So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 221-240 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
221asosiy raqamli kanal64 Kbit/sekund tezlikda signallar uzatishga mo'ljallangan namunaviy raqamli kanal.1
222qator Munosabatli axborot bazasida qator biror bir jadval sxema bilan tavsiflanadigan ob’ekt atributlar yig‘imidan (kortejdan) iborat. 1
223asosiy traktga qayta ulashNosozliklar bartaraf etilgandan so'ng qurilma boshlang'ich ishchi konfiguratsiyasining tiklanishi.1
224qattiq disk Diskovodda doim mustahkamlangan qattiq magnit disk yoki disklar majmui. U yozish va o‘qish kallaklari bilan birga changdan tozalangan atmosfera bosimi ostida oddiy havo bilan to‘ldirilgan germetik yopiq korpusga solingan bo‘ladi. Diskning aylanishida uning ustida kallaklarning disk ustidan tahminan bir necha mikron balandlikda osilib turishini ta’minlovchi “havo yostig‘i” paydo bo‘ladi. IBM muhandislari o‘zlarining birinchi qattiq magnit diskda jamlovchilarini Vinchester deb atashgan. Bunga sabab qattiq diskning 30 Mbitli ikkita plastinadan (30-30) iborat bo‘lganligidir. Bu loyiha rahbari Ken Xotonga (Ken Haughton) Vinchester miltig‘ini (0,30 kalibrli ikki stvol) eslatgan. 1
225asosiy funksional profilBir necha o'zaro bog'liq pog'onalarni o'z ichiga olgan va o'zaro ta'sir sohasining faqat bir qism pog'onalari protokollari bilan belgilanadigan funksional profil. Asosiy funksional profil, uning asosida yaratiladigan to'la yoki chala funksional profilga poydevor bo'ladi, shu sababli mustaqil ahamiyatga ega emas.1
226qizil kitob 1 AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan kompyuter tarmoqlarini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma sifatida chiqarilgan kitobi. National Computer Security Center nashri. U hisoblash tarmoqlari uchun Trusted Computer System Evaluation Guidelines (TCSEC)ni ta’riflab bergan. qizil muqovali ikkita alohida kitobdan iborat. Birinchisi Trusted Network Interpretation of the Trusted Computer System Evaluation Criteria (NCSC-TG-005) nomi bilan chop etilgan va 1987 yil 31 iyulda tasdiqlangan. Ikkinchisi Trusted Network Interpretation Environments Guideline: Guidance for Applying the Trusted Network Interpretation (NCSC-TG-011) nomi bilan chop etilgan va 1990 yil 1 avgustda tasdiqlangan. 2 ITU-T X.400 Message Handling System (MHS) tavsiyanomasi elektron pochtani saqlash va jo‘natishga oid xalqaro ikkita standartning birini (ikkinchi standart - SMTP) bildiradi. U ifodalashni, uzatishni va etkazib qo‘yishni muhofazalashning turli usullarini qo‘llab- quvvatlashni ta’minlaydi. X.400 standartini uning muqovasi sababli qizil kitob deb ham atashadi. 1
227asosiy xotira qurilmasitezkor xotira qurilmasi1
228qoidabuzar modeli qoidabuzarning amaliy va nazariy imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va joyi va h.k.ni aks ettiruvchi mavhum (rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan) tavsifi. 1
229ATaxborot texnologiyasi1
230qoldiq axborot Xotira qurilmasida operatsion tizim tomonidan rasman o‘chirilgan ma’lumotlardan qolgan axborot. Axborot faylning rasman o‘chirilishi yoki xotira qurilmalarining fizik xususiyatlari sababli qolishi mumkin. qoldiq axborot, agarda ma’lumotlar ombori nazorat zonasidan tashqari chiqib ketsa (masalan, “axlat” bilan tashlab yuborilsa yoki uchinchi tomonga berilsa), konfidensial axborotning ixtiyorsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin. 1
