazifasi axborot tuzilmasiga doir standartlarni ishlab chiqish bo'lgan hay'at. IISP 1994 yilda AqSHda ishlab chiqarish korporatsiyalarining, assotsiatsiyalarning va konsorsiumlarning, davlat tashkilotlarining, muassasalarining standartlar ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan 80 ta vakili bo'lmish yuridik shaxslar ishtirokida tuzilgan. IISPda ko'rib chiqiladigan standartlar uch sohani qamrab oladi: ma'lumotlar xavfsizligi; axborot tarmoqlarida mualliflik huquqini muhofazalash; tarmoqlarni, shu jumladan, turli turkumdagi o'zaro harakatlarni tashkil qilish.1
235axborot inqilobi1 Axborotning asbobiy asosi, uni uzatish va saqlash usullari hamda xalqning aktiv qismi uchun foydalanish mumkin bo'lgan axborot hajmining keskin o'zgarishi. 2 XX asrning oxirgi choragida yuz bergan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyat hayotining barcha sohalariga ko'rsatgan inqilobiy ta'sirini ifodalovchi istiora. Ushbu hodisa axborot sohasidagi undan avvalgi inqilobiy ixtirolar (kitoblarni bosish, telefoniya, radio aloqasi, shaxsiy kompyuter) ta'sirlarini birlashtiradi, chunki axborotni uzatishda xohlagan masofalarni o'tish va shu tufayli insoniyatning aqliy qobiliyatlari va ma'naviy kuchlarining birlashishi uchun texnologik asos yaratadi.1
236axborot iqtisodiyotiGlobal axborotlashtirish jarayonining rivojlanishi tufayli paydo bo'lgan iqtisodiyotning yangi sektori. O'z ichiga axborotlashtirish vositalarini hamda axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish va axborot bozorini oladi.1
237axborot ishonchliligiAxborotning to'g'ri qabul qilinish xususiyati. U quyidagilar yordamida ta'minlanadi: uzatilayotgan xabarlarda voqealar ro'y berish vaqtining belgilanishi; turli manbalardan olingan ma'lumotlarning puxta o'rganilishi va taqqoslanishi; soxta informatsiyaning vaqtida fosh etilishi; buzilgan axborotning o'chirilishi va h.k.1
238axborot iste'molchisiO'z ehtiyojlarini qondirish (bilimlarni oshirish, ta'lim olish, qarorlarni qabul qilish va h.k.) maqsadida axborotga muhtoj, uni izlovchi va oluvchi shaxs yoki shaxslar1
239axborot izlashAxborot massivida oldindan belgilangan izlash sharti (so'rovi) talabini qondiruvchi yozuvlar borligini aniqlash jarayoni va agar ular mavjud bo'lsa, bunday yozuvlar joylashishini aniqlash jarayoni.1
240axborot izlash tizimiMa'lumotlar bazasi va jami axborot resurslarida axborot izlash uchun mo'ljallangan tizim.1