So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 201-220 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
201arxitekturaMurakkab ob'ektning tuzilishi, bajarilayotgan vazifalari va tarkibiy bo'laklarining o'zaro bog'liqligini belgilovchi konsepsiya. Tarmoq arxitekturasi uning asosiy elementlari va ularning o'zaro ishlash tavsifi va topologiyasini belgilaydi. Axborot tizimi konfiguratsiyasi uning umumiy mantiqiy tuzilishini, dasturiy- apparat ta'minotini, kodlash uslublarini ta'riflaydi va foydalanuvchining tizim bilan interfeysini belgilaydi.1
202qaydlangan marshrutlash Tarmoqda marshrutlash usuli. qaydlangan marshrutlash mo‘ljallanayotgan tarmoq trafigining samaraliroq yo‘llarini ko‘rsatuvchi yo‘nalishlar jadvalini tuzishni ko‘zda tutadi. Bunda yo‘nalish avvaldan tanlanadi va tarmoqning holatiga bog‘liq bo‘lmaydi. 1
203asimmetrik trafikAxborotni to'g'ri va teskari yo'nalishlarda har xil tezlik bilan uzatish. Assimetrik raqamli abonent liniyasi raqamli ko'p tonli signaldan (DMT) yoki CAP-kodlashdan foydalanib, bitta o'ralgan juftlik bo'yicha ishlash uchun mo'ljallangan, yuqori tezlikli kira olish kanali. ADSL modemi to'g'ri kanalda 6,144 Mbit/cekundga teng bo'lgan maksimal tezlik bilan uzatishni ta'minlaydi. Teskari kanalda, ma'lumotlarni dupleks rejimda uzatishda, maksimal tezlik 640 Kbit/ cekunddan oshmaydi.1
204qaynoq almashtirish Elektr manbaini o‘chirmagan va tizim ishini to‘xtatmagan holda tizimning ichki bloklarini, masalan, server qattiq disklarini almashtirish usuli. 1
205asinxron multiplekslashBir necha axborot manbaidan keladigan signallarni guruhli sinxron oqimga birlashtirish usuli. Odatda, bu usul manbalarning tayanch tebranishlar generatorlari hech qanday bog'liqlikda bo'lmaganda qo'llaniladi1
206qaynoq zaxiralash Zaxiralash usuli bo‘lib, unda qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan paralel ishlaydi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil amallarni bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, agar ular ishida kamchilik aniqlangan bo‘lsa rezervga o‘tish mumkin. 1
207asinxron rejimAloqa liniyasining har ikki uchidagi belgilovchi generatorlar mustaqil ishlaydigan rejim.1
208qayta uzatkich Radiotarmoqda ikkita radiokanal o‘zaro ishlashini ta’minlovchi ko‘prik. 1
209asinxron signalIxtiyoriy vaqt onida uzatiladigan signal. Signallar o'rtasidagi vaqt intervali tasodifiy hisoblanadi.1
210qayta ulanadigan konsentratorli halqa O‘zaro bog‘langan bir yoki bir nechta guruh yulduzlar shaklida ifodalangan halqa tarmog‘i. Ulanib turadigan konsentratorning vazifasi davriy halqaning ishonchli ishlashini ta’minlashdir. Buning uchun konsentrator yoylarni bir-biri bilan shunday ulaydiki, topologiya ma’nosida yulduzsimon tarmoq hosil bo‘ladi. Natijada barcha ulanish bloklari orqali o‘tadigan yagona halqa paydo bo‘ladi. Yoyda yoki abonent tizimida nosozlik paydo bo‘lishi bilan konsentrator tegishli yoyni halqadan o‘chiradi. Shuning evaziga halqaning qolgan qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. 1
211asinxron uzatishMa'lumotlarni bittama-bitta belgi bilan uzatish uchun qo'llaniladigan uzatish uslubi. Bunda belgilarni uzatish orasidagi muddat teng bo'lmasligi mumkin. Har bir belgidan oldin boshlanish bitlari keladi, belgi uzatishning tugashi esa to'xtash bitlari bilan belgilanadi. Ba'zan ushbu uzatish uslubini boshla-to'xta (start-stop transmission) uslubi deyiladi.1
212qaytishdagi yo‘qotishlar Telekommunikatsiyalar tizimining istalgan ikki nuqtasi o‘rtasida quvvatning kamayishi. 1
213asinxronlikVaqtning turli onlarida yuz beradigan hodisalar o'rtasida vaqtinchalik bog'lanishlar yo'qligini ko'rsatuvchi alomat.1
214qaytishdagi optik yo‘qotishlar Komponent yoki qurilma qaytargan optik quvvatning bu komponent yoki qurilma liniyaga yoxud tizimga ulanganda komponent kirishida o‘lchangan optik quvvatga nisbati. 1
215asosiy ma'lumotlar massiviMashina o'qiy oladigan tashuvchilardagi axborot. U ma'lumotlar bankining asosi bo'lib ma'lumotlarni ta'riflashning yagona tili talablariga muvofiq tashkil etiladi.1
216qarshi yo‘naltirilgan interfeys Interfeys turi, bunda aloqa liniyasining qarama-qarshi uchlaridagi stansiyalardan biri boshqaruvchi, ikkinchisi boshqariluvchi bo‘ladi. Sinxrosignal har doim boshqaruvchi stansiyadan axborot va taktli signallarni uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan boshqariluvchi stansiyaga uzatiladi. 1
217asosiy polosa kanaliSignal modulyasiya qilinmasdan uzatiladigan fizik kanal. Eng sodda vositalar: o'ralgan juft yoki yassi ekranlanmagan kabel asosida yaratiladi. Ko'rilayotgan kanalning nomi asosiy polosa signali, ya'ni modulyasiyasiz, asosiy polosada (kenglikda) uzatilayotgan signal nomidan kelib chiqqan.1
218qarshi ta’sir Akustik va optik aloqa vositalarining ishini qiyinlashtiruvchi chora va tadbirlar. Radiokanallarga nisbatan radioelektron bostirish atamasi ishlatiladi. 1
219asosiy polosa signaliDastlabki shaklda, modulyasiya bilan o'zgartirilmay, uzatilayotgan signal1
220qarshi chora Resurs xavfsizligiga tahdidlarning aniq turlarini amalga oshirishga qarshi qaratilgan xavfsizlik chorasi. 1