So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 1-20 of 528 items.
#So`zIzohKategorya 
  
1ZAPZAPZAP
2ZAPZAPZAP
3axborot jamiyatiZamonaviy sivilizatsiyaning rivojlanish darajasi. Axborot va bilimlar rolining jamiyat hayotida, jami ichki mahsulotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar ulushining ortishi, insonlarning o'zaro samarali o'zaro axboriy aloqada ishlashini ta'minlovchi global axborot makonining yaratilishi, ularning dunyo axborot resurslariga ulanishi va ularning axborot mahsulotlariga va xizmatlariga bo'lgan ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarining qondirilishi bilan tavsiflanadi1
4atributXususiyat, sifat yoki miqdor belgisi. U makondagi ob'ektni ta'riflovchi (biroq uning qaerda joylashganligini ko'rsatish bilan bog'liq bo'lmagan) va uning noyob soni ya'ni aniqlovchisi bilan bog'liqlikda tasavvur qilinadi. Atribut ko'rsatkichlari majmuasi odatda ma'lumotlar bazalarini relyasion boshqarish tizimi vositalari yordamida jadvallar shaklida taqdim etiladi. Kengroq ma'noda atribut deganda ob'ektning xohlagan, makondagi yoki makonda bo'lmagan xususiyati tushuniladi; bunday holda makondagi atribut va makonda bo'lmagan atribut ajratiladi. Makondagi ob'ektlarga atribut berish yoki ob'ektlarni atribut bilan bog'lash jarayoni atributlash deyiladi.1
5axborot ob'ektiXohlagan kompyuter yoki telekommunikatsiya tizimi, axborotga ishlov berish uchun bitta yoki jami apparatli va (yoki) texnika vositalari, axborotga ishlov berish va (yoki) uzatish tizimi yoki vositalari o'rnatilgan yoki maxfiy muzokaralar o'tkazilayotgan xona.1
6abonentXizmat ko'rsatuvchi axborot ob'ekti (tizim, tarmoq, majmua) bilan o'zaro ishlash huquqiga ega qurilma, yuridik yoki jismoniy shaxs. Abonentning har qanday foydalanuvchidan farqi shundaki, u xizmat ko'rsatuvchi axborot ob'ekti foydalanuvchilari ro'yxatiga kiritilgan bo'ladi.1
7AKT xavfsizligi dasturiXavf ehtimollarini boshqarish, xizmat vazifalarini taqsimlash, hayot siklini boshqarish, AKT xavfsizligi maqsadlari, strategiyalari va siyosatlarini ishlab chiqish asosida tashkilot AKT tizimlari himoyasini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.1
8axborot infratuzilmasi standartlari hay'atiVazifasi axborot tuzilmasiga doir standartlarni ishlab chiqish bo'lgan hay'at. IISP 1994 yilda AqSHda ishlab chiqarish korporatsiyalarining, assotsiatsiyalarning va konsorsiumlarning, davlat tashkilotlarining, muassasalarining standartlar ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan 80 ta vakili bo'lmish yuridik shaxslar ishtirokida tuzilgan. IISPda ko'rib chiqiladigan standartlar uch sohani qamrab oladi: ma'lumotlar xavfsizligi; axborot tarmoqlarida mualliflik huquqini muhofazalash; tarmoqlarni, shu jumladan, turli turkumdagi o'zaro harakatlarni tashkil qilish.1
9asinxronlikVaqtning turli onlarida yuz beradigan hodisalar o'rtasida vaqtinchalik bog'lanishlar yo'qligini ko'rsatuvchi alomat.1
10analogUzluksiz shaklda aks etuvchi to'xtovsiz o'zgaruvchi fizikaviy kattaliklar yoki ma'lumotlar hamda ushbu ma'lumotlardan foydalanuvchi jarayonlar va funksional qurilmalarga tegishli ta'rif.1
11axborot xavfsizligi mezoniTurli xavf-xatar faktorlari ta'siriga nisbatan axborot xavfsizligini tavsiflovchi mezon.1
12aylanib o'tishlar va almashtirishlar jadvaliTraktlar (kanallar), ular va tarmoq tugunlarining tartib raqamlari ro'yxati. Unda tarmoqda yuzaga kelgan aniq holatlarda ishlashdan chiqib ketgan traktlar o'rniga ulanadigan traktlarning yoki trakt qismining aniq tartib raqamlari, shuningdek, kommutatsiyalar va ikkilamchi tarmoqlarga hamda boshqa iste'molchilarga taqdim qilish joyi bo'lgan tarmoq tugunlarining tartib raqamlari aks etgan.1
13analog signalTo'xtovsiz o'zgaruvchi elektr kuchlanish yoki elektr toki shaklidagi axborot tashuvchisi. Vaqt davomida o'zgaruvchan analog signalining amplitudasi tashuvchi axborotning miqdoriga mos bo'lib, odatda o'lchangan fizik kattalikni bildiradi, masalan, harorat, tezlik va h.k. Analog signalni tashuvchi axborotga kompyuterda ishlov berish uchun analog- raqamli o'zgartirgich zarur.1
14avtomatlashtirilgan tizimning matematik ta'minotiTizimni boshqarish va uning yordamida hisoblash texnikasida axborotga ishlov berish vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan jami algoritmlar va dasturlar.1
15asosiy xotira qurilmasitezkor xotira qurilmasi1
16animatsiyalangan GIFTezda aks ettirilib, harakatlanuvchi tasvirni yaratuvchi GIF formatidagi tasvirlardan iborat fayl.1
17avtojavobbergichTelefon yoki mod abonentlar uchun nutqiy axborotni aks ettirish va abonentlar xabarlarini disk, kasseta yoki flesh xotiraga yozish imkonini beruvchi funksiyasi1
18ajrata olishTasvirning ravshanligi va tozaligini anglatuvchi atama. Odatda, monitorlar, printerlar, skanerlar va grafik tasvirlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Monitorlar, printerlar, skanerlar va boshqa kiritish- chiqarish qurilmalari odatda yuqori, o'rta va past ajrata olish ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi.1
19auditoriyaTashrifchilarning umumiy ta'rifi. Ular uchun muayyan sayt, portal yoki Internetning boshqa resursi mo'ljallangan. Resursni namoyish etish uslubi auditoriya xususiyatiga bog'liq, auditoriya hajmi esa Internet loyihasi muvaffaqiyatining muhim o'lchovidir.1
20arxivatorTashqi qurilmada ixcham va uzoq muddatli saqlash uchun fayllarni zichlash (arxivlash) va zichlangan fayllarni dastlabki shaklga qaytarish (arxivsizlash) uchun mo'ljallangan dastur yoki dasturlar majmui. Arxivatorlar fayllarni ixchamroq saqlash imkonini berishdan tashqari quyidagilarga imkoniyat yaratadi: - ish katalogining barcha, ba'zi yoki muayyan qolipga mos fayllarini arxiv fayliga qo'shish; - fayllarni arxiv fayliga qo'shish; - fayllarni arxiv faylidan o'chirish; - arxiv fayli tarkibini ko'rish; - arxiv faylidan alohida fayllarni olish yoki barcha fayllarni arxivsizlash; - boshqa tizimda arxivsizlash dasturi mavjudligini talab qilmaydigan o'zi ochiladigan arxiv fayllarni yaratish.1