So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 181-200 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
181ATaxborot texnologiyasi1
182atomarlikOperatsiyaning uzluksiz xossasi. Atomarlik operatsiya butunlay uzluksiz bajariladi (yoki bajarilish rad etiladi). Atomarlik ko'p protsessorli kompyuterlarda (hamda ko'p karrali operatsion tizimlarda) katta ahamiyatga ega, chunki ajratilmaydigan resurslarni ishlatishda albatta atomarlik bo'lishi shart.1
183atributXususiyat, sifat yoki miqdor belgisi. U makondagi ob'ektni ta'riflovchi (biroq uning qaerda joylashganligini ko'rsatish bilan bog'liq bo'lmagan) va uning noyob soni ya'ni aniqlovchisi bilan bog'liqlikda tasavvur qilinadi. Atribut ko'rsatkichlari majmuasi odatda ma'lumotlar bazalarini relyasion boshqarish tizimi vositalari yordamida jadvallar shaklida taqdim etiladi. Kengroq ma'noda atribut deganda ob'ektning xohlagan, makondagi yoki makonda bo'lmagan xususiyati tushuniladi; bunday holda makondagi atribut va makonda bo'lmagan atribut ajratiladi. Makondagi ob'ektlarga atribut berish yoki ob'ektlarni atribut bilan bog'lash jarayoni atributlash deyiladi.1
184attestatsiyaMa'lum talablarga muvofiqlikni baholash. Ob'ektlar, xonalar, texnik vositalar, dasturlar, algoritmlar tegishli xavfsizlik darajalariga ko'ra muhofaza nuqtai nazaridan axborot muhofazasi talablariga muvofiqligi bo'yicha sertifikatsiyadan o'tishi lozim1
185audiovizual asarO'zaro bog'liq kadrlarning (tovush jo'rligida yoki tovush jo'rligisiz) belgilangan tartibidan iborat bo'lgan, tegishli texnik vositalar yordamida ko'rish yoki eshitish (tovush jo'rligida bo'lsa) orqali qabul qilish uchun mo'ljallangan asar. Audiovizual asarlar ichiga, ularning dastlabki yoki keyingi saqlanishidan qat'iy nazar, kinematografik asarlar va kinematografiya vositalari orqali taqdim etiladigan barcha asarlar (tele- va videofilmlar, diafilmlar, slaydfilmlar va shu kabilar) kiradi.1
186auditTashkilotni va axborotni muhofazalash samaradorligining o'rnatilgan talablarga va me'yorlarga mosligini aniqlashga qaratilgan maxsus tekshiruv1
187audit 1) yillik moliya hisobotini tekshiruvchi va tasdiqlovchi ixtisoslashgan tashkilot (tashqi A.). 2) aksionerlik jamiyatining taftish hay'ati (ichki A.) 15
188audit jurnaliKompyuter muhofazasida ? muhofazani tekshirish paytida ishlatish imkonini yaratishni ko'zlab yig'ilgan ma'lumotlar1
189auditor revizor-taftish o'tkazuvchi, idoraning, tashkilotning, aksionerlik jamiyatining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tekshiruvchi, taftish o'tkazuvchi shaxs 15
190auditoriyaTashrifchilarning umumiy ta'rifi. Ular uchun muayyan sayt, portal yoki Internetning boshqa resursi mo'ljallangan. Resursni namoyish etish uslubi auditoriya xususiyatiga bog'liq, auditoriya hajmi esa Internet loyihasi muvaffaqiyatining muhim o'lchovidir.1
191auksion (lat.auction)- <kim oshdi> savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo davomida mahsulotni eng yuqori narx bo'yicha ko'targan xaridor sotib oladi 15
192autentifikatsiya1 Ob'ektning e'lon qilingan bir xilligini tekshirish jarayoni. 2 Sub'ekt taqdim etgan aynanlovchi (identifikator) unga tegishliligini, haqiqiyligini tekshirish. 3 Foydalanuvchi tizimdan foydalanish uchun kiritgan qayd etilgan axborotning to'g'riligini tekshirish tartibi. Autentifikatsiya resurslardan foydalanish huquqlarini va tizimda amallarni bajarish huquqlarini majburan cheklash uchun qo'llaniladi.1
193autentlikSub'ekt yoki resurs e'lon qilinganlar bilan bir xil ekanligini kafolatlovchi xususiyat. Autentlik foydalanuvchilar, jarayonlar, tizimlar va axborot kabi ob'ektlarga qo'llaniladi. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri.1
194avansbunak. Biror ish evaziga keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul, mahsulot, oziq-ovqat v h,k.15
195avatarFoydalanuvchi shaxsini aniqlovchi kichik o'lchamdagi fotosurat yoki boshqa statik yoki animatsiyalangan tasvir. Odatda kommunikatsiya dasturlari (masalan, oniy aloqa dasturlari)ning shaxsiy sozlamalari yoki ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchining forum, chat, ijtimoiy tarmoq, blog va boshqa saytlardagi profillarida ko'rsatiladi1
196avizo hisob-kitob operasiyasi xususidagi rasmiy bildirish, mijozlarga bank tomonidan A. orqali amalga oshirilgan debet va kredit operasiyalari, yozuvlari, hisobdagi qoldiqlar, pul o'tkazishlar, chek yozuvlari, akkreditiv ochish va boshqa yozuvlar xususidagi ma'lumotlarning berilishi 15
197avtarkiya (grek.autarkeia- o'z-o'ziga yetarli)- bu o'zini o'zi mahsulotlar bilan ta'minlab, boshqalar bilan kamdan kam aloqaga kirishishdir. Asosan natural xo'jalikka xosdir 15
198avtojavobbergichTelefon yoki mod abonentlar uchun nutqiy axborotni aks ettirish va abonentlar xabarlarini disk, kasseta yoki flesh xotiraga yozish imkonini beruvchi funksiyasi1
199avtokorrelyasion funksiyaSignalning avtokorrelyasion xossalarini tavsiflovchi funksiya. Avtokorrelyasion funksiya cho'qqisi maksimal, yon yaproqlarining pog'onasi minimal bo'lgan signal yaxshi avtokorrelyasion xossalarga ega hisoblanadi.1
200avtomatik deshifrlashavtomatlashtirilgan deshifrlash1