So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 201-220 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
201avtomatik muqobil billingAbonentga ixtiyoriy telefondan chaqiruvni amalga oshirish, lekin so'zlashuv to'lovini shu xizmat uchun belgilangan va chaqiruvchi tomonga ham, chaqiriluvchi tomonga ham tegishli bo'lmagan uchinchi abonentga o'tkazish imkonini beruvchi xizmat. Bu xizmatdan foydalanish uchun maxsus kirish kodi ishlatiladi1
202avtomatik telefon stansiyasining xizmat zonasiMazkur telefon stansiyasi yoki podstansiyasi joylashgan hudud. Bu hududda telefon stansiyasi yoki podstansiyasiga ulangan magistral, tarqatuvchi tarmoqning kabel (havodagi) liniyalari hamda radio foydalanish vositalari mavjud. SHu uskunalar bilan zonani telefonlashtirish mumkin bo'ladi.1
203avtomatik tizimInson ishtirokisiz mustaqil faoliyat yurituvchi dasturiy va apparatli vositalar tizimi.1
204avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning texnologiyalarini ta'minlash vositalariAxborot tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanishni ta'minlash uchun foydalaniladigan yoki yaratiladigan dasturiy, texnikaviy, lingvistik, huquqiy, tashkiliy vositalar (kompyuter uchun dasturlar; hisoblash texnikasi va aloqa vositalari; lug'atlar, tezauruslar va tasniflagichlar; ko'rsatmalar va uslubiyatlar; qoidalar, nizomlar, lavozim ko'rsatmalari; chizmalar va ularning tasniflari, boshqa foydalanish va kuzatish hujjatlari).1
205avtomatlashtirilgan boshqarish tizimiMatematik uslublar, texnik vositalar (kompyuterlar, aloqa vositalari, ma'lumotlarni chiqarish qurilmalari va h.k.) va tashkiliy majmualar to'plami. U belgilab olingan maqsadga muvofiq murakkab ob'ekt (jarayon)ni boshqarishni ta'minlaydi. ABT asos va funksional qismlarga bo'linadi. Asosga axboriy, texnikaviy va matematik ta'minotlar kiradi. Funksional qismga aniq boshqaruv vazifalarini (loyihalash, moliyaviy-hisobot faoliyati va h.k.) avtomatlashtiruvchi o'zaro bog'liq dasturlar to'plami kiradi. Ikki turdagi ABT mavjud. Bular, ob'ektlar miqyosida avtomatlashtirilgan tizimlar (texnologik jarayonlar uchun TJABT, korxona uchun KABT, soha uchun SABT) va funksional avtomatlashtirilgan tizimlardir. Funksional ABTga loyihalash, hisob-kitob, moddiy-texnika va boshqa ta'minotlar uchun mo'ljallangan ABT misol bo'la oladi.1
206avtomatlashtirilgan deshifrlashMa'lumotlarni kompyuterda qayta ishlash jarayonining bosqichlaridan biri. Bu raqamli tasvirlar shaklida taqdim etiladigan ma'lumotlarni masofadan zondlashdir. Tasvirlarni kompyuterga kiritish, mavzu bo'yicha shifrni buzib ochish va ma'lumotlarni ekspert baholashlarini o'z ichiga oladi.1
207avtomatlashtirilgan ish joyi1 Texnik va dasturiy vositalarning shaxsiy majmuasi. U mutaxassis kasbiy mehnatini avtomatlashtirishga qaratilgan va unga kerakli hujjat va ma'lumotlarni tayyorlash, tahrir qilish, izlash va (ekran yoki qog'ozga) chiqarishni ta'minlaydi. AIJ shaxsiy kompyuterdagi alohida avtomatlashtirilgan tizim shaklida amalga oshirilgan yoki avtomatlashtirilgan tizim atamasi bo'lishi mumkin. 2 Foydalanuvchining muloqot (interaktiv) holatida ishlashi uchun mos lokal hisoblash tarmog'i tuguni.1
208avtomatlashtirilgan tizimInson faoliyati jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan dasturiy va apparatli vositalar tizimi. Avtomatik tizimdan farqli o'laroq, avtomatlashtirilgan tizim har doim inson ishtirokida faoliyat ko'rsatadi va inson uning asosiy bo'g'inidir.1