231atomarlikOperatsiyaning uzluksiz xossasi. Atomarlik operatsiya butunlay uzluksiz bajariladi (yoki bajarilish rad etiladi). Atomarlik ko'p protsessorli kompyuterlarda (hamda ko'p karrali operatsion tizimlarda) katta ahamiyatga ega, chunki ajratilmaydigan resurslarni ishlatishda albatta atomarlik bo'lishi shart.1
232qora ro‘yxat Avtomatik tarzda e’tiborga olinmasligi yoki blokirovka qilinishi lozim bo‘lgan ob’ektlarning xostlari, manzillari va boshqa identifikatorlarining ro‘yxati. qora ro‘yxatlardan foydalanish “ro‘yxatda ko‘rsatilganlardan tashqari barcha ob’ektlarga amallarni bajarishga ruxsat etish” tamoyilini amalga oshiradi. 1
233atributXususiyat, sifat yoki miqdor belgisi. U makondagi ob'ektni ta'riflovchi (biroq uning qaerda joylashganligini ko'rsatish bilan bog'liq bo'lmagan) va uning noyob soni ya'ni aniqlovchisi bilan bog'liqlikda tasavvur qilinadi. Atribut ko'rsatkichlari majmuasi odatda ma'lumotlar bazalarini relyasion boshqarish tizimi vositalari yordamida jadvallar shaklida taqdim etiladi. Kengroq ma'noda atribut deganda ob'ektning xohlagan, makondagi yoki makonda bo'lmagan xususiyati tushuniladi; bunday holda makondagi atribut va makonda bo'lmagan atribut ajratiladi. Makondagi ob'ektlarga atribut berish yoki ob'ektlarni atribut bilan bog'lash jarayoni atributlash deyiladi.1
234qora quti tamoyili bo‘yicha testlash qora quti tamoyili bo‘yicha testlashda testdan o‘tqazuvchi blokning ichki tuzilishidan bexabar. Testlovchi to‘g‘ri va noto‘g‘ri kirish va chiqishda unga mos keladigan to‘g‘ri ifodalarni aniqlaydi. Agar olingan va hisoblangan ifodalar bir xil bo‘lsa, DTning moduli to‘g‘ri hisoblanadi. 1
235attestatsiyaMa'lum talablarga muvofiqlikni baholash. Ob'ektlar, xonalar, texnik vositalar, dasturlar, algoritmlar tegishli xavfsizlik darajalariga ko'ra muhofaza nuqtai nazaridan axborot muhofazasi talablariga muvofiqligi bo'yicha sertifikatsiyadan o'tishi lozim1
236qotil paketlar Tizimga tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanuvchi Ethernet yoki IP paketlarini jo‘natish yoki tizim ishini halokatli tugatish orqali tizimni ishdan chiqarish uslubi. 1
237audiovizual asarO'zaro bog'liq kadrlarning (tovush jo'rligida yoki tovush jo'rligisiz) belgilangan tartibidan iborat bo'lgan, tegishli texnik vositalar yordamida ko'rish yoki eshitish (tovush jo'rligida bo'lsa) orqali qabul qilish uchun mo'ljallangan asar. Audiovizual asarlar ichiga, ularning dastlabki yoki keyingi saqlanishidan qat'iy nazar, kinematografik asarlar va kinematografiya vositalari orqali taqdim etiladigan barcha asarlar (tele- va videofilmlar, diafilmlar, slaydfilmlar va shu kabilar) kiradi.1
238auditTashkilotni va axborotni muhofazalash samaradorligining o'rnatilgan talablarga va me'yorlarga mosligini aniqlashga qaratilgan maxsus tekshiruv1
239qumdon Kompyuter xavfsizligida dasturlarning xavfsiz bajarilishi uchun mexanizm. qumdon ko‘pincha testlanmagan yoki notanish manbalardan olingan tekshirilmagan kodni yurgizish, hamda viruslarni yurgizish va aniqlash uchun ishlatiladi. qumdon odatda mehmon dasturni bajarish uchun qattiq nazorat qilinadigan resurslar to‘plamidan iborat – masalan, disk yoki xotiradagi joy. Tarmoqqa kirish, asosiy operatsion tizimga murojaat etish yoki kiritish qurilmalaridan axborotni o‘qish odatda yo qisman emulyasiya qilinadi, yo kuchli cheklangan bo‘ladi. qumdonlar virtualizatsiyaning misoli bo‘la oladi. q: virtual mashina 1
240audit jurnaliKompyuter muhofazasida ? muhofazani tekshirish paytida ishlatish imkonini yaratishni ko'zlab yig'ilgan ma'lumotlar1