209avtomatlashtirilgan tizim resursining xavfsizligiKonfidensiallik, butunlik va kirishimlilik kabi uch tavsifni ta'minlashdan iborat. Tizim tarkibiy qismining konfidensialligi shundaki, unga faqat tegishli vakolatlarga ega bo'lgan sub'ektlar (foydalanuvchilar, dasturlar, jarayonlar) kira oladi. Tarkibiy qismning butunligi uni faqat tegishli huquqqa ega bo'lgan sub'ekt tomonidan o'zgartirish mumkinligini nazarda tutadi. Kirishimlilik tegishli vakolatlarga ega bo'lgan sub'ekt har qachon alohida muammolarsiz tizimning zarur bo'lgan tarkibiy qismidan (resursidan) foydalanishi mumkinligini bildiradi.1
210avtomatlashtirilgan tizimda axborotga ishlov berishAvtomatlashtirilgan tizim vositalaridan foydalanib axborot ustida bajariladigan amallar (yig'ish, jamg'arish, saqlash, o'zgartirish, in'ikos etish, chiqarish va shu kabilar) majmuasi.1
211avtomatlashtirilgan tizimning matematik ta'minotiTizimni boshqarish va uning yordamida hisoblash texnikasida axborotga ishlov berish vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan jami algoritmlar va dasturlar.1
212avtomatlashtirilgan tizimning nimtizimiAvtomatlashtirilgan tizimning aniq maqsad va vazifalarga javob beruvchi funksional yoki tuzilish xususiyati bo'yicha ajratilgan qismi.1
213avtomatlashtirilgan tizimning texnik ta'minotiAvtomatlashtirilgan tizim ishini ta'minlashga mo'ljallangan texnik vositalar majmuasi.1
214avtomatlashtirilgan tizimning xavfsizligiAvtomatlashtirilgan tizimning me'yoriy faoliyati jarayoniga ruxsatsiz aralashishdan, hamda o'g'irlash, uni tarkibiy qismlarini noqonuniy takomillashtirish yoki barbod qilishdan muhofazalanganligi.1
215avtoterishKerakli telefon raqamini, agarda u ?band? bo'lsa yoki javob bermasa, avtomatik ravishda terish imkonini beruvchi funksiya.1
216axboriy tabaqalanish1 Eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda bir xil imkoniyatlar yo'qligidan kelib chiqqan ijtimoiy tabaqalanishning yangi turi. 2 Axborot tuzilmalari, vositalari va ularning fuqarolar orasida tekis taqsimlanish jarayonlari taqdirini fuqarolik huquqlari va farovonlik masalalari bilan bog'lovchi tamoyillarni qo'llab-quvvatlovchilar uchun tavsif atamasi. 3 Sivilizatsiya rivojlanishining yangi muammosi. Uning mazmuni shundaki, jamiyatni axborotlashtirish jarayonida paydo bo'layotgan yangi yuqori avtomatlashtirilgan axborot muhitidan foydalanish imkoniyatlarining jahon hamjamiyatining alohida kishilari, tashkilotlari, mintaqalari va mamlakatlari uchun bir xil darajada bo'lmasligidir.1
217axboriy yondashuvIlmiy bilishning tag-zaminli uslubi. Uning ma'nosi shundaki, tabiat va jamiyatdagi xohlagan ob'ekt, jarayon yoki hodisani o'rganayotganda birinchi navbatda ularning faoliyati va rivojlanishini belgilovchi eng namunali axborot xususiyatlari aniqlanib tahlil qilinadi.1
218axboriy-huquqiy munosabatAxboriy-huquqiy me'yor bilan tartibga solingan axboriy ijtimoiy munosabat. Munosabat tomonlari axboriy-huquqiy me'yor bilan belgilangan va kafolatlangan o'zaro huquq va majburiyat tashuvchilari sifatida qatnashadi.1
219axboriy-huquqiy munosabatlar matritsasiqatorlari predmet sohalarida axborot jarayonlarini belgilovchi jadval: axborot, axborot resurslari, axborot mahsulotlari, axborot xizmatlarini izlash, olish va iste'mol qilish; ularni ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash; axborot tizimlari, ularning tarmoqlari, ularni ta'minlash vositalarini yaratish va qo'llash; axborot xavfsizligi mexanizmlarini yaratish va qo'llash. Matritsa ustunlari huquq toifalarini ko'rsatadi: huquq, huquqning cheklanishi, majburiyat, mas'uliyat. qator va ustunlar kesishgan joyda ushbu huquq toifalarida axborot jarayonlarida paydo bo'ladigan axborot munosabatlari ro'yxatlari keltiriladi.1
220axboriy-huquqiy normalarAxborot sohasida axborot huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish va axborotning aylanishida axborot jarayonlarining amalga oshirilishi tufayli paydo bo'luvchi ijtimoiy munosabatlarning alohida guruhlarini tartibga soladi.